Mavzu: buxgalteriya xisobi fanining predmeti, metodi hamda tadqiqot usullari



Yüklə 122,01 Kb.
səhifə4/35
tarix18.06.2023
ölçüsü122,01 Kb.
#117819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Mavzu buxgalteriya xisobi fanining predmeti, metodi hamda tadqi

Inventarizatsiya. Bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan haqiqat o’rtasidagi tafovutni bartaraf qilish maqsadida korxona mablag’lari natura holatini, ushbu korxonaning boshqa korxonalar bilan hisob-kitob ishlarini tekshirish usulidir. Inventarizatsiya yordamida haqiqatdagi mavjud moddiy qiymatliklar, tugallanmagan ishlab chiqarish, debitor va kreditorlar buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi. Aniqlangan tafovut, ya’ni mablag’larning ortiqcha yoki kam chiqishi tegishli dalolatnomalarda rasmiylashtiriladi va hisobda aks ettiriladi.
Buxgaletriya balansi. Хo’jalik mablag’lari va manbalarini ma’lum bir sanaga bo’lgan holatini aks ettirish usuli hisoblanadi. Balansda korxorna mablag’larining joylanishi va tarkibi, mablag’lar manbalarining tashkil topishi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Hisobot. Ma’lum davrga bo’lgan xo’jalik faoliyatini aks ettiruvchi umumlashtirilgan xo’jalik jarayoni va muomalalarini ularning iqtisodiy mazmuniga qarab ma’lum tartibda guruhlashtiradigan va o’zaro aloqadorligini ta’minlaydigan ko’rsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yig’indisi hisobot hisoblanadi. Hisobot korxonaning ma’lum bir davr bo’yicha xo’jalik faoliyatining yakunini ko’rsatadi.

MAVZU: BUXGALTERIYA BALANSI, UNING TUZILISHI VA MAZMUNI. BALANS HAQIDA TUSHUNCHAGA EGA BO’LISH



Buxgalteriya balansining mazmuni va mohiyati
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Unda xo’jalik yurituvchi su’yektning aktivlari, kapital va majburiyatlar hamda ularning tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar ma’lum bir davrga aks ettiriladi. “Balans” atamasi lotincha bis – “ikki marta”, banx – “tarozi pallasi” so’zlaridan tarkib topgan bo’lib, tom ma’noda “ikki palla” degan ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.2
Buxgalteriya balansiga iqtisodiy adabiyotlarda turlicha ta’riflar berilgan. Masalan, A.S. Sotivoldiyev “Balans xo’jalikning hisobot davri oxiriga bo’lgan mablag’lari va ularning manbalari holatini ko’rsatadi. Uning aktiv va passividagi majburiyatlariga asosan alohida bo’lim va guruhlari bo’yicha o’z va unga tenglashtirilgan mablag’lar miqdorini aniqlash, hisob-kitob intizomi ustidan nazorat qilish, bank kreditlaridan foydalanish holatini tahlil qilish, xo’jalikning umumiy moliyaviy holatiga baho berish va shunga o’xshagan muhim xulosalar qilish mumkin”deb yozadi. M. Ostanaqulov esa “Balans hisoboti korxonaning ma’lum sanaga bo’lgan moliyaviy holatini ko’rsatadi. Balans hisoboti korxonaning aktivlari, korxonaning boshqa xuquqiy shaxslar va fuqarolarga bo’lgan majburiyatlari aksionerlik jamiyat shaklida faoliyat yuritadigan korxonaning aksiyali kapitalining tavsiloti bilan berilgan ro’yxatini ko’rsatadi. Buxgalteriya balansini balans hisoboti deb atashiga sabab, bu balansda korxona aktivlarining qiymatini, korxonaning boshqa yuridik shaxslar va fuqarolarga bo’lgan majburiyatlarining umumiy qiymati bilan korxonaning kapitalini umumiy qiymatiga teng kelishliligidir.” deb tushuntiradi. S. B. Qodirxonov buxgalteriya balansi to’g’risida quyidagilarni yozadi: “Balansda korxonaning barcha mavjud mablag’lari, boshqa tashkilot va shaxslar bilan olib boradigan hisob-kitob muomalalari, moliya va kredit organlari bilan aloqasi hamda xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari umumlashtirilgan ko’rsatkichlarda aks ettiriladi”. 3O. Bobojonov, K. Jumaniyozovlar buxgalteriya balansini quyidagicha ifodalaydi: “Buxgalteriya balansi hisobot davrining boshi va oxirida su’yektga tegishli bo’lgan mulkning haqiqiy holati va mavjudligini o’zida aks ettiradi.”4Shuningdek A.A. Karimov, F. Islomov, A. Avloqulovlar buxgalteriya balansi va uning mazmuni to’g’risida quyidagilarni yozadi: Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. U korxona mablag’larini guruhlash va tarkibini pul bahosida aks ettirish hamda pul mablag’larini, ularni hosil etish manbalarini muayyan sanaga joylashtirish usulidan iborat.”5Yuqorida keltirilgan ta’riflarning barchasida buxgalteriya balansi korxonaning ma’lum bir sanaga bo’lgan moliyaviy holatini ifodalashi to’g’risidagi fikrlar mavjud. Shu bilan birgalikda har bir muallif buxgalteriya balansining alohida jihatlarini ochib beradi. Masalan, A.S. Sotivoldiyev uning ma’lumotlari asosida nazorat hamda moliyaviy holatiga baho berish bo’yicha muhim xulosalar qilishadi degan mulohazani bildiradi. M. Ostanaqulov esa korxona aktivlari summasi bilan kapital va majburiyatlar summasi teng kelishi lozimliligini uqtiradi. Albatta bu tenglik buxgalteriya balansiga xos bo’lgan fundamental tenglik hisoblanadi.S.B. Qodirxonov buxgalteriya balansida korxonaning xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari umumlashtirilgan ko’rsatkichlarda aks ettiriladi deb hisoblaydi. A.A. Karimov, F. Islomov, A. Avloqulovlar buxgalteriya balansini xo’jalik mablag’lari va ularning manbalarini ma’lum sanaga umumlashtirish usuli ekanligini alohida ta’riflaydi.Fikrimizcha bu ta’riflarning barchasini o’rganish va tahlil qilish buxgalteriya balansini mazmunini, uning mohiyatini to’laroq tushunib yetish uchun zamin yaratadi.Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi me’yoriy asos hisoblangan 1-BHMA “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” da buxgalteriya balansini ta’riflovchi maxsus band bo’lmasaғda 6.6-bandida buxgalteriya balansining maqsadi quyidagicha yoritiladi: “Хo’jalik yurituvchi su’yektning buxgalteriya balansi uning hisobot kunigacha bo’lgan moliyaviy holatini aks ettirishi lozim, bu esa uning imkoniyatlari va moliyaviy tuzilmasini tushunish imkoniyatini beradi”. Albatta, bu tushuntirishning mazmuni iqtisodiy adabiyotlarda berilgan ta’riflarga mazmunan juda yaqindir.Хorijiy iqtisodiy adabiyotlarda buxgalteriya balansiga berilgan ta’riflarning mazmuni va mohiyati jihatidan mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan berilgan ta’riflarga juda yaqindir. Masalan, R. Entoni, Dj. Ris buxgalteriya balansiga quyidagicha ta’rif beradi: “Buxgalteriya balansi mustaqil hisob yurituvchi har qanday xo’jalik birligining ma’lum vaqtga bo’lgan moliyaviy holatini aks ettiradi”.6 Хuddi shunga yaqin fikrni B. Nidlz, Х. Anderson, D. Kolduel ham bildiradi: “Balans firmaning ma’lum vaqtga bo’lgan moliyaviy Ҳolatini tavsiflaydi. U aktiv, passivlar va kapitalni hisobga oluvchi schyotlarning qoldig’ini o’z ichiga oladi”.7Buxgalteriya balansi to’g’risidagi xuddi shunga yaqin ta’riflarni Rossiyalik iqtisodchi olimlarning darslik va o’quv qo’llanmalarida uchratish mumkin.Shunday qilib, buxgalteriya balansining mazmuni va mohiyatini ochib berish maqsadida iqtisodiy adabiyotlarni tahlil qilish ularning barchasida bir-biriga o’xshash, umumiy va mazmuniy jihatidan yaqin bo’lgan ta’riflar, tushuntirishlar, fikr va mulohazalarning mavjudligini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida mamlakatimizda nashr qilinayotgan iqtisodiy adabiyotlarda buxgalteriya balansining mazmuni va mohiyatini ochib berishda ancha salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligini tasdiqlaydi.
MAVZU: XALQ XO’JALIGI BALANSLARI TURLARINI O’RGANISH XUSUSIYATLARI


Yüklə 122,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə