|
Mavzu: Dorivor o`simliklar hom ashyosini me`yoriy hujjat asosida qabul qilish va tahlil uchun xom-ashyo na`munasini olish qoidalari
|
səhifə | 7/12 | tarix | 30.12.2023 | ölçüsü | 40,07 Kb. | | #164159 |
| Dorivor o`simliklar hom ashyosini me`yoriy hujjat asosida qabul qilish va tahlil uchun xom-ashyo na`munasini olish qoidalariYomg‘ir yoki ertalabki shudring ko‘tarilmasdan oldin yig‘ilgan o‘simliklarni quritish qiyin, ular qurtilganida ham qorayib ketadi. Yig‘ilgan dorivor mahsulotlarni savatlarga bosib yoki bir epra uyub qo‘yib bo‘lmaydi, chunki namlik va issiqlik (qizish yoki quyosh harorati) ta’sirida o‘simlik to‘qimalarida chuqur biokimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi, organimzga ta’sir etuvchi kimyoviy birikmalar parchalanib ketib, dorivor mahsulot o‘z qimmatini yo‘qotadi. - Yomg‘ir yoki ertalabki shudring ko‘tarilmasdan oldin yig‘ilgan o‘simliklarni quritish qiyin, ular qurtilganida ham qorayib ketadi. Yig‘ilgan dorivor mahsulotlarni savatlarga bosib yoki bir epra uyub qo‘yib bo‘lmaydi, chunki namlik va issiqlik (qizish yoki quyosh harorati) ta’sirida o‘simlik to‘qimalarida chuqur biokimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi, organimzga ta’sir etuvchi kimyoviy birikmalar parchalanib ketib, dorivor mahsulot o‘z qimmatini yo‘qotadi.
DORIVOR MAHSULOTLARNI QURITISH - Tayyorlangan dorivor mahsulotlarni boshqa o‘simlik aralashmalari, loy, tuproq, qum va boshqalardan tozalangandan so‘ng tezda quritishga kirishiladi.
- Quritishning eng oddiy va oson usuli tabiiy sharoitda, ya’ni ochiq havoda quritishdir. Lekin o‘simliklarning er ustki qismlarini (po‘stloq, meva va urug‘laridan tashqari) ochiq havoda, quyoshda qurutib bo‘lmaydi. Aks holda o‘simlikning er ustki organlari hujayralaridagi yashil rang beruvchi xlorofill hamda gul qismlaridagi rang beruvchi pigmentlar parchalanib ketib, poya, barg va qisman gullar sarg‘ayib (ko‘pincha gullar rangsizlanib) qoladi. Xlorofill pigmenti parchalanishi bilan birga o‘simlik tarkibidagi boshqa kimyoviy birikmalar ham gidrolizlanishi mumkin. SHuning uchun ham odatda quyosh issig‘ida faqat er ostki organlar, po‘stloq, meva va urug‘lar quritiladi.
- O‘simlikning er ustki qismlari (poya, barg va gullar) maxsus qurilgan bostirma, shiypon yoki cherdaklarda quritiladi. Bu joylar toza va shamol o‘tib turadigan bo‘lishi kerak. Dorivor mahsulotlar maxsus ishlangan stelajlarga yupqa qilib yoyiladi.Meva quritiladigan quritgichlarni ham dorivor mahsulotlarni quritishga moslashtirish mumkin. Bundan tashqari, ho‘l mevalarni, masalan, chernika, malina, klyukvani rus pechida (non yopib bo‘lgandan so‘ng) quritsa ham bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|