Mavzu: firma nazariyasi


Firmaning ichki tuzilmasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə3/3
tarix20.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128456
1   2   3
Boyto`rayev Umid Firma Nazariyasi

3. Firmaning ichki tuzilmasi
    • Prinsipal-agent» muammosi hal etilishi muqobil modellardagi tashkilotning ichki tuzilishi asosida yotadi. Firma ichki tuzilishining quyidagi to‘rtta varianti keng tarqalgan:
      • Unitar
      • (U-tizimli)
      • Xolding
      • (X-tizumli)
      • Multidvizional
      • (M-tizimi)
      • Aralash
      • (A-tizimli).
    • 1
    • Unitar tuzilma - hukmronlik munosabatlarining eng yuqori darajada markazlashuvini nazarda tutadi. Barcha asosiy qarorlar «prinsipal» tomonidan qabul qilinadi, uning o‘zi nazoratni ham amalga oshiradi.
    • Barcha asosiy qarorlar «prinsipal» tomonidan qabul qilinadi, uning o‘zi nazoratni ham amalga oshiradi. Agar «agentlar» faoliyatini nazorat qilish huquqi boshqalarga o‘tkazilsa, u holda funksional belgi bo‘yicha – funksional bo‘linmalar boshliqlariga: sotish bo‘limi boshlig‘i, bosh muhandis, bosh buxgalter va h.k.ga beriladi.
    • Shunday qilib, funksional bo‘linmalar rahbarlari bir vaqtning o‘zida firma rahbariyatiga nisbatan «agentlar», bo‘lib topshiriqlarning bevosita ijrochilariga nisbatan esa - «prinsipal» hisoblanadi.
    • 2
    • Xolding tuzilmasi qarorlar qabul qilish va «agentlar» harakatlari ustidan nazorat qilish jarayonini imkon qadar markazlashgan tizimdan chiqarishni o‘zida namoyon etadi.
    • Amalda «prinsipal» faqat moliyaviy oqimlarni va «agentlar» faoliyatining moliyaviy natijalarini nazorat qilish vakolatini o‘zida saqlab qoladi. «Agentlar» barcha qarorlarni qabul qilishda chetda qoladi, foydani taqsimlash to‘g‘risidagi qaror bundan mustasno. Boshqacha aytganda, «prinsipal» «agentlar» faoliyatini bevosita emas, balki «agentlar» musobaqasini tashkil etish orqali nazorat qiladi.
    • Xolding tuzilmasi hatto bir firmaning bo‘linmalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatni ham istisno etmaydi. Ta’kidlash lozimki, xolding bo‘linmalari darajasida «prinsipal» (bir vaqtning o‘zida firma rahbariyati uchun «agent» hisoblangan bo‘linma boshlig‘i) va «agent» o‘rtasidagi munosabatlarning unitar xilini ham uchratish mumkin.
    • 3
    • Multidivizional tuzilma – mahsulotning xili, savdo markasiga qarab yoki jug‘rofiy belgi bo‘yicha o‘z xarajatini qoplash va o‘zini o‘zi moliyalash tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatuvchi yarim tobiy ishlab chiqarish bo‘linmalarini tashkil etishni nazarda tutadi.
    • Multidivizional tuzilma. XX asrning eng ahamiyatli tashkiliy-boshqaruv innovatsiyasi bo‘lib 20-yillarda Per Dyupon («Du Pont» rahbari) va Alfred Sloun («General Motors» rahbari) tomonidan multidivizional tuzilmaning tashkil etilishi hisoblanadi.
    • Multidivizional tuzilma unitar va xolding tuzilmalarining o‘ziga xos sintezi hisoblanadi. Haqiqatdan ham, unda (masalan, yangi mahsulot ishlab chiqarish to‘g‘risida) strategik qarorlarni qabul qilishning markazlashtirish tamoyili saqlanib qolgan va ayni paytda tezkor nazorat va boshqaruv markazlashmagan.
    • 4
    • Aralash tuzilma, agar bo‘linmalardan biri huddi unitar korxonadagi kabi firma rahbariyati tomonidan to‘liq nazorat qilinsa, ikkinchi bo‘linma xoldingdagi kabi firma rahbariyatiga moliyaviy jihatdan qaram bo‘lsa, uchinchi bo‘linma esa operatsion mustaqillikka ega bo‘lib, multidivizional tuzilmadagi kabi o‘z xarajatini qoplash tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatgan taqdirda, yuzaga keladi.
    • Shu tariqa divizionlar («agentlar»)ning o‘z moliyaviy xarajatini qoplash tamoyili ularga o‘z faoliyatidan olinadigan daromadlarda ishtirok etish imkonini beradi, lekin firma rahbariyati («prinsipal») bunda firmaning maqsadlari va vazifalariga muvofiq bo‘linmalar foydasining bir qismini qayta taqsimlash huquqini saqlab qoladi. Sanoat klasterlari va transmilliy kompaniyalar multidivizional tuzilma tamoyillarini amalda qo‘llovchi korxonalarga misol bo‘ladi.

    E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


    Yüklə 2,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə