Mavzu: Favqulotda vaziyatlarda xalq xo'jalik ob’ektlari ishining barqarorligini taminlash Reja



Yüklə 60,09 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü60,09 Kb.
#167403
  1   2
Favqulotda vaziyatlarda xalq xo\'jalik obyektlari ishining barqarorligini taminlash




Mavzu: Favqulotda vaziyatlarda xalq xo'jalik ob’ektlari ishining barqarorligini taminlash
Reja:
1. O`zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasining huquqiy asoslari.
2. O`zbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasining roli va vazifalari.
3. O`zbekiston Respublikasi Prizendintining va Vazirlar mahkamasining fuqaro muhofazasi to`g`risidagi qonun va farmonlari haqida ma’lumot.

Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishining qonuniy asosalrini O’z. Res. Prezidentining farmonlari. O’z.Res qonunlari, vazifalari mahkamasining qarorlari va favqulotda vaziyatlar vazirligining ko’rsatma va buyruqlari tashkil etadi.


Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishning mohiyati va asosi. Bizga ma’lumki, XX asrning 60 yillaridan fuqaro muhofazasi tizimi faoliyat ko’rsatib kelgan. Uning asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush davrida, urush sharoitida mamalkat aholisini yalpi qig’rin qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush sharoitida mamalakat aholisini xalq xo’jaligi obyektlarining barqaroro ishlashini ta’minlash hamda falokat o’choqlarida qutqarish va tiklash ishlarini o’z vaqtida samarali amalga oshirishdan iborat edi.
”Favqulodda vaziyatlarda” fuqaro muhofazasi
Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidag vazifalari va ahamiyati.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qonuniy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Favqulodda vaziyatlar vazirining ko‘rsatma va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlari tashkil etadi.
Bizga ma’lumki, XX asrning 60-yillaridan fuqaro mudofaasi tizimi faoliyat ko‘rsatib kelgan. Uning asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush sharoitida mamlakat aholisini yalpi qirg‘in qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush sharoitida iqtisodiyot bo’ektlarining barqarorligini ta’minlash hamda halokat o‘choqlarida qutqarish va tiklash ishlarini o‘z vaqtida samarali amalga oshirishdan iborat edi.
Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg‘in qurollari emas, balki boshqa xavf-xatarlar ham tahdid solib turadiki, ularni aslo nazardan chetda qoldirish mumkin emas. Bular turli tabiiy ofatlar, avariya, halokatlardir. Sodir bo‘lib o‘tgan bir nechta halokatlar (CHernobil atom elektr stansiyasidagi avariya, 25 000 odamning yostig‘ini quritgan Spitak zilzilasi va boshq.) fuqaro mudofaasining o‘rni va vazifalariga boshqacha ko‘z bilan qarash kerak ekanligini ko‘rsatib berdi. Fuqaro mudofaasi qo‘shinlari bunday yirik ko‘lamdagi ofatlarga qarshi kurashishga tayyor emas ekanligi, fuqaro mudofaasi vazifalari faqatgina harbiy davr chegarasida qolishligi mumkin emasligi, ular oldiga qo‘yilgan vazifalar ko‘lamini kengaytirish lozimligi ayon bo‘lib qoldi.
90-yillarga kelib yadro urushi xavfi kamaydi, biologik qurollardan foydalanish cheklab qo‘yildi, yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf etildiki, ular odamlar uchun xavfli bo‘lmay, balki iqtisodiyot ob’ektlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. Bularning hammasi fuqaro mudofaasi tizimi o‘rnida yangi tizim tashkil etilishi lozimligini isbotlab berdi.
SHu o‘rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to‘g‘ri keladi. Favqulodda vaziyatning o‘zi nima, undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani ko‘zda tutish lozim?
Favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.
Vatanimiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o‘rindadir. Asosiy Qomusimiz bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, yashashga bo‘lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi.
O‘zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiya) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekistoan Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O‘zbekitson Respublikasi Oliy Majlisining tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi.
Oliy majlisning vakolatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng tashkil etilgan Favquolodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri favqulodda vaziyatlarda aholi hayoti va sog‘ligini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat. Bu vazifani samarali tashkil etish uchun muhofazaning qonuniy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, muhandislik texnik, maxsus asoslariga ega bo‘lishimiz zarur.
Har bir rahbar, har bir favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining xodimi texnogen, tabiiy va ekologik favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtda vaziyatga baho berishni, tezlik bilan tegishli qarorlar qabul qilishni, qidiruv-qutqaruv va shoshilinch ishlarni o‘tkazishda boshqaruvni amalga oshirish yo‘llarini bilishi va bu borada yuqori malakaga ega bo‘lmog‘i kerak.Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishining qonuniy asosalrini O’z. Res. Prezidentining farmonlari. O’z.Res qonunlari, vazifalari mahkamasining qarorlari va favqulotda vaziyatlar vazirligining ko’rsatma va buyruqlari tashkil etadi.
Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishning mohiyati va asosi. Bizga ma’lumki, XX asrning 60 yillaridan fuqaro muhofazasi tizimi faoliyat ko’rsatib kelgan. Uning asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush davrida, urush sharoitida mamalkat aholisini yalpi qig’rin qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush sharoitida mamalakat aholisini xalq xo’jaligi obyektlarining barqaroro ishlashini ta’minlash hamda falokat o’choqlarida qutqarish va tiklash ishlarini o’z vaqtida samarali amalga oshirishdan iborat edi.
Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg’in qurollari emas, balki boshqa xavf xatarlar ham tahdid solib turadiki, ularni nazardan chetga qochirish also mumkin emas. Ular turli tabbiiy ofatlar, avariyalar, halokatlardir. Sodir bo’lib o’tgan bir nechta halokatlar (masalan Chernobil atom ekeltr stansiyasidagi avariya 25000 odamning yostig’ini quritgan, Spitak zilzilasi va boshqalar). Fuqaro muhofazasining o’rni va vazifalariga boshqacha ko’z bilan qarash kerak ekanligini ko’rsatib berdi. Fuqaro mudofaasi qo’shinlari bunday yirik ko’lamdagi ofatlarga qarshi kurashishga tayyor emas ekanligi, fuqaro mudofaasi vazifalari faqatgina harbiy davr chegarasida qolishligi mumkin emasligi, ular oldiga qo’yilgan vazifalar ko’lamini kengaytirish lozimligi ayon bo’lib qoldi. Endilikda fuqaro mudofaasi uchun avariya halokat va tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, avariya qutqaruv ishlarini olib borish bilan birga sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarni bashorat qilish vazifasi yetakchi rol o’ynashi lozim edi.
1990 – yillarda kelib yadro urushi xavfi kamayadi, biologik qurollardan foydalanish cheklab qo’yildi, yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf qilindiki, ular odamlar uchun xavfli bo’lmay, balki xalq xo’jaligi obyektlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. Bular hammasi fuqaro mudofaasi tizimi o’rnida yangi bir tizim tashkil qilishi lozimligini isbotlab berdi.
Statistik ma’lumotlarga nazar tashlasak, 1960 – yillarda yer yuzi aholisining 1,6% (har 62 kishidan biri) tabiiy ofat, avariya, falokatlardan jabrlanganligi, 1990 –yillarga kelib esa bu ko’rsatkich 3,5% (har 29 kishidan biri) ni tashkil etganligini ko’ramiz. Bu esa o’z navbatida yuqoridagi fikrlarni to’g’ri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Fuqaro mudofaasi o’rnini bo’lishi mumkin bo’lgan yirik ko’lamdagi favqulotda vaziyatlarga avvaldan tayyorgarlikni ta’minlovchi yangi maxsus davlat tizimi egalashi, bu tinchlik hamda urush davrida aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish lozim edi. Bu tizim aholini favqulotda vaziyatlarda muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini o’tkazibgina qolmay, boshqa muhim tadbirlarni xavfli huduhlarni xaritalashtirish, seysmik mustahkam bino va inshootlarni ko’rish, qisqa, o’rta va uzoq muddatli bashoratlash ishlarini tashkil qilish va aholi tayyorgarligini amalgam oshirishi lozim edi.
Shu o’rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to’g’ri keladi. Favqulotda vaziyatning o’zi nimaq Undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani ko’zda tutishimiz lozimq
Favqulotda vaziyat - odamlar qurbon bo’lishi, ularning sog’ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishiga mumkin bo’lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.
Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatalardan muhofaza qilish favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari, tizimi, say-harakatlari majmui.
Favqulotda vaziyatlarning oldini olish, oldinda o’tkazilib, favqulotda vaziyatlar ro’y berishi, xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro’y bergan taqdirda esa odamlar sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitiga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi.
Favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish-favqulotda vaziyatlar ro’y berganda o’tkazilib, odamlar hayoti va sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulotda vaziyatlar ro’y bergan zonalarni olib, xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlar kompleksi.
Aholi va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo’yilgan dadil qadamlardan biri-avval mudofaa vazirligi qoshida fuqaro mudofaasi va favqulotda vaziyatlar boshqarmasining, so’ngra esa, shu boshqarma negizida O’z.R Prezidentining 1996 - yil 4 - martdagi PF -1378 farmoni bilan favqulotda vaziyatlar vazirligining tashkil etilishi bo’ldi.
Farmon bilan favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarini muhofaza qilish shuningdek tinchlik va xarbiy davrda favqulotda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazirlikni asosiy vazifalaridan biri deb belgilanadi.
Aholi va xalq xo’jaligi obeklarini muhofaza etishni taminlashga raxbarlik qilish Respublikada O’z.R bosh vazirining 1 - o’rinbosari favqulotda vaziyatlar vaziriga yuklatildi. Farmonning ushbu bandiga O’z.R. Prezidentining 1998 - yil 11- dekabrdagi FV 2153 - farmoni bilan o’zgartirish kiritilib O’z.R. aholi va xalq xo’jaligi obektlarini muhofaza etishni ta’minlashga raxbar etib O’z.R. bosh vaziri belgilandi.
Favqulotdda vaziyatlardan muhofaza qilish soxasidagi Uz. R. qonunlari.
Vatanimiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o’rindadir. Asosiy qomusimiz bo’lgan O’z.R. konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadr-qimmati salomatligi tashkil etadi. Insonning xayoti yashashga bo’lgan xuquqi konstitutsiya bilan muhofaza qiladi. Asosiy qomusimizda xavfsizlik fuqorolar muhofazasi masalalariga ham o’rin berilgan. O’z.R. Prezidenti konstitutsiyasining 93- moddasida shunday deyiladi: O’z.R.Prezidenti favqulotdda vaziyatlar ( real tashqi xalq, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat,epedemiya) yuz bergan taqtirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko’zlab O’z.R.ning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulondda holat joriy etadi, qabul qilingan qarorini 3 kun mobaynida O’z. R.Oliy majlisining tastig’iga kiritiladi. Favqulotdda holat joriy etish shartlari va qonun bilan belgilanadi.
Oliy majlisning vakolatlariga O’z R. Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulotda holat joriy etish va uning muddatini uzaytirish,va to’xtatish to’g’risidagi farmonlarni tasdiqlash kiradi. So’ngi yillarda oily majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini kafolatlovchi fuqarolar mas’ulyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zamini belgilovchi bir nechta qonunlar qabul qilindi. “Yo’l harakati xafsizligi to’g’risidagi”, “Gidrotexnika inshootlarining xafsizligi to’g’risida”, “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning oldini olish to’g’risida“, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogin xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”, “Fuqoro muhofazasi to’g’risida“, “Qishloq xo’jalik o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilish to’g’risida”, “Radiatsiyon xavfsizlik to’g’risida“, “Terrorizimga qarshi kurash to’g’risida “gi qonunlar shular jumlasidandir. Yuqorida sanab o’tilgan qonunlar ichida 1999 – yil 20 – avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish to‘g‘risida” gi qonun favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi asosiy hujjatlardan biri hisoblaniladi.
Ushbu qonun aholi va hududlarni tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek favqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararni kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi ham amalga oshiradi;
Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlarda muhofaza qilish sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi;
O’z vakolati doirasi vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqorolar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qilinadi;
Boshqaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarning favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo’lishini tashkil etadi,
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshqaruvni amalga oshiradi, boshqaruv punktlarilari xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi;
Favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib
bo’lmaydigan boshqa ishlar o’tkazilishini tashkil etadi;
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlar bo’yicha loyihalar va qarorlar yuzasidan davlat ekspertizasi o’tkazilishida ishtirok etadi;
Qonun hujjatlariga muofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Muammoning muhimligiga Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ham e’tibor berib shunday yozadilar: «O’zbekiston seysmik jihatdan faol zonada joylashgan bo’lib, tabiiy falokatlarning achchik oqibatlarini bir necha bor boshdan kechirgan. Shu sababli olib borilayotgan tadqiqotlarning yetakchi yo’nalishlaridan biri seysmologiya va inshootlarning zilzilaga bardoshligi bo’yicha nazariy va amaliy ishlar hisoblanadi. Shu maqsadda zilzilaning paydo bo’lishi, tarixi va xozirgi vaqtdagi geografik o’rni to’g’risida batafsil ma’lumot beramiz.
Avvalo, zilzilaning hosil bo’lish sabablari turlicha bo’lib, hozirgi vaqtda mukammal o’rganilgan bo’lishiga qaramay, zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti qachon, qayerda, qanday kuchlanishda yer silkinishi bo’ladi degan savolga hamon to’liq javob berolmayapti. Muammoning o’ziga xos ob’ektiv sir-sinoati va hali mavhum tomonlari mavjud. O’ylaymizki, bu savollarga XXI asrda albatta, javob topiladi.
Ilmiy ma’lumotlarga asoslanadigan bo’lsak, seysmik faollik kuzatiladigan joylarda zilzilalar ma’lum qonuniyat asosida bo’lib, o’z davriyligiga ega ekanligiga amin bo’lamiz. Masalan, Vatanimiz hududida Burchmulla – 1959-yil, Toshkent -1966-yil 26-aprel, Gazli- 1976-yil, Nazarbek - 1986-yil, v.b. Ayniqsa, Toshkent zilzilasining daxshati hali ko’pchilik aholining yodidan ko’tarilgani yo’q.
Bir necha daqiqada shaharni chang-tuzon bosib, ko’pgina xalq xo’jaligi ob’ektlari, turar-joy maskanlari vayronaga aylandi. O’sha vaqtdagi aniq asboblar tabiiy ofatning kuchini Rixter shkalasi bo’yicha 8 ball, magnitudasi 5,3; zilzila uchog’i Yer yuzasidan 8000 metr chuqurlikda ekanligini ko’rsatdi.
Toshkent zilzilasigacha va undan so’ng respublikamizning turli burchaklarida xar xil kuchga ega bo’lgan zilzilalar sodir bo’lgan va bo’lmoqda.
Zilzilalarni o’rganishga, sir-sinoatlarini yechishga umrini baxshida qilgan olim, akademik B.Golitsin «Zilzilalar yer bag`rini bir lahza yorituvchi chiroqqa o`xshaydi», deb bejiz ta’kidlamagan.
Shubhasiz, zilzilalar qanchalik daxshatli bo’lmasin ular zaminimizning ayrim jumboqlarini yechishga, ilm-fan ravnaqiga katta hissa qo’shadi. Binobarin, zilzilalarni xavfsiz hayot kechirishimizda, ulardan keladigan zararni kamaytirish bo’yicha doimo xushyorlikka chorlovchi tabiiy qo’ng’iroqlar deb qarash mumkin. 
Yer silkinishlar va uning oqibatlari.
Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va daxshatlisi bu-yer silkinishidir. Yer sikinishi-yer osti zarbasi va yer ustki qatlamining tebranishi bo`lib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli yuzaga keladi. Yer ostki zarbasining paydo bo`lish uchog`i, yerning ostki qatlamidagi uzoq vaqt yigilib qolgan energiyaning yuzaga otilib chiqish jarayoni tufayli yuzaga keladi. Uchoqning ichki qismi markazi gipotsentr deyiladi, yerning ustki kismidagi markazi epitsentr deyiladi.
Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- Tektonik zilzilalar;
- Vulqon zilzilalari;
- Ag`darilish, o’pirilish zilzilalari;
- Texnogen (insonning muhandislik faoliyati bilan bog`lik) zilzilalar.
Yuqorida qayd etilgan yer silkinishi turlari ichida katta maydonga tarqaladigan va eng ko’p talofat keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera o’ramlarida bo’ladigan harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi.
Qiya sathlarida tog jinslarining katta bo’laklarini ag`darilishi, yoki tog`larning o’pirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar ag`darilish zilzilalari deyiladi. Bu yer silkinishning tarqalish maydoni kichik, ko’p hollarda talofotsiz bo’ladi.
Vulqon jarayoni, ya’ni yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bog`liq bo’lgan yer silinishiga vulqonli yer silkinishi deyiladi. Bunday yer silkinishi vulqonning faollanishi bilan bog`liq bo’lganligi sababli aksariyat ko’p hollarda ular aniq bashorat qilinadi. Shuning uchun uning keltiradigan talofati deyarli kuchli bo’lmaydi.
Insonning muhandislik faoliyati bilan bog`liq bo’lgan yer silkinishlari asosan oxirgi yillarda hisobga olinmoqda. Bunday yer silkinish yirik suv omborlari vujudga kelgan hududlarda, gaz, neft mahsulotlarining yer ostidan surib olinishi jarayoni amalga oshirilgan maydonlarda yuz bermoqda. Inson o’zining muhandislik faoliyati bilan yer osti kompenentlari gap muayyan ta’sir etishi, u yoki bu darajada o’zgartirishi yer silkinishining vujudga kelishiga sabab bo’lmoqda.
Daryo vodiylariga tug`onlarning qurilishi natijasida maydonni bir necha ming km, kvadrat hajmi bir necha yuz km, kubdan katta bo’lgan (masalan, Chorvoq suv omborining umumiy hajmi 2,1mld. M.kub, suv sathi maydoni 3640 ga teng) suv omborlari vujudga kelmoqda. Yer ka’rida 4000-5000 m chukurlikda yotgan gaz, neft yer sathiga surib chiqarilmoqda, yer ostida uzoq geologik davrlar mobaynida yotgan ko’mir ana shu yer qa’rida yondirilib gazga aylantirib olinmoqda. Vaqtincha saqlash maqsadida ba’zan yer osti g`orlariga, handaklariga va tog` jinslari g`ovaklariga gaz, neft mahsulotlari yuqori bosim ostida kiritilmoqda, juda katta miqdordagi mineral suvlar yer ostidan chiqarib olinmoqda. Yer ka’rining odamlar ta’sir etish joylarida yig`ilayotgan energiya miqdorining u yoki bu darajada oshishi yoki kamayishi oqibatida sodir bo’lgan yer silkinishlari Hindiston, AQSh, O’zbekistonda kuzatilganligi fandan ma’lum. Jumladan, Chorvoq suv ombori qurilib bo’lingandan keyin bu hududda bir necha marta yer silkinishlar bo’lib o’tgan. 
Tekshirishlarning ko’rsatishicha, bu yer silkinishlar o’zlarining tayyorlanish, sodir bo’lish mexanizmlari bilan Chorvoq suv omboriga yig`ilgan suvning miqdori va yig`ilgan suvni suv omboridan chiqarilish tezligi bilan bog`liq holda yuz berishi kuzatilgan. Bunga birinchidan, suv omborining 2,1 mld.m kubdan ortiq suv bilan to’latilishi jarayonida, ombor tubida yotuvchi tog jinslarining siqilishi va taranglanishi oqibatida yuz beradigan mikrosiniqlar, darz ketishlar va ularning nisbiy harakati sabab bo’lsa, ikkinchidan, suvni suv omboridan bir me’yorida chiqarilmasligi va tog` jinslariga ta’sir qiluvchi kuchlarning nomutanosib holatda bo’shatilishi, o’zgarishi sabab bo’lgan.
Respublikamizning g`arbiy hududida 1976, 1984-yillarda yuz bergan 8-10 balli Gazlidagi yer silkinishlarini ba’zi olimlar ana shu hududdagi mavjud gaz konlari va ulardan gazni so’rib olish jarayoni bilan bog’lashadi.

1976- yildagi Gazli yer silkinishining gipotsentri (zilzila uchog`i, litosferaning ma’lum chuqurlikdagi tog` jinslari qatlamlarining uzilishi, surilish joyi) yer qobig`ining 5-25 km chuqur oralig`ida, 1984-yilgi yer silkinishida esa 50-200 km oralig`ida joylashgan. Yer silkinish hodisasini vujudga keltiruvchi energiyaning yig’ilishi, sarflanish darajasi silkinish hududlaridan surib olingan gazning miqdori, yer qa’ri tog` jinsi qatlamlariga tushayotgan tabiiy bosimning mutanosibligini ma’lum darajada buzilganligi oqibati zilzilaning sodir bo’lish vaqtini tezlashtiradi.


Zilzila turlaridan eng xavflisi (talafotlisi) tektonik zilzila hisoblanadi. Ma’lumki, har yili planetamizda 100 000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar (seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia bo’lib, imorat va inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo bo’lishiga, ming-minglab insonlar yostig`ining qurishiga olib keladi.
Yer silkinish uchog`i gipotsentrning joylashgan chuqurligi bo’yicha: yuza - 70 km.gacha, o’rta - 70-300 km va chuqur - 300 km.dan pastda mantiya qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin. Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning o’chog`i asosan 70 km.gacha chuqurliklarda joylashganligi qayd etilgan.
Mantiyadagi katta bosim yoki portlashlar tufayli zilzila uchog`i vujudga keladi, natijada katta kuchlanishlar paydo bo’ladi, bular o’z navbatida yerning ustki qatlamlarini tebranishiga olib keladi. Gipotsentrdan hamma tarafga, qaytar seysmik to’lqinlar tarqaladi, ular asosan uzunasiga va ko’ndalang turlariga bo’linadi.
Yer ostidan uzunasiga tarqalayotgan (vertikal tarzda) to’lqinlar o`z yo’nalishi bo’yicha navbatma-navbat yer po’stlog`ining siqib, yer yuzasiga chiqqanda tovush chiqaradi. Bu esa yer silkinishi oldindan chiqadigan tovushning o’zginasidir. Ko’ndalang to’lqinlar (gorizontal) yer yuzasiga chiqib, zilzila to’lqinlarini vujudga keltiradi va epitsentrdan barcha taraflarga tarqaladi.
Kuchli yer silkinishi oqibatida yerning yaxlitligi, butunligi o’zgaradi, inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal-energetik kismlar ishdan chiqish, insonlar o’limi yuz beradi.
Yer silkinishi ko’pchilik hollarda ma’lum intensivlikda chiqadigan tovush yuz beradi va uning past-balandligi yer qimirlashning kuchiga bog`liq. Yer qimirlashning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: yer silkinish o`chog`ining chuqurligi, silkinish amplitudasi va yer silkinishining intensiv energiyasi.
Zilzilaning kuchini baholash.
Insoniyat o’zining butun tarixiy taraqqiyoti mobayinida ko`p yer silkinishlarni boshidan kechirgan, uning ayanchli oqibatlarining guvohi bo’lgan. O`tgan XX asrda eng kuchli yer silkinishlar quyidagi joylarda kuzatilgan:
- 1920-yilda Xitoyda-180 ming.
- 1923-yilda Yaponiyada-100 ming.
- 1948-yilda Ashxabodda-110 ming.
- 1960-yilda Marokkoda-12 ming.
- 1968-yilda Eronda-12 ming.
- 1970-yilda Peruda-66 ming.
- 1988-yilda Armanistonda-25 ming.
- 1990-yilda Tayvanda (o’lganlar soni aniq emas) 
- 1999-yilda Turkiyada –18 ming odam halok bo’lgan.
Bizning asrimizda esa 2001-yilda Hindistonda 7,9 ball kuch bilan yer silkinib, unda 30 mingdan ortiq odam nobud bo’lgan va yuz mingdan ortiq insonlar boshpanasiz qolganlar.
Uzoq tarixiy saboq, ya’ni yer silkinishi kishilarni ruhiy holatiga bo’lgan ta’siri, imorat va inshootlarning buzilishi, vayron qilinishi, yer yuzasida vujudga kelgan o’zgarishlar (yer sathida yoriqlar va buloqlarning paydo bo’lishi) yuz bergan hodisalarning kuchini baholashga o’rgatgan. Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo bo’lgan.

Yüklə 60,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə