Mavzu: Chuyan turlari, tasnifi, tarkibi, xossalari, markalanishi va qoʻllanilishi



Yüklə 168 Kb.
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü168 Kb.
#163511
1   2   3   4   5   6   7
Qotishmalar to’g’risida umumiy ma’lumotlar

Cho‘yan – tarkibida uglerod miqdori 2% dan yuqori bo‘lgan temir-uglerod qotishmasidir. Ugleroddan tashqari cho‘yanning tarkibida 4% gacha kremniy, 2% gacha marganets, shunindek fosfor va oltingurt mavjud. Cho‘yan po‘lat olishning asosiy dastlabki xomashyosi hisoblanadi. Po‘lat ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarilgan cho‘yanning tahminan 80 – 85 % sarflanadi. Shunindek cho‘yan o‘zi ham quymaqorlikda keng qo‘llaniladi.
Cho‘yan eritib olishning asosiy xomashyosi temir rudalaridir. Temir rudalarida quyidagi asosiy minerallar mavjud: domna pechida eritishda yaxshi tiklanuvchi temir oksidlari, silikatlar, kal’sit, shuningdek oz miqdorda S, As, va P lar.
Temir rudalari mis va boshqa metallar rudalaridan farqli ravishda boy hisoblanadi. Masalan eng boy temir rudalarida temirning miqdori 60% dan ko‘p bo‘lishi mumkin, kmabag‘al rudalarda esa 30 – 40 %.
Shuni qayd etish lozimki, ba'zi temir minerallarida Fe dan tashqari oz bo’lsa- da Cr, Ni, W, V, Cu, Ti, Mo va boshqa metallar uchraydi. Bunday rudalar kompleks rudalar deyiladi. Bu rudalardan cho’yan olishda foydalanilsa, cho’yan xossalari yahshilanadi.
Hozirgi davrda er qatlamida 200 dan ortiq turli temir rudasi borligi ma’lum. Asosiy temir rudalariga quyidagilar kiradi hamda 7.1-jadvalda temir rudalari keltirilgan.
7.1-jadval.
Turli temir rudalarining nomlari


Rudalarning nomi

Ma’danning Nomi

Kimyoviy birikmasi

Temirning miqdori %

Rangi


Yüklə 168 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə