Мавзу: Девиант хулқ – ижтимоий-педагогик муаммо сифатида


Sahnalashtirilgan o‘yinlar



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə2/3
tarix30.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#114413
1   2   3
badiiy asarni sahnalashtirish turlari va uni qoyib korsatish metodlari

Sahnalashtirilgan o‘yinlar.
  • I bosqich. Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlash. Badiiy asarni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 1) ertak yoki hikoyada qatnashuvchilar soni ko‘p bo‘lishi kerak; 2) asarning nafaqat mazmuni, balki unda harakatlarning ham turfa xil bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim; 3) asar ifodali o‘qishga mos bo‘lishi kerak; 4) asar mazmuni qiziqarli va emotsional bo‘lishi zarur; 5) asar bolalarning yoshiga mos kelishi lozim.
  • II bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning mazmunini o‘qib berish.
  • III bosqich. Asarni bolalar tomonidan eslab qolinishiga erishish: qayta o‘qib berish, har bir bolaning aytadigan gaplari ustida individual ish olib borish, rasmlar namoyish etish.
  • IV bosqich. O‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun o‘yinga kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlash hamda rahbarlikni to‘g’ri amalga oshirish.
  • 3. Badiiy asarni sahnalashtirib ko‘rsatish usullari.
  • Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirib borilishi maqsadga muvofiq. Masalan, o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlansa, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg’ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
  • Ertak va hikoyalarni bolalar ko‘pincha o‘zlarining ijodiy rolli o‘yinlarida sahnalashtiradilar, bu o‘yinlarda tulki, sichqon, xo‘roz, quyon kabi personajlarni o‘yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she’r, ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlari mana shunday o‘rganiladi.
  • Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo‘lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo‘lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg’om», «Bo‘g’irsoq» kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she’rlar ham olinadi. Masalan, tarbiyachi o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg’ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
  • Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanini, ular ko‘proq qanday asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi. Mana shu asosda bo‘lg’usi sahnalashtiriladigan o‘yinlar jonlantiriladi.
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə