Mavzu: buxgalteriya xisobi fanining predmeti, metodi hamda tadqiqot usullari


Moliyaviy hisobotni tuzish oldidan amalga oshiriladigan hisob-



Yüklə 122,01 Kb.
səhifə35/35
tarix18.06.2023
ölçüsü122,01 Kb.
#117819
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Mavzu buxgalteriya xisobi fanining predmeti, metodi hamda tadqi

1.5. Moliyaviy hisobotni tuzish oldidan amalga oshiriladigan hisob-
kitoblar
Moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin uning ko’rsatkichlari aniqligini ta’minlash
maqsadida maxsus hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Shunday hisob-kitoblarning eng asosiysi xo’jalik yurituvchi su’yekt mol-
mulki, mablag’lari, debitorlik va kreditorlik qarzlari va boshqa buxgalteriya hisobi
ob’yektlarini inventarizatsiya qilish hisoblanadi.
Inventarizatsiya-korxona mol-mulkini ro’yxat qilish va ma’lumotlarni
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirishdir. Inventarizatsiya buxgalteriya
hisobi usullaridan biri bo’lib, uning yordamida xo’jalik mablag’larining, korxona
boshqa tashkilotlar bilan olib boradigan hisob-kitob munosabatlarining haqiqiy
miqdori va summasi hisob ma’lumotlariga solishtiriladi va ular o’rtasidagi farq
topiladi.
Balans va hisobotda aks ettiriladigan ko’rsatkichlarning aniqligini ta’minlash,
o’g’irlik va nobudgarlikchiliklarga qarshi kurash olib borish uchun material, pul
mablag’larining hammasi va hisob-kitoblar yilda kamida bir marta inventarizatsiya
qilinadi.
Inventarizatsiyaning to’la va qisman turlari mavjud. Korxonaga tegishli mol-
mulkning hammasini inventarizatsiya qilish to’la inventarizatsiya, mol-mulkning bir
qismini inventarizatsiya qilish esa qisman inventarizatsiya deyiladi.
Inventarizatsiya yana rejali va to’satdan qilinadigan inventarizatsiya turlariga
ham bo’linadi. Rejali inventarizatsiya yillik hisobot tuzishdan avval o’tkaziladigan,
oylik va choraklik tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi va boshqa
inventarizatsiyalardir. Тo’satdan qilinadigan inventarizatsiyalar korxona rahbarlariga

18
yoki yuqori tashkilot va organlarga tegishli ob’yektdagi javobgar shaxsning nojo’ya


harakatlari haqida biror xabar tushganda, korxona faoliyati taftish qilinishi davrida,
o’t olish, suv toshishi va boshqa sabablarga ko’ra amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya o’tkazish bo’yicha javobgarlik xo’jalik yurituvchi su’yekt
rahbari va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi. Inventarizatsiya o’tkazish xo’jalik
yurituvchi su’yekt rahbarining buyrug’i bilan amalga oshiriladi. Buyruqda
inventarizatsiya o’tkazish komissiyasining a’zolari ro’yxati, uni o’tkazish muddati,
nimalarni inventarizatsiya qilish ko’rsatiladi. Inventarizatsiya o’tkazish komissiyasiga
rahbar yoki uning o’rinbosari raislik qiladi. Komissiya a’zolari ichida bosh buxgalter
bo’lishi shart.
Inventarizatsiya ro’yxati hamma komissiya a’zolari hamda moddiy javobgar
shaxs tomonidan imzolanishi shart. Yana moddiy javobgar shaxs «Ushbu
inventarizatsiya ro’yxatida ko’rsatilgan moddiy boyliklar mening ko’z oldimda
hisoblab chiqilgan va shu moddiy boyliklarni o’z shaxsiy javobgarligimga qabul
qildim hamda inventarizatsiya komissiyasiga mening hech qanday da’vom yo’q»
degan mazmunda tilxat beradi.
Inventarizatsiya qaydnomasi shakli inventarizatsiya qilinayotgan mablag’lar
xususiyatlariga ko’p jihatdan bog’liqdir. Lekin qaydnomada mablag’ning nomi,
o’lchov birligi, bahosi, hisob va inventarizatsiya ma’lumotlariga ko’ra qoldig’i,
inventarizatsiya natijasi-kamomad va ortiqchalik son va pul ko’rinishida aks ettirilishi
lozim. Amalda ko’pchilik hollarda inventarizatsiya ro’yxatiga farqi aniqlangan
mablag’lar nomigina kiritiladi. Bu esa ishni birmuncha qisqartiradi. Aniqlangan
hamma kamomad va ortiqchalik yuzasidan moddiy javobgar shaxs yozma
tushuntirish beradi. Shundan keyin inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya
natijalari bo’yicha tegishli qaror qabul qiladi va bu qaror korxona rahbari tomonidan
tasdiqlanadi.
Qarorga muvofiq, ortiqcha chiqqan boyliklar qabul qilinadi. Kamomadlar esa
«Boyliklarning buzilishidan keladigan nobudgarchilik va kamomad» nomli schyotda
hisob qilinadi. So’ngra bu schyotdan me’yor chegarasidagi tabiiy kamayish, ishlab
chiqarish xarajatlari schyotlariga, me’yordan ortiqcha kamomad aybdor shaxs
hisobiga yoziladi.
Хo’jalik yurituvchi su’yektlar inventarizatsiya o’tkazishda O’zR Adliya
vazirligining 833-sonli buyrug’i bilan 1999-yil 2-noyabrda ro’yxatdan o’tkazilgan
19-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti «Inventarizatsiyani tashkil etish va
o’tkazish»ga to’liq amal qiladilar.
Quyidagi hollarda inventarizatsiya o’tkazilishi shart:
- mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek davlat
korxonasi qayta tashkil etilganda (davlat tasarrufidan chiqarilganda):
-moliyaviy hisobot tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1-oktabridan keyin
inventarizatsiya qilingan mulk bundan mustasnodir.
Buxgalteriya hisobi milliy standartining 4-sonli «Тovar-moddiy zaxiralari»ga
binoan tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi kamida bir yilda kamida bir marta
o’tkaziladi. Buxgalteriya hisobi milliy standartining 5-soni «Asosiy vositalar»ga
binoan asosiy vositalar inventarizatsiyasi kamida ikki yilda bir marta o’tkaziladi,
kutubxona fondi esa besh yilda bir marta inventarizatsiya qilinadi.

19
Pul mablag’lari, pullik hujjatlar, qimmatliklar va qat’iy hisobot blankalari bir


oyda bir marta, yonilg’i va moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari har
chorakda inventarizatsiya qilinadi. Qimmatli metallar tarmoq yo’riqnomalarida
ko’rsatilgan muddatlarda inventarizatsiya qilinadi.
Bundan tashqari, quyidagi hollarda ham moddiy qimmatliklar inventarizatsiya
qilinadi:
-asosiy vositalar va tovar moddiy qimmatliklarni qaytadan baholash;
-moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish-topshirish
kuniga);
-o’g’irlik va boshqa nopok voqealar, shuningdek qimmatliklarning buzilishi
sodir bo’lgan;
-tabiiy ofat, yong’in, avariya yoki hodisalar bilan bog’liq bo’lgan boshqa
favqulodda holatlarda;
-xo’jalik yurtuvchi su’yektlari tugatilgan (qayta tashkil etilgan)da tugatish
(bo’lish) balansini tuzishdan oldin va qonunchilik bilan nazarda tutilgan boshqa
hollar.
Inventarizatsiya o’tkazish uchun xo’jalik yurituchi su’yektlarda quyidagi
tartibda doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi tashkil etiladi:
Korxona rahbari yoki uning yordamchisi (komissiya raisi).
Bosh buxgalter.
Boshqa mutaxassislar (muhandis, iqtisodchi va sh .k.).
Ichki audit vakili.
Agar ish hajmi ko’p bo’lsa, mulklar va moliyaviy majburiyatlar
inventarizitsiyasini bir vaqtning o’zida o’tkazish uchun korxona rahbarlarining
buyrug’i bilan quyidagi tartibda ishchi inventarizatsiya komissiyasi tashkil etiladi:
Inventarizatsiya o’tkazishni tayinlangan xo’jalik yurituvchi su’yektning vakili
(komissiya raisi);
Mutaxassislar; tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi,
iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar.
Doimiy harakatdagi komissiya quyidagi vazifalarni bajaradi:
-qimmatliklar butligini ta’minlash bo’yicha profilaktika ishlarini olib boradi;
-inventarizatsiya o’tkazishni tashkil etadi, ishchi inventarizatsiya komissiya
a’zolariga maslahatlar beradi;
- inventarizatsiya natijalarining to’g’riligini tekshiradi;
- kamomad va nobudgarchilikka, shuningdek boshqa kamchiliklarga yo’l
qo’ygan shaxslardan olingan tushintirish xatlarini ko’rib chiqadi va aniqlangan
kamomad va nobudgarchiliklari to’g’risida takliflar beradi.
O’z navbatida ishchi inventarizatsiya komissiyasi quyidagi vazifalarni
bajaradi:
-qimmatliklar va pul mablag’larini saqlash va ishlatish joylarida
inventarizatsiya o’tkazadi;
-xo’jalik yurituvchi su’yektning buxgalteriyasi bilan inventarizatsiya natijasini
aniqlashda qatnashadi va kamomadni ortiqchasi bilan qoplash, shuningdek tabiiy
kamayish normasi doirasidagi kamomadni hisobdan chiqarish bo’yicha takliflar
ishlab chiqadi;

-tovar-moddiy
qimmatliklarni
qabul
qilish,
saqlash
va
jo’natish, ularning butliligi hisobi va nazoratini yaxshilash, shuningdek normadan
ortiq va foydalanilmaydigan material qimmatliklarni sotish to’g’risida takliflar
kiritadi.
Ichki inventarizatsiya komissiyasiga quyidagi mas’uliyatlar yuklatiladi:
a) xo’jalik yurituvchi su’yekt rahbarlarining buyrug’iga binoan
inventarizatsiyani o’z vaqtida va belgilangan tartibda o’tkazish;
b) tekshirilgan asosiy vositalar, tovar-moddiy qimmatliklar, pul mablag’lari va
hisob-kitoblardagi mablag’larni haqiqiy qoldiq ro’yxatiga to’liq va aniq yozish;
v) tovar-moddiy qimmatliklar narxini aniqlaydigan belgilari (tur, nav, marka,
razmer, preyskurant bo’yicha tartib nomeri, artikul va shu kabilar)ni ro’yxatda to’g’ri
ko’rsatish;
g) belgilangan tartibga binoan inventarizatsiya materiallarini to’g’ri va o’z
vaqtida rasmiylashtirish.
Inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya boshlanish vaqtiga bo’lgan oxirgi
kirim va chiqim hujjatlari yoki material va pul mablag’lari harakati to’g’risidagi
hisobotlarni olishi lozim.
Inventarizatsiya komissiyasining raisi inventarizatsiyagacha_____(sana)
belgisini qo’yib, hisobotga ilova qilingan barcha kirim va chiqim hujjatlarini
imzolaydi. Bu o’z navbatida, hisob ma’lumotlari bo’yicha inventarizatsiya boshlanish
vaqtiga qolgan mulklar qoldig’ini aniqlash uchun asos bo’ladi.
Inventarizatsiya boshlanish vaqtiga mulklar bo’yicha barcha kirim va chiqim
hujjatlari buxgalteriyaga topshirilganligi yoki komissiyaga berilganligi to’g’risida
moddiy javobgar shaxslar tilxat beradilar.
Inventarizatsiya boshlanishdan oldin komissiya a’zolariga inventarizatsiyani
qachon boshlab qachon tugatish to’g’risidagi buyruq topshiriladi, komissiya raisiga
esa nazorat plombiri (muhri) topshiriladi.
Basharti mulk inventarizatsiyasi bir necha kun davom etadigan bo’lsa, ish kuni
tugashi bilan qimmatliklar saqlanayotgan xonaning eshigi muhrlanishi kerak.
Inventarizatsiya qilingan qimmatliklar va ob’yektlar, ularning miqdori
ro’yxatda nomenklaturasi bo’yicha va hisobda qabul qilingan o’lchov birligida
ko’rsatiladi. Bu ro’yxat ishchi inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va
moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi.
Inventarizatsiya ro’yxatining oxirida komissiya tomonidan tekshirish moddiy
javobgar shaxslar ishtirokida o’tkazilganligi, komissiya a’zolariga hech qanday da’vo
yo’qligi va ro’yxatda keltirilgan qimmatliklarni mas’ul saqlashga qabul qilganligi
to’g’risida moddiy javobgar shaxslar tilxat yozib beradilar.
Inventarizatsiya o’tkazishda inventarizatsiya bo’yicha tasdiqlangan dastlabki
hisobot hujjatlari qo’llaniladi.
Yüklə 122,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə