Mavzu: Chuyan turlari, tasnifi, tarkibi, xossalari, markalanishi va qoʻllanilishi



Yüklə 168 Kb.
səhifə7/7
tarix27.12.2023
ölçüsü168 Kb.
#163511
1   2   3   4   5   6   7
Temirning uglerodga to’yinishi. Qaytarilgan g’alvirak temir, uglerod (II) - oksid bilan reaksiyaga kirishib, temir karbidini hosil qiladi:
3Fe + 2CO = Fe3C + CO3;
3Fe + C = Fe3C.
Uglerodga to’yingan bu birikma 1050 - 1200ºC temperaturada suyuqlanib koks bo’laklari orasidan o’tib uglerodga to’yinib, o’txonaga to’plana boradi. Bu qotishma tarkibida 3,5 - 4% uglerod bo’ladi.
Domna Fe dan tashqari Si, Mn, S, P va boshqa elementlar ham qaytariladi, masalan, Si va Mn yuqoriroq temperaturada uglerod bilan quyidagi reaksiya bo’yicha qaytariladi:
MnO + C = Mn + CO - Q; SiO2 + 2C = Si + 2CO - Q.
Shixta tarkibidagi fosfor, asosan, kalsiyning fosforli tuzi - Ca3P2O8 [(CaO)3 P2O5] tarzida bo’ladi. Bu tuzdan dastlab kremniy (IV) oksidi yordamida fosfat angidrid qaytariladi:
(CaO)3 · P2O5 + 3SiO2 = 3CaO · SiO2 + P2O5 + Q;
P2O5 + 5C = 2P + 5CO - Q.
Fosforning deyarli hammasi qotishmaga o’tadi.
Ma'lumki oltingugurt koksda va rudada FeS2, FeS, CaSO4, CaS birikmalar tarzida bo’ladi. Jarayon vaqtida S ning qariyb 10 - 60% SO2, H2S gazlari ko’rinishida pechdan chiqib ketadi. Bir qismi esa [FeS] tarzida metallda va shlakda (CaS) bo’ladi. Metallda erigan FeS ni shlakka o’tkazish uchun shlakda ohak ko’proq bo’lishi kerak. Shundagina u oltingugurt (CaS) birikma tarzida bog’laydi:
FeS + CaO + C = Fe + CaS + CO + Q.
Shunday qilib, cho’yandagi FeS dan oltingugurtning bir qismi CaS tarzida shlakka o’tkaziladi. Bunda MgO va Mn hisobiga ham metall oltingugurtdan qisman tozalanadi:
FeS + Mg = FeO + MgS; FeS + Mn = Fe + MnS.
Shlakning ajralishi. Pechga flyus sifatida kiritilgan ohaktosh (CaCO3) 900ºC haroratli zonada CaO va CO ga parchalanadi. CaO raspar zonasi yaqinida SiO2, Al2O3, FeO va boshqa begona jinslar bilan birikib dastlabki shlak ajrala boshlaydi, u o’txona tomon oqa borib yuqori temperaturada qizib koks kulini, qayrilmay qolgan oksidlar va begona jinslarni o’zida eritadi. Shlakda juda oz miqdorda FeO bo’ladi.
Temirning qaytarilishi va shlak hosil bo’lish jarayonlarining ma'lum ketma - ketlikda kechishi ajraluvchi shlakning kimyoviy tarkibi, suyuqlanish temperaturasiga bog’liqdir. Masalan, Mn qaytarilib, cho’yanga o’tadi. Agar tarkibida Si ko’proq bo’lgan cho’yan olinadigan bo’lsa, aksincha, shlakda ohak miqdori kamroq bo’ladi.
Shlakning muhim harakteristikalaridan biri asosli va kislotali oksidlarning o’zaro nisbatlaridadir: (CaO + MgO) : (SiO2 + Al2O3) va bu nisbat cho’yanlar ishlab chiqarishda 0,9 - 1,4 oralig’ida bo’lishi lozim.
Yüklə 168 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə