Mavzu: Cho’yanning klassifikatsiyasi


Bolg‘alanuvchan cho‘yanlar



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#155955
1   2   3
Cho\'yanning klassifikatsiyasi

Bolg‘alanuvchan cho‘yanlar oq cho‘yanni maxsus usulda yumshatish orqali
olinadi. Bolg‘alanuvchan cho‘yanda uglerod erkin holatda-bodroqsimon grafit
shaklida bo‘ladi. Ularning plastikligi kulrang cho‘yanlarnikiga nisbatan yuqori.
Metall asosiga ko‘ra bolg‘alanuvchan cho‘yan ferritli va perlitli bo‘ladi. Ferritli
kulrang cho‘yanning plastik xossalari yuqori bo‘lganligi sababli mashinasozlikda
keng ishlatiladi. Bolg‘alanuvchan cho‘yan olish uchun ishlatiladigan oq
cho‘yanning kimyoviy tarkibi quyidagicha bo‘ladi:2,5-3,0% C, 0,7—1,5% Si, 0,3-
1,0% Mn, 0,12% S, 0,18% P.
Yumshatish ikki bosqichda olib boriladi (6.5-rasm). Birinchi bosqichda quymalar
950-970°C da ushlab turiladi. Bu davrda ledeburit tarkibiga kiruvchi (Fe3C+A)
sementit parchalanadi va muvozanat holatdagi A+S strukturasi hosil bodadi.
Sementitning parchalanishi natijasida diffuziya yo’li bilan bodroqsimon grafit
hosil bo’ladi. Shundan keyin harorat evtektoid o‘zgarishlar yuz beradigan
oraliqqacha sovitiladi. Bu vaqtda austenit ferrit-grafitga parchalanadi.
Yumshatishning ikkinchi bosqichi tugagandan so‘ng cho‘yan strukturasi ferrit va
grafitdan iborat bo’ladi.

Agar evtektoid haroratida sovitish tezligi yuqori bodsa, perlitli bolg‘alanuvchan
cho‘yan hosil bodadi.
Ferritli KЧ37-12, KЧ35-10 bolg‘alanuvchan cho‘yanlari yuqori statik va dinamik
kuchlar ta’sirida ishlaydigan detallar (karter, reduktor, skoba va b.) ishlab
chiqarishda ishlatiladi. Perlitli KЧ50-5, KЧ55-4 bolg‘alanuvchan cho‘yanlari mufta, rolik, tormoz kolodkasi, kardan vallari ishlab chiqarishda qodlaniladi.
Markada KЧ-bolg‘alanuvchan cho‘yan, birinchi ikkita son cho‘zilishdagi
mustahkamlik chegarasini va oxirgi son esa nisbiy uzayishini bildiradi.
Bolg‘alanuvchan cho‘yanlaming kimyoviy tarkibi, mexanik xossalari va faza tashkil etadi.

Juda puxta cho‘yanlar. Juda puxta cho‘yanlar suyuq cho‘yanni qolipga quyish
oldidan unga kam miqdorda (0,03-0,07%) Mg qo‘shish orqali olinadi. Grafit shar
shakliga ega bodgani uchun metall asosning mustahkamligini kam pasaytiradi. Shar shaklidagi grafitli cho‘yan yuqori mexanik xossalarga ega bo’ladi. Juda puxta
cho‘yanlar metall asosiga ko‘ra ferritli BЧ38-17, BЧ42-12, ferrit-perlitli BЧ 45-5
va perlitli BЧ50 -2, BЧ60-2, BЧ70-3, BЧ80-3, BЧ100-4, BЧ120-4 bo’ladi.
Termik ishlov berish orqali juda puxta cho‘yanlarning mustahkamligini yanada
oshirish mumkin. Buning uchun cho‘yan toblanadi va yuqori (500-600°C) haroratda bo‘shatiladi. Ba’zi hollarda gafit shaklini mukammallashtirish maqsadida juda puxta cho‘yanlar yumshatiladi. Juda puxta cho‘yanlarning nisbiy uzayishi 2-7 % ni va Brinell bo‘yicha qattiqligi 150-360 HBni tashkil etadi. Juda puxta cho‘yanlarning mexanik xossalari, kimyoviy tarkibi 6.2-jadvalda berilgan.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə