Mavzu: Darsdan tashqari o’ynaladigan harakatli o’yinlarni o’tkazish metodikasi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix21.10.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
6mavzu

O’YIN RAHBARLARINING ASOSIY
VAZIFALARI 

Rahbar o’yin tashkilotchisi va uni o’tkazish jarayonida bolalarni tarbiyachisi
bo’lishi shart: 1) Shug’ullanuvchilarning salomatligini mustaxkamlash, ularni
to’g’ri jismoniy rivojlanishiga yordam beradi; 2) Xayotiy zarur bo’lgan harakat
malakalarini egallashga yordam beradi; 3) Bolalarda zarur bo’lgan odob-ahloq
irodaviy va jismoniy sifatlarini tarbiyalash; 4) O’yin bilan mustaqil ravishda
muntazam shug’ullanish odatini va o’quvchilarda tashkilotchilik malakalarini
singdirish.

O’yin bilan shug’ullanish do’stlikni, rostgo’ylikni, jamoatchilikni, vatanparvarlikni,
ongli intizomni tarbiyalashga yordam beradi. Shu bilan birga jismoniy tarbiya
bo’yicha dasturi bilan mos ravishda ma’lum harakatni o’rgatish uchun o’yinni
to’g’ri tanlash muximdir.

Xardoim xam o’yinni to’g’ri tanlab olib, samarali ijobiy ta’lim-tarbiyaga erishish
mumkin emas u ko’proq o’yinni tashkil qilish va o’tkazish jarayoniga bog’lik.

Ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalarini xal etishda tarbiyani xususan
didaktik printsiplarini umumiy qonuniyatlarini ochib boruvchi ushbu pedagogikaga
amal qilishi zarur.

Harakatli o’yinlar bilan shug’ullanish xarakteri bo’yicha tarbiyalaydigan bo’lishi
shart. O’yini mazmunidan foydalangan xolda (mazmuni, harakat qilishi va unga
kiruvchi o’yin qoidalari), pedagog ma’lum darajada o’yinchilarni yurish-turishini,
muamilasini tashkil etadi. Buning uchun u o’ynaydigan jamoani yaxshi bilishi,
o’yinni mazmunini o’rganishi va yuqori pedagogik maxoratga ega bo’lishi kerak.



O’yinda bolalarni o’ziga xos xususiyati namoyon bo’ladi. O’yinda ularni
xulqini va xarakterini o’rganib olganidan keyin, rahbar xaddan tashqari tez
ta’sirchanligini, baxslashishni, noto’g’riligini yoki o’yin qoidalariga rioya
qilmasligini, vijdon yo’qligini va xulqidagi boshqa salbiy tomonlarni oldini
olish mumkin.

Jamoa o’yinlarida rahbar o’yinda maqsadga erishish uchun o’yinchilarni
birgalashib harakat qilishga o’rgatadi, bu o’rtoqlik xissini, jamoatchilik,
topshirilgan vazifaga javobgarlikni xis qilish, o’zini ishini oxirigacha
yetkazishdagi qa’tiyligini tarbiyalashga yordam beradi (aks xolda
komandadagi o’rtoqlari qiynaladi).

Har bir o’yinda maqsadga erishishda qiyinchiliklari bo’ladi. Shuning uchun
o’ynovchilar, o’yin qoidalarini buzmasdan ularni yengib o’tishlari kerak.
Bittagina qiyinchilikni yengib o’tgandan keyin, boshqasini oldinga surish
kerak, chunki bolalar ularni yengib o’tishda, zo’r berishlari kerak. Bu esa
mexnat sevarlikni va irodani tarbiyalashga yordam beradi.

Rahbar u yoki bu o’yinni o’tkazishda shuni belgilab olish kerakki, u asosiy
tarbiyaviy va ta’limiy vazifani aniqlashi kerak (masalan, to’pni otish va ilib
olish nishonga uloqtirish malakalarini takomillashtirish, yengil atletika,
gimnastika 
mag’ulotlarida egallagan malakalarini mustaxkamlash,
o’ynovchilarda jasurlikni harakatni bir-biriga muvofiqligi, jamoatchilikni
tarbiyalash joyni orientir olish malakalarini tarbiyalash va b.q)



O’yinni o’tkazishda, rahbar uni mazmunini va vazifasini shuningdek o’zini
tuta bilish qoidalarini tushintirish shart. O’ynovchilarning ongli xulqi
o’yinni takomillashtirishga va uni ijodiy boyitishga imkon beradi; bunda
o’yin qatnashchilarini qiziqishi bir muncha o’yinni tarbiyaviy ta’sir etishi
oshib boradi. Bolalarda o’yinda o’z harakati va ishlariga ongli munosabatda
bo’lishga o’zining yutuq va kamchiliklarini tanqidiy muxokama qilishni,
o’rtoqlarini harakatini va xulq atvorini taxlil qilishga o’rgatish kerak.

Agar o’yin yaxshi o’zlashtirilgan bo’lsa faollik oshadi. O’yinni takrorlab
turish juda foydali bo’ladi, buni shug’ullanuvchilarni xulqi ko’proq o’z
ayibiga tushinib boradi, harakat malakalari takomillashadi, o’yinda
o’quvchilar faol qatnasha boshlaydi, eski o’yin qoidalari murakkablashadi,
yangi vazifalarni yaratadilar (raxbar bilan birgalikda yoki uni nazorati
ostida).

O’yinga qiziqqonligini ortirib borish bolalarni faollashtirishga ta’sir etadi,
buni ko’proq bog’liqligi shundaki uni o’tkazishga unga tayyorgarlik
ko’rishida. Bolalarni faoligini o’yindagi tashkilotchilik malakalarini
tarbiyalash uchun foydalanish lozim. Raxbar ularga yetakchilar,
kapitanlarni raisni topshirish bilan maydonchani belgilashga xakamlik
qilishga jalb etish bilan bolalarni mustaqil o’ynashga o’rgatishi kerak.
Ularga o’yinni tashkil qilish va xakamlik qilishda sekin-asta ko’proq
mustaqillikka imkon beradi. Tanlangan kapitanlar kamondani harakatiga
raxbarlik qiladi, o’yin qatnashchilarini orasidan ajratilgan, xakam, o’yin
qoidalariga aniq rioya qilishni kuzatadi. Rahbar o’yinni borishida xakamga
taktik jixatdan yordam beradi va o’ynovchilarning o’zini to’g’ri tutishiga
yo’naltiradi.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə