Mavzu: fayllar bilan ishlash dars shakli: amaliy


Fayli to'lqi o'qish uchun quyidagi kodni yozamiz



Yüklə 45,01 Kb.
səhifə2/6
tarix09.10.2023
ölçüsü45,01 Kb.
#126459
1   2   3   4   5   6
Fayllar python (2)

Fayli to'lqi o'qish uchun quyidagi kodni yozamiz:
with open('pi.txt') as alisher:
pi = alisher.read()
print(pi)

Kodni tahlil qilamiz:



  • Birinchi qatorda open() funksiyasi yordamida faylni ochayapmiz. Bunda funksiyaga argument sifatida fayl nomini berayapmiz. Bu yerda biz ochayotgan fayl va dasturimiz bir papkada bo'lishi muhim.

  • open() funksiyasi faylni obyekt sifatida qaytaradi, as operatori yordamida esa biz obyektimizga fayl deb nom berayapmiz.

  • Ikkinchi qatorda .read() metodi yordamida fayl obyektining tarkibidan bizga kerakli matnni olib, yangi, PI o'zgaruvchisiga yuklayabmiz.

  • with operatorining vazifasi biz fayl bilan ishlab bo'lganimizdan so'ng faylni yopish. Yuqoridagi misolda, 2-qatordan so'ng Python zudlik bilan faylni yopadi.

Yuqorida ko'rgan usulimiz fayl bilan ishlashning eng xavfsiz usuli. Aslida biz fayllarni to'g'ridan-to'g'ri fayl=open('pi.txt') yordamida ochishimiz, fayl bilan ishlab bo'lgandan so'ng esa fayl.close() komandasi yordamida faylni yopishimiz ham mumkin edi:
fayl = open('pi.txt')
PI = fayl.read()
print(pi)
fayl.close()
Lekin, bu usul xavfli hisoblanadi va tavsiya qilinmaydi. Gap shundaki, open() funksiyasi yordamida faylni ochganimizdan keyin, toki close() metodini chaqirgunga qadar faylimiz ochiq holatda turadi. Agar, faylni vaqtida yopmasak, yoki fayl yopilmasidan avval dasturimiz to'xtab qolsa fayl tarkibiga ziyon yetishi, ma'lumotlar yo'qotilishi mumkin. Misol uchun, boshqa dasturlarda ham (masalan Microsoft Word) faylni yopmasdan oldin kompyuteringiz o'chib qolsa, yoki dastur behosdan yopilib ketsa faylingizga ziyon yetkani kabi.
Shuning uchun open() funksiyasiga with orqali murojat qilganimizda, faylimiz with blokining oxirigacha ochiq turadi, va with tugashi bilan, fayl ham yopiladi. Demak fayl ustidagi amallarni biz with bloki ichida bajarib olishimiz kerak.
Keling endi pi ning qiymatini konsilga chiqaramiz:
>>> print(pi)
3.1415926535
8979323846
2643383279
Matn faylda qanday saqlangan bo'lsa, huddi shu ko'rinishda konsolga chiqdi. Saqlangan ma'lumot son bo'lsada, fayldan o'qiganimizda qaytgan qiymat matn ko'rinishida bo'ladi. Matnni songa o'tkazish uchun, unga biroz ishlov beramiz:
pi = pi.rstrip() # qator ohiridagi bo'shliqlarni olib tashlaymiz
pi = pi.replace('\n','') # qator tashlash belgisini almashtiramiz
pi = float(pi) # matnni float (o'nlik) songa o'tkazamiz
print(pi)

integer, float, real, double


Natija: 3.141592653589793



Yüklə 45,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə