Mavzu: buxgalteriya xisobi fanining predmeti, metodi hamda tadqiqot usullari


QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINI FERMER XO‘JALIKLARIGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA



Yüklə 122,01 Kb.
səhifə5/35
tarix18.06.2023
ölçüsü122,01 Kb.
#117819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Mavzu buxgalteriya xisobi fanining predmeti, metodi hamda tadqi

QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINI FERMER XO‘JALIKLARIGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Qishloqda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishning normativ-huquqiy bazasini mustahkamlash, ularning xo‘jalik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xo‘jaligi korxonalari sanatsiyasi bo‘yicha Hukumat komissiyasining 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xo‘jaligi korxonalarini 2002-yilda fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Quyidagilar:
Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimliklarining Mehnatobod, Mirzaobod va Yozyovon tumanlarining qishloq xo‘jaligi korxonalarini to‘liq hajmda fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi;
Sirdaryo viloyatining Mehnatobod va Mirzaobod tumanlari bo‘yicha 2002-yilda qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishning O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
*1-2-ilovalar berilmaydi.
2. Quyidagilar:
2002-yilda Sirdaryo viloyatining Mehnatobod va Mirzaobod tumanlarida infratuzilma obyektlarini tashkil etishga doir topshiriq 3-ilovaga* muvofiq;
*3-ilova berilmaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi namunaviy nizom 4-ilovaga muvofiq;
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi negizida fermer xo‘jaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini o‘tkazish tartibi 5-ilovagamuvofiq;
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni taqsimlash tartibi 6-ilovaga muvofiq;
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish tartibi 7-ilovaga muvofiq;
Yangidan tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga tijorat banklari tomonidan kredit berish qoidalari 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xo‘jaligi korxonalari 4—7-ilovalarga qat’iy muvofiq holda fermer xo‘jaliklariga aylantirilishini ta’minlasin;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq qayta tashkil etilayotgan xo‘jaliklar negizida fermer xo‘jaliklari barpo etishning barcha jihatlarini qamrab oluvchi metodik tavsiyalarni aniq misollar asosida ishlab chiqsin va joylarga yetkazsin;
bir oy muddatda qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish jarayonlarini tushuntirish bo‘yicha joylarda maxsus seminarlar tashkil etsin;
qishloq xo‘jaligi korxonalarining fermer xo‘jaliklariga aylantirilishi ustidan muntazam monitoring o‘rnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Agrobank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tijorat banklari, “O‘zneftmahsulot” va “O‘zkimyosanoat” kompaniyalari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari qayta tashkil qilinayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasining quyidagi obyektlari barpo etilishini ta’minlasinlar:

Yüklə 122,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə