Mavzu: buxgalteriya xisobi fanining predmeti, metodi hamda tadqiqot usullari



Yüklə 122,01 Kb.
səhifə1/35
tarix18.06.2023
ölçüsü122,01 Kb.
#117819
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Mavzu buxgalteriya xisobi fanining predmeti, metodi hamda tadqi


MAVZU: BUXGALTERIYA XISOBI FANINING PREDMETI, METODI HAMDA TADQIQOT USULLARI. XO’JALIK XISOBI HAQIDA TUSHUNCHASI VA FUNKSIYALARI HAQIDA BILIM

Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritiladi. U korxonadagi xo’jalik mablag’larining tuzilishi, joylanishi, qaysi manbalardan tashkil topganligi hamda xo’jalik jarayoni va muomalalari ta’siri ostida bo’layotgan o’zgarishlarning borishi ustidan uzluksiz nazorat olib boradi.


Buxgalteriya hisobida korxona ixtiyoridagi mablag’lar, xo’jalik jarayoni va uning ta’siri ostidagi xo’jalik mablag’larining hajmi, tuzilishi, joylanish va tayinlanishidagi sodir bo’ladigan o’zgarishlar aks etiriladi hamda korxonalar xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobi vositasida korxornalar xo’jalik faoliyati jarayoni, mablag’lari aks ettiriladi hamda ularning tashkil topish manbalari nimalardan iborat ekanligi to’g’risidagi ma’lumotlar olinadi.
Shunisi ham borki, buxgalteriya hisobida faqat pul o’lchovida foydalanish mumkin bo’lgan xo’jalik jarayoni va mablag’larigina o’z aksini topadi. Pul ifodasiga ega bo’lmagan korxonalarning mulklari buxgalteriya hisobida o’z aksini topmaydi. Agar ularning qiymati aniqlanib, pulda ifodalangan bo’lsa, u holda bular ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.
Demak, buxgalteriya hisobining predmeti korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan xo’jalik mablag’lari, shu mablag’lar manbalari, ularning xo’jalik faoliyati va moliyaviy natijalaridir.
Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqa tarmoqlari korxonalarida, tijorat banklari, sug’urta kompaniyalari, noishlab chiqarish tarmog’i korxonalari va umuman olganda barcha korxona, tashkilot hamda muassasalarda yuritiladi. Хozirgi vaqtda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va butun iqtisodiyot bo’yicha buxgalteriya hisobotlarini yig’ish va bu ma’lumotlarni kerakli ko’rsatkichlarda guruhlashtirish natijasida hamma korxonalarning xo’jalik mablag’lari, ularning tuzilishi, joylanishi va tayinlanishi, xo’jalik faoliyati haqidagi buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga ega bo’ladilar.
Тurli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o’z faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish, ish bajarish)dan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o’tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish (realizatsiya) jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir birlarining o’rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag’lar (fondlar) ning uzluksiz aylanishini hosil qiladi.
Mablag’lar aylanishidagi asosiy bosqich (faza) bu moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo’ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat tashqi ko’rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. YAngidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy (ish haqi) va qo’shimcha mahsulot qiymati (sof daromad)dan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga qilinganxarajatlar sarflangan mablag’lar (mehnat buyumlari va mehnat vositalari amartizatsiyasi), ishchi kuchi (ish haqi shaklidagi zaruriy mehnat) va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotlar tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o’lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida yig’ma ko’rsatgichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o’lchagichlarda ham ko’rsatiladi. Bu o’lchagichlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiqarish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o’z ichiga oladi.
Ko’pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor mahsulotga aylanmaydi. Chunki ularga mehnatning ta’siri yangitdan yaratilgan mehnat maqsuli sifatida, ma’lum vaqtni talab qiladi. Shu vaqtning o’tishi davomida ular tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’lib turadi.Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash jarayoni vujudga keladi. Тaqsimlash paytida zaruriy mahsulot (korxona xodimlarining ish haqi)ning puldagi ifodasi, korxona va davlatning markazlashtirilgan sof daromadi (qo’shilgan qiymat solig’i, akqiz solig’i, foydadan ajratmalar va hokazo)ning summasi hisoblab chiqiladi. Bunda korxonaning foydasi buxgalteriya hisobida keyinroq, ya’ni realizatsiya tugagandan so’nggina aniqlanadi va qayd qilinadi. Korxonaning mablag’lari boshqa bosqichlarda, ya’ni muomala jarayonida sodir bo’ladi. Bu korxona ta’minoti va tayyor buyumlarni sotish bosqichlaridir.Тa’minot doirasida korxona pul mablag’lari hisobiga o’ziga zarur bo’lgan moddiy boyliklarni sotib oladi. Realizatsiya bosqichida ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotning iste’molchilar (xaridorlar)ga sotish sodir bo’ladi. Bu bosqichning yakunida korxona zaxiralari (mablag’lari) yana pul shakliga kiradi.Korxonaning ta’minoti va realizatsiya jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot realizatsiyasiga qilingan xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun mo’ljallangan va realizatsiya jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag’lari va h.k.. Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar summasidan korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoriga ko’p bo’ladi.Shunday qilib, realizatsiya jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Bu yerda buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan, korxona tomonidan olingan summasi, qo’shilgan qiymat solig’ aksiz solig’i, foyda (daromad) solig’i aniqlanadi va qayd qilinadi.Realizatsiya jarayoni tugagandan so’ng korxona tegishli organlarga (byudjetga byudjetdan tashqari jamg’armalarga, banklar, mol yetkazib beruvchilar va hokozolarga) berilishi kerak bo’lgan summalarni o’tkazish imkoniga ega bo’ladi.Тovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag’larining aylanish davri uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo’jalik aloqalarini yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh (ona) kompaniya bilan unga u yoki bu mablag’larni topshirish yoki olib qo’yish paytida, bank muassasalari bilan ulardan ssudalar olishda, byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir hisob kitoblarda yuzaga keladi. Хo’jalik aloqalari buxgalteriya hisobida korxona mablag’larini aylanish davrining tegishli bosqichlari aks ettirilayotgan paytdan qamrab olinadi.Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari uchun qilingan iste’moldan tashqari, korxonada noishlab chiqarish iste’mollari ham sodir bo’ladi.Noishlab chiqarish iste’moliga korxona tasarrufidagi mablag’lari (fondlari)dan foydalanish kiradi. Ularning tarkibiga uyjoy, maishiy xizmatlar, sog’liqni saqlash va boshqa shu kabi mablag’lari kiradi. Bu mablag’larning holati va ulardan foydalanishni ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.Korxona mablag’lari (fondlari)ning aylanish davri shundan iboratki, ular ishlab chiqarishga, ishlab chiqarish tovarlarga, tovarlar esa yana yul shakliga aylanadi. Demak, mablag’larning aylanish davri faqat uning har xil bosqichlari (fazalari) ketma ket uzluksiz kelib tursagina sodir bo’lishi mumkin.Mablag’larning aylanish davrini to’g’ri tashkil qilish, ularni har bir bosqichini aniq bo’lgan mudqatlarda bo’lishini talab qiladi. Korxonalarda vujudga keladigan jarayonlar odatda har doim, deyarli uzluksiz sodir bo’ladi. Shuning uchun ham, korxonalar har bir bosqichda, ya’ni uch shakldagi pul, ishlab chiqarish va tovar mablag’lariga ega bo’lishi kerak. Shu bilan birga bu mablag’larning miqdori korxona faoliyatining hajmiga to’g’ri kelishi va har bir bosqichda normal ishni ta’minlashi kerak.Barcha jarayonlar ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya alohida xo’jalik muomalalaridan iborat. Masalan, ta’minot va realizatsiya qator xarid qilish sotish hodisalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarini mahsulot tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga bajargan ishlari uchun ish haqi hisoblash, mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanganlikuchun amartizatsiya ajratmalarini hisoblash va hokazolarni qayta qayta qiymatda amalga oshiradi. Har bir muomalaning asosiy mazmuni korxona mablag’larining harakati,ularning shakllarining o’zgarishidan iborat.
MAVZU: XO’JALIK XISOBI TURLARI, BUXGALTERIYA XISOBINING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI, UNING RIVOJLANISH TARIXINI O’RGANISH. BUXGALTERIYA XISOBI

Jamiyat taraqqiyotida amalga oshirilgan har bir hodisa


va jarayonlar tegishli iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar
bilan bog‘liqdir. Тaraqqiyotning o‘zgarishida bevosita ishlab
chiqarish va iste’mol, iste’mol va ta’minot doimo bir-
birini to‘ldirib boruvchi jarayondir. Ishlab chiqarishning
o‘sib borishida iste’molchining iqtisodiy holatiga alohida
e’tibor berilsa, undagi o‘zgarishlarni o‘rganish jarayon-
larining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash uchun asos yara-
tiladi.
Har bir ishlab chiqaruvchi, xo‘jalik yurituvchi sub-
yektlar o‘zlariga taalluqli bo‘lgan mablag‘larini doimo
nazorat qilib boradilar va uning natijasida mablag‘lar
holatidagi o‘zgarishlarni, tegishli mablag‘ga bo‘lgan talab-
ni aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati faqat
mablag‘lar holati bilan emas, balki boshqarish uslubi,
holati bilan o‘rganiladi va tartibga solinadi. Iqtisodiy
ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish yordamida
boshqarishni takomillashtirish asoslari ishlab chiqiladi.
Har qanday ishlab chiqarish jarayoni, asosan, ikki
faoliyatni, ya’ni iqtisodiy va boshqarish faoliyatini o‘z
ichiga oladi.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishda, birinchi-
dan, mavjud mablag‘lar holatini o‘rganish talab qilinadi,
bu esa birinchi bor hisobga bo‘lgan ehtiyojni keltirib
chiqaradi. Hisob yordamida xo‘jalik faoliyatida yuz beradigan
hodisalarni kuzatish, o‘rganish orqali xo‘jalikni boshqarish
uchun asos yaratiladi.
Xo‘jalik jarayonlarini kuzatish boshqarish talablariga
javob bermaydi. Buning uchun kuzatilayotgan jarayon va
hodisalardagi miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarni o‘rganish
talab qilinadi va buning yordamida o‘lchov birliklaridan,
ya’ni son va sifat bo‘yicha xo‘jalikni boshqarishga asos
solinadi.
Amalga oshirilgan kuzatish jarayoni o‘zining muntazam
tashkil qilinmaganligi bilan, bir yerda olib borilmasligi yoki
ma’lum vaqt birligida olib borilishi bilan xarakterlanadi.
Olingan ma’lumotlarni umumlashtirish imkoniyati yaratilsa
ham uning natijalarini xo‘jalik faoliyatida qo‘llash yetarli
deb hisoblanmaydi.
Xo‘jalik faoliyatida amalga oshirilayotgan jarayonlar
shunday xilma-xilki, ular bir vaqtda yakka holda o‘rganilsa
yoki kuzatilsa, boshqa birisida — umumlashtirilgan holatda
amalga oshiriladi. Demak, aytish mumkinki, kuzatish
yordamida xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan hodisalarni son
va sifat tomonlariga alohida e’tibor beriladi.
Xo‘jalik hisobini tashkil qilish, uni rivojlantirishda
ishlab chiqarishning rivojlanishi, savdoning o‘sib borishi,
mulk shakllaridagi o‘zgarishlar har bir ishlab chiqaruvchi,
savdogar, mulk egasining o‘z mulkiga bo‘lgan munosabatini
o‘zgartirdi, undan samarali foydalanish, uning to‘liqligini
nazorat qilishni talab qildi. Bu talablarni bajarish endi faqat
kuzatish olib borish bilan kifoyalanmasdan, faoliyat
ko‘rsatishni talab qila boshladi, chunki korxona faoliyatini
o‘rganish ko‘p qirrali jarayondir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ishlab chiqa-
rish bilan ta’minot bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, mahsulotni
iste’molchiga yetkazib berish, ya’ni ishlab chiqarilgan
mahsulotni sotishni taqozo etadi. Sotish jarayoni mahsu-
lotning asosan pul ifodasida baholanishini taqozo qiladi,
ya’ni hisob ishlarida natural o‘lchov birliklaridan asta-
sekin pul o‘lchov birliklariga o‘tish namoyon bo‘ladi.
Mulk egasi xo‘jalik jarayonlaridagi o‘zgarishlardan faqat
bir maqsadni — foyda olishni ko‘zlaydi. Buning uchun
mulk egasi o‘z mablag‘larini qanday mahsulotga, qancha
sarf qilganligini, ularning to‘liqligini muntazam nazorat
qilish imkoniga ega bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish faoliyatining kengayib borishi,
savdoning o‘sib borishi mulkdorlar mulkiy munosabatini
tartibga solishni talab qila boshlaydi, ya’ni har bir mulkdor
o‘z faoliyatini boshqarish bilan birga, o‘z mablag‘lari
holatini nazorat qilish imkoniyatini seza boshlaydi.
Ishlab chiqarishning rivojlanib borishi xo‘jalik faoliyatida
nazoratni tashkil qilish bilan xarakterlidir. Nazoratning
ta’sir kuchini oshirib borish xo‘jalik faoliyatidagi hodisa va
harakatlarning uzluksiz, ma’lum ketma-ketlikda olib
borilishini talab qiladi va bu talab hisob turlarida o‘z ifodasini
topadi.
Xo‘jalik faoliyatida amalga oshirilgan jarayonlarning
nazorati, ularni bajarish uslubi bir-biridan farq qiladi.
Shunday o‘zgarishlar amalga oshiriladiki, ularni faqat
kuzatish yo‘li bilan baholash mumkin. Bunday kuzatishningfaqat bir turini hodisa va harakatlarda ko‘rish mumkin,buning uchun operativ (tezkor) kuzatish o‘tkaziladi.Misol uchun, ishchining ma’lum ish vaqtida, ya’nibir soat davomida tayyorlagan mahsulotini sanab, o‘lchabbaholash operativ holati o‘rganiladi. Lekin buni ishlabchiqarishni tezlashtirish uchun yetarli ma’lumot yig‘ildi,deb hisoblab bo‘lmaydi. Bundan faqat operativ holat uchunma’lumot olish mumkin.Hisob yordamida ishlab chiqarish jarayonida mavjudbuyum va hodisalar holati o‘rganilgan. Hisob yordamidatovar ayirboshlashni tartibga solish uchun ma’lum hisobo‘lchovlaridan (birliklaridan) foydalanilgan.Тarixiy manbalarga asoslanib aytish mumkinki,hisobning rivojlanishi, unga qo‘yiladigan talablarningo‘zgarib borishi bevosita tovar ishlab chiqarishni rivoj-lantirish bilan bog‘liqdir.Hisob ko‘rsatkichlari yordamida mulkka bo‘lganmunosabat, mulkning to‘liqligi, ishlab chiqarish holati,mahsulotni sotish imkoniyatlari o‘rganiladi.Hisob yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliya-tidagi iqtisodiy o‘zgarishlar, ya’ni mablag‘lar harakatio‘rganiladi. Hisob ko‘rsatkichlariga asosan moddiy javobgarshaxslarning faoliyati nazorat qilinadi. Hisob — nazoratvositasi hisoblanadi. Uning yordamida mulk egasininrivojlanish imkoniyatlarini belgilash uchun asos yaratiladi.Hisob ko‘rsatkichlariga amal qilgan holda uzoq muddatgamo‘ljallangan istiqbolli rejalashtirish ishlarini olib borishmumkin. Lekin bu imkoniyatdan barcha hisob turlaridafoydalanishning iloji yo‘q.

MAVZU: BUXGALTERIYA XISOBI PREDMETI VA OBEKTINI TAVSIFI. XO’JALIK MABLAG’LARINI TURKUMLASH

Хo’jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish ob’ekti haqida kerakli axborotlarni olish, mablag’lardan samarali foydalanish darajasini baholash imkonini beradi. Shuning uchun ham ular buxgalteriya hisobining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, o’z sarmoyasi, rezervlar, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlari hisoblanadi. Buxgalteriya hisobinging ob’ektini umumlashtirilgan holda quyidagilar tashkil etadi: xo’jalik mablag’lari, xo’jalik mablag’larining tashkil topish manbalari, xo’jalik jarayonlari va moliyaviy natijalar. Kuyidagi chizmada buxgalteriya hisobining ob’ektlari ko’rsatib o’tilgan:






Korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun ma’lum turdagi mablag’larga ega bo’lishi kerak. Ular xo’jalik jarayonida turli funksiyalarni bajaradi va shuning uchun ular buxgalteriya hisobida xo’jalik mablag’lari deb yuritiladi. Buxgalteriya balanchida xo’jalik mablag’lari aktivlar sifatida e’tirof etiladi.


Aktivlar ––– sub’ekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. Korxona, tashkilot va muassasalarida aktivlar asosan quyidagi turlarga bo’linadi:

  • Uzoq muddatli aktivlar

  • Aylanma (joriy) aktivlar.


Yüklə 122,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə