Mavzu: buxgalteriya xisobi fanining predmeti, metodi hamda tadqiqot usullari



Yüklə 122,01 Kb.
səhifə6/35
tarix18.06.2023
ölçüsü122,01 Kb.
#117819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Mavzu buxgalteriya xisobi fanining predmeti, metodi hamda tadqi

(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
tijorat bankining filiali;
“O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining fermer xo‘jaliklarini mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy vositalar bilan ta’minlash ombori;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-avgustdagi 397-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 370-modda)
“O‘zneftmahsulot” kompaniyasi tegishli neft bazasining fermer xo‘jaliklarini yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha filiali;
qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasining mavjud texnikasi negizida muqobil mashina-traktor parki;
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik hisobi asosida suv iste’molchilari uyushmasi (qayta tashkil etilayotgan xo‘jaliklar hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish uchun).
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zagromashservis” uyushmasi qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari negizida barpo etilayotgan dehqon va fermer xo‘jaliklariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mashina-traktor parki barpo etishga doir tavsiyalarni o‘n kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
6. Qayta tashkil etilayotgan xo‘jaliklar hududida barpo etilayotgan bozor infratuzilmasi obyektlarining ishlab chiqarish, moliyaviy va moddiy-texnika bazasini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida istisno tariqasida:
fermer xo‘jaliklarini mineral o‘g‘itlar va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha bo‘linmalar mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lashdan ikki yil muddatga;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida tashkil etilayotgan muqobil mashina-traktor parklari soliq solish shartlari va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar (er haydash, ekish, ishlov berish, hosilni yig‘ishtirish va boshqalar) uchun hisob-kitoblar bo‘yicha “O‘zagroservis” AJ hududiy tashkilotlarining mashina-traktor parklariga tenglashtiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 593-modda)
7. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarining ijtimoiy infratuzilma obyektlari xatlov o‘tkazilgandan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash tashkiloti tomonidan qayta baholash paytidagi bozor narxlari hisobga olingan holda baholanadi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi balansidagi bolalar maktabgacha muassasalari, maktablar va qishloq vrachlik punktlari belgilangan tartibda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari balansiga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy infratuzilmaning boshqa obyektlari, gaz quvuri magistrallari va gaz taqsimlash punktlari, elektr quvvati uzatish liniyalari, xo‘jaliklararo irrigatsiya inshootlari qayta baholangandan keyin belgilangan tartibda tegishli ravishda “O‘zkommunxizmat” agentligi “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalari, “O‘zbekenergo” kompaniyasi, Suv xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar balansiga beriladi.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yuridik va konsalting xizmatlarining zarur tarmog‘i, shuningdek fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat tayyorlov va savdo-vositachilik tashkilotlari hamda bozorning boshqa subyektlari barpo etilishini ta’minlasinlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloqda iqtisodiy islohotlarning borishini, dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalarini muntazam ravishda yoritib borsinlar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.

Yüklə 122,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə