Mavzu: Dialektika-rivojlanish haqidagi ta’limot Guruh: 7-20 Bajardi: Ilhomova J



Yüklə 42,44 Kb.
səhifə13/18
tarix05.08.2023
ölçüsü42,44 Kb.
#120344
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mavzu Dialektika-rivojlanish haqidagi ta’limot Guruh 7-20 Baja

Zaruriyat va tasodifning o’zaro ta’siri haqida gapirganda, bir-biridan alohida zaruriyatlar va tasodiflar sof shaklda mavjud emasligini ta’kidlash joiz. Zaruriyat asosiy g’oyalarni, obyektni rivojlantirish bo’yicha yo’nalish hisoblanadi. Tasodif zaruriyatning namoyon bo’lish shaklidir. U yoki bu voqea (yoki voqealar ketma-ketligi) – tasodifligiga qaramay, uning orqasida zaruriyat, qonuniyat turadi.

Imkoniyat va voqelik.

Imkoniyat va voqelik.

Imkoniyat – bu tasodifiy yoki zarur shart-sharoitlarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisa, mavjud shart-sharoitlarda mavjud bo’lgan yangilikning yuzaga kelishi uchun asos.

Voqelik – bu albatta mavjud bo’lgan narsa. Voqelik bu sodir etilgan, amalga oshirilgan imkoniyat.

Imkoniyat obyektiv shart-sharoitlar natijasida kelib chiqadi. Imkoniyatning voqelikka aylanishi ham subyektiv (insonlar) va ham obyektiv sabablarga bog’liq. Misol uchun, Rossiyada xudolar va kambag’allar o’rtasidagi farqni kamaytirish uchun imkoniyat bor. Bu imkoniyatni amalga oshirish va uni voqelikka aylantirsh ko’p omillarga bog’liq.

Imkoniyat har doim ham amalga oshmaydi. Misol uchun, Rossiyanin Buyuk Oktyabr inqilobidan so’ng, butun Yevropa inqilobiy harakatlar alangasi bilan qoplangan edi. Hatto Avstriya-Vengriya va Germaniyada inqiloblar bo’lib o’tdi, ammo, ular aksilinqilob zulmiga qarshi kurasholmadi. Natijada, birinchi Jahon urushidan keyin, inqilob faqat Rossiyada g’alaba qozondi.

Dialektikaning muqobillari.

Odatda rivojlanishning dialektikaga zid bo‘lgan yoki unga o‘xshamaydigan konsepsiyalari, bilish metodlari, dunyoni ma'naviy o‘zlashtirish usullari, ya'ni dialektikadan farq qiluvchi dunyoqarashga doir va metodologik mo‘ljallar nazarda tutiladi. Dialektikaning shunday muqobillaridan biri metafizika, sofistika, eklektika, sinergetika metodlaridir

Klassik dialektika

Klassik dialektikaning o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etib o‘tamiz. Birinchidan, klassik dialektika dunyoni tushunishning shunday bir usuliki, bunda borliq narsalar va hodisalarning umumiy o‘zaro aloqasi, ularning bir-birini taqozo etishi va muttasil o‘zgarishi nuqtai nazaridan anglab yetiladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, dialektika har qanday o‘zgarish, har qanday harakat nazariyasi emas, balki o‘zgarishlarning faqat bir shakli – rivojlanish nazariyasi hisoblanadi. Dialektika rivojlanishning teran, to‘laqonli va mazmunan boy nazariyasidir. U o‘zgarish holatida bo‘lmagan biron-bir narsa tabiatda ham, jamiyatda ham, tafakkurda ham mavjud emas, chunki barcha mavjud narsalar o‘z ichki ziddiyatlariga ega va ular bu narsalarni o‘zgarishga, yangi shakl-shamoyil kasb etishga, rivojlanishga majbur qiladi, deb o‘rgatadi.


Yüklə 42,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə