Mavzu: Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar Reja



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə13/17
tarix11.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#148145
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Futbolni o’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar

11-rasm. Son bilan to‘p to‘xtatish.
Oyoq yuzining ichki qismi bilan to‘p o‘tkazish. Bu usul bilan ko‘pincha yon tomonga yoki orqaga to‘p o‘tkaziladi. Dastlabki holat – tushib kelayotgan to‘p tomonga yarim burilib turish. To‘pga yaqinroq turgan to‘xtatuvchi oyoq tizzadan sal bukilgan bo‘lib, yon tomonga, to‘p qarshisiga uzatiladi. To‘p yaqinlasha boshlaganda oyoq uning ketadigan harakat qilaveradi. To‘p erdan sapchish paytida unga etib olib, oyoq kafti bilan bosib tushish kerak.
Kokrak bilan to‘pni toxtatish. Bunda ham to‘pni to‘xtatish amortizatsiya va so‘ndiruvchi harakatga asoslangan bo‘ladi. Harakat tuzulishining uch fazali ekani ko‘krak bilan to‘p to‘xtatishga xos xususiyatdir (12-rasm).

12-rasm. Kokrak bilan to‘pni to‘xtatish.
Tayyorlov fazasida to‘pni to‘xtatish uchun qulay holatda mana bunday turib olinadi: futbolchi to‘p tomonga qarab oladi; oyoqlar kerilgan yoki kichikroq qadam (50-70sm) kengligida ochilgan holda turiladi; ko‘krak sal oldinga olingan, qo‘llar tirsagi sal bukilgan, past tushirilgan. Ishchi faza o‘ndiruvchi harakat bilan xarakterlanadi.To‘p yaqinlashib kelganda gavda orqaga tortilib, elka bilan ikki qo‘l oldinga chiqariladi. Yakunlovchi fazada og‘irlik markazi o‘qi to‘p bilan harakat qilish mo‘ljallangan tomonga o‘tkaziladi. Ko‘krak balandligi uchib kelayotgan hamda turli traektoriyada pastga tushib kelayotgan to‘plarnigina ko‘krak bilan to‘xtatsa bo‘ladi. Turli traektoriyada uchib kelayotgan to‘plarni to‘xtatishda harakat mexanizmi asosan bir xil bo‘lib, ayrim detallaridagina farq bor.
Ko‘krak balandligida kelayotgan to‘pni to‘xtatishda o‘yinchi oyoqlarini kichikroq qadam kengligida ochib, to‘ppa-to‘g‘ri tik turadi, gavdaning og‘irligi oldinda turgan oyoqqa tushadi. So‘ndiruvchi harakat qilganda gavda og‘irligi orqadagi oyoqqa o‘tkaziladi. Pastga tushayotgan to‘pni to‘xtatishda gavda orqaga tortiladi. Og‘ish burchagi to‘pning uchish traektoriyasiga bog‘liq (ko‘krak tushib kelayotgan to‘pga nisbatan to‘g‘ri burchak hosil qilish kerak).
Ko‘krak bilan to‘p to‘xtatishdagi amortizatsiyasini juda aniq mo‘ljallay bilish hamda so‘ndiruvchi harakatni o‘z vaqtida bajarish lozim.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə