Mumtоz аdаbiyоtdа oʻzbеk bоlаlаr kitоbxоnligi tаbiаtini aks ettiruvchi asarlar talqini hadislar, pandnomachilik, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, «Qobusnoma»



Yüklə 23,94 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü23,94 Kb.
#165692
Maqola bolalar adabiyoti


Mumtоz аdаbiyоtdа oʻzbеk bоlаlаr kitоbxоnligi tаbiаtini aks ettiruvchi asarlar talqini
hadislar, pandnomachilik, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, «Qobusnoma», «Qutadgʻu bilig», obrazlar tahlili
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar adabiyotining yaratilishi va rivojlanishida asos boʻlib xizmat qilgan mumtoz adabiyot namunalari, oʻsha davrda yaratilgan asarlarning nechogʻlik muhim oʻrin egallashi, bolalar ma'naviyati va ruhiyatini boshitishga qaratilgan gʻoyalari talqini haqida fikr yuritilgan.
Maʻnaviyatining shakllanishida kitobning oʻrni beqiyos. Kitob yosh avlodga chinakam aqliy, axloqiy, estetik tarbiya berish vositasidir, kitob ularni erkin fikrlashga, dunyoqarashining kengayishiga, goʻzal nutq sohibi boʻlishga oʻrgatadi. Kitob insonga sodiq doʻst, uning ichida barcha ilm mujassamdirki, u kishilarni oʻtmishdan va kеlajakdan ogoh qilib turadi. Haqiqatdan ham, kitob barchamizni ezgulikka undaydigan, oldimizda turgan barcha muammolarni hal etishga yordam bеradigan kuchdir. Bu borada maʻnaviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr oqibat kabi gʻoyalarni ilgari suruvchi Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʻu bilig» («Saodatga olib boruvchi bilim»), Ahmad Yugnakiyning «Hibbat ul-haqoyiq» («Haqiqatlar armugʻoni»), Ahmad Yassaviyning hikmatli kitoblari va shu kabi boshqa adabiyotlar. Oʻrta va katta yoshdagi kitobxon bolalar koʻproq, oʻzbek adiblari Gʻafur Gʻulomning «Shum bola», Oybekning «Bolalik», Abdulla Qahhorning «Oʻtmishdan ertaklar», Nazir Safarovning «Koʻrgan kechirganlarim», Xudoyberdi Toʻxtaboyevning «Sehrli qalpoqcha», «Sariq devni minib», «Sariq devning oʻlimi», Oʻrkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi», Said Ahmadning «Ufq», Tohir Malikning «Alvido bolalik», Togʻay Murodning «Yulduzlar mangu yonadi» kabi asarlarini sevib oʻqiydilar
Hadis (arabcha: xabar, gap, yangilik) — Muhammad (s.a.v) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʻondan keyin 2-manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — hadisi qudsiy (maʻnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan hadislar) va hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʻtiborga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif. Qurʻonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (s.a.v) oʻz hadislarini aytardi. Bu hadislarni paygʻambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar vafotidan soʻng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda paygʻambar hadislari bilan sahobalar va tobeʻinlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi. Hijriy III asrda hadis taʻlif etish sohasida «musnad», «sahih», «sunan» deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. «Musnad» yoʻnalishida tasnif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalning hadis kitoblari shu yoʻnalishga mansub. «Sahih» yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy asos solgan. «Sunan» yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda «zaif» hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso at-Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja toʻplamlari shu yoʻnalishta mansubdir.
Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy hadis toʻplamini taʻrif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh al-Marvaziy, Haysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʻqul an-Nasafiy va boshqalar hadis toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixtiloflar natijasida, paygʻambar nomidan yolgʻon hadislar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima hadislar yuzaga kelgan.
Davr oʻtishi bilan hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. IX-X asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: «Sahihi Buxoriy», «Sahihi Muslim» (q. Muslim ibn Hajjoj), «Sahihi Termiziy», «Sunani Abi Dovud», «Sunan Ibn Majah», «Sunani Nasoiy». «Sahihi Buxoriy» koʻproq eʻzozlanadi. Bu 6 ta hadis toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. Hadislar toʻplami sunna deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan. Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va gʻoyaviy merosining koʻp unsurlari islomga hadis shaklida oʻtgan. Hadis yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadis har qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi boʻlgan; undan hikmatli soʻz va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning «Sahihi Buxoriy» asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat uchun asosiy oʻquv qoʻllanma sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning «Sahihi Buxoriy» hadislar toʻplami 4 jildda (1-jild — 1991, 2-jild — 1996, 3-jild — 1994, 4-jild−1992), 2-nashri esa 1997-yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muhammad Termiziyning «Sahihi Termiziy» hadislar toʻplami 1-jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999-yil Toshkentda chop etildi. Bulardan tashqari «Ming bir hadis» tarjimasi, «Qudsiy hadislar» tarjimasi ham nashr etildi.
Qobusnoma - Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-taʻlimiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (XI asr). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus, 1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va «Nasihatnomai Kaykovus» deb atalgan. «Qobusnoma» shu asarning oʻzbekcha tarjimasidir, muallif asarni oʻgʻli Gilonshohga bagʻishlagan. «Qobusnoma» asosini Qurʻoni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va koʻrsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Asar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʻmatiga shukur qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʻatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. Asarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi. Odamlar 3 guruhga boʻlinib, ularning jamiyatda tutgan oʻrni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham 3 guruhga boʻlinadi: aqllilik, haqgoʻylik, juvonmardlik. Kaykovus dunyodagi mavjudotni birbiri bilan bogʻliq va murosasiz deb talqin qiladi. U kishi ruhiyatini ham 2 guruhga boʻladi: jismoniy sezgini modda, ruhiy hissiyotni esa «jon» bilan bogʻlaydi va bularning birini moddiy, ikkinchisini ruhiy hayot mahsuli deb koʻrsatadi. Uning fikricha, dunyodagi hamma narsalar yaralishi va mohiyat eʻtibori bilan ilohiydir. Zero, inson Allohni tanimoq uchun avvalambor oʻzini bilmogʻi, ya’ni «sozga qarab sozandani tanimogʻi lozim», deydi. Bu kabi masalalar kitobda ixcham hikoyatlar, rivoyatlar, she’r va latifalar, maqol va hikmatlar yordamida bayon qilinadi.
«Qobusnoma» rus va Gʻarb sharqshunoslarining, Sharq olimlari va pedagoglarining diqqatini anchadan beri oʻziga tortib keladi. Asar turk (1432, 1705), uygʻur (178687), nemis (1811), oʻzbek (1860, Ogahiy tomonidan), tatar (1881), fransuz va rus (1886) tillariga tarjima qilingan. Ogahiy tarjimasining 2 qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida, yana bir qoʻlyozma nusxasi Sankt-Peterburgda Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq kutubxonasida saqlanadi. «Qobusnoma» ning Subutoy Dolimov tomonidan hozirgi oʻzbek tiliga oʻgirilgan nusxasi Toshkentda 3 marta nashr qilingan.
«Qutadgʻu bilig» («Saodatga yoʻllovchi bilim») — Yusuf Xos Hojib asari, turkiy adabiyotning nodir namunasi, 1069-70 yillarda yaratilgan. Muallifning asar muqaddimasida xabar beri-shicha, bu kitob oʻz davridayoq keng tarqalib, mashhur boʻlgan. Chin (Shimoliy xitoy) liklar uni «Adab ul-muluk» («Hukmdorlar odobi»), mochin (Janubiy xitoy)liklar «Oyin ul-mamlakat» («Hukmdorlik qonun-qoidalari»), Sharqiy xitoyliklar «Ziynat ulamaro» («Hukmdorlar ziynati»), eronliklar «Shohnoma»i turkiy («Turkiy «Shohnoma»), baʻzilar «Pandnomai muluk» («Hukmdorlar pandnomasi»), turonliklar esa «Qutadgʻu bilig» deb ataganlar. «Qutadagʻu bilig» dostonini yaratar ekan, muallif oʻz oldiga qoraxoniylar davlati hokimiyatini mustahkamlash, Tavgʻachxon bilan Eloqxonlar oʻrtasidagi ixti-loflarni bartaraf etish, hukmron doiralarning turli ijtimoiy tabaqalarga munosabatini belgilash, maʻrifat va obodonchilik uchun kurash, yaxshi xulq-odobni targʻib qilish kabi maqsadlarni qoʻygan. Bu bilan Yusuf Xos Hojib oʻz davrining yirik maʻrifatparvari va donishmandi sifatida gavdalanadi. «Qutadgʻu bilig» markaziga 4 masala qoʻyilib, ular 4 obraz vositasida ochib berilgan: birinchisi — adolat boʻlib, u podshoh Kuntugʻdi timsolida, ikkinchisi — davlat boʻlib, vazir Oytoʻldi, uchinchisi — aql boʻlib, vazirning oʻgʻli Ugdilmish, toʻrtinchisi — qanoat boʻlib, uning qarindoshi Oʻzgʻurmish qiyofasida tasvirlanadi. Shunga muvofiq ravishda qoʻyilgan masalalar voqealar rivoji, qahramonlarning oʻzaro suhbati, bahsmunozarasi, savol-javoblari, pandnasihatlari vositasida hal qilinadi. Muallif bahsli masalalar yuzasidan ham axloq-odob, ilm, insoniylik va adolat doirasida fikr yuritadi hamda podshoh va amaldorlardan tortib dehqon-u hunarmandgacha — jamiyatdagi barcha toifalarning huquq va burchlari haqida oʻz mulohazalarini bildiradi. Borliq haqidagi bilimlarga toʻxtalgan Yusuf Xos Hojib odam bilishi mumkin boʻlmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yoʻq, bilim tufayli osmon sari ham yoʻl ochiladi, deydi; bilish uchun esa tinmasdan oʻrganish lozim, deb uqtiradi. «Qutadgʻu bilig» qoraxoniylar hokimiyatining oʻziga xos nazmiy nizomnomasi boʻlib, bu ramziy-timsoliy asar yurt egalari boʻlmish hukmdorlar va katta-kichik amaldorlarga atab yozilgan va asarda ularga mamlakatni adolat bilan boshqarish, tinchlikni saqlash, raiyatga zulm qilmaslik, bilʻaks, xalqning ogʻirini yengil qilish, turmushini farovon aylash, jamiyatning maʻnaviyaxloqiy negizlarini mustahkamlash, ilm-maʻrifatga keng eʻtibor berish, isteʻdod sohiblarini qoʻllab-quvvatlash, huquq, burch, adolat boʻyicha maslahat va tavsiyalar berilgan. Hukmdorlar adabnomasi — «Qutadgu bilig» qoraxoniylar sulolasi misolida turkiy davlatchilik asoslari yangi bosqichga koʻtarilgan davrda zamon kun tartibiga qoʻygan siyosiy-ijtimoiy masalalarni hal qilishda asosiy dastur boʻlgan. Shoirning u yoki bu masala boʻyicha pand-nasihatlari xuddi hikmatday jaranglaydi, xalq maqollariga oʻxshab ketadi — ularning badiiy yuksakligi va ma’rifiy ahamiyati ham shunda. Asar muallifining soʻnggi tahriridan oʻtgan va Tavgʻach Bugʻroxonga taqdim etilgan nusxasi nasriy (38 misra) va she’riy (77 bayt) muqaddima, kirish boblar (390 bayt), asosiy qism (68 bob, 5896 bayt), xotima (2 qasida va masnaviy bob) dan iborat. Jami 6520 bayt. «Qutadgʻu bilig» ning 3 qoʻlyozma nusxasi fanga maʻlum: ulardan biri uygʻur yozuvida koʻchirilgan boʻlib (1439, Hirot), Vena Saroy kutubxonasida saqlanadi; arab yozuvida koʻchirilgan 2 nusxadan biri Qohirada (1896-yil shu yerda topilgan), ikkinchisi (1913-yil Namangandan topilgan va 1925-yil Abdurauf Fitrat tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan) Toshkentda, OʻzFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Asarning ilk nashri H.Vamberi tomonidan amalga oshirilgan (1870). Shundan keyin bu asar V.Radlov (1890; 1910), S.Ye.Malov (1929; 1951), R.R.Arat (1942; 1943; 1947; 1959), Q.Karimov (1971), B.Toʻxliyev (1989), uygʻur olimlari (1984) tomonidan nashr etildi. Asar ingliz, nemis, fransuz, rus, chex, turk, uygʻur, xitoy va boshqa tillarga tarjima qilingan. Uni J.Amade, A.Fitrat, R.Arat, Ye.E.Bertels, H.Vamberi, V.Radlov, S.Malov, A.N. Kononov, S.N.Ivanov, D.Nasilov, A.Valitova, Gʻ.Abdurahmonov, Q.Karimov, B.Toʻxliyev, Q.Sodiqov va boshqa chet el va oʻzbek olimlari oʻrganganlar
.Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyatlari shundaki, undagi asarlar bolalarni olgʻa intilishga chaqiradi, hayotni chuqur sevishga yordam beradi. Chunki bolalar yozuvchisi dunyo voqealarini bolalar tasavvuri tushunchasini nazarda tutib tasvirlaydi. Shuning uchun bolalar oʻzi yoshiga mos boʻlgan kitoblarini oʻz dunyoqarashlaria sosida tanlab oʻqiydilar Xulosa qilib aytganda, bolalar kitobxonligida bolalar adabiyoti bolalarni maʻrifatga yetaklaydi. Chunki barcha davrlar bolalar adabiyotining taraqqiyot tamoyillari, avvalo, ma’rifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Shuning uchun bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi
Йўлдошев Қ. Адабиёт ўқитишнинг илмий-назарий асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – 192 б.

Кадиров В. Умумтаълим мактабларида мумтоз адабиёт намуналарини ўқитишнинг илмий-педагогик асослари: Пед. фанл. док-ри ...дисс. Наманган, 2019. – 260 б.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G'ulomova, Sh.Yo’ldosheva Onatili (darslik) MOLIYA- IQTISOD, Toshkent, 2007-yil. 81.633.1 0-56 y-6793(10 ta)

R.Ikromova, D.Muhamedova, M.HamrayevOna tilidan mashqlar to‘plami

(o'quvqo'llanma)TDPU, Toshkent, 2009-yil 81.633.1 И 37 921994 (60 ta)

ЖумабоевМ. Узбек болалар адабиёти (дарслик) -Т.: Ўқитувчи, 2002 83.8(5Уз)Ж92 923869(50)


1 Kalila va Dimna. S.G`aniyeva tarj. Toshkent, “O`zbekiston”, 1992. –B.38.

2 Bu haqda qarang: Gulxaniy. Zarbulmasal. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2009. –B.82.B. Qosimov. O‘zbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarixi. —Т.: «Fan va taxnologiya», 2008, 600 bet

3.B. Sarimsoqov, E. Ochilov. Hozirgi o’zbek she’riyatining taraqqiyot tamoyillari // O’zbek tili v a adabiyoti jurnali, 2007 yil, 3-son



4.N. Sharopova. Hozirgi o’zbek she’riyatida janriy izlanishlar tamoyili. «O’zbek tili va adabiyoti», 1996 yil, 5-son.
Yüklə 23,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə