Mavzu: Global informatsion texnalogik revolyutsiyasini chuqurlashuvi bajardi: Sag`dullayev. N rahbari: Samarqand 2023 Reja: Kirish. I bob. Asosiy qisim


Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi



Yüklə 74,51 Kb.
səhifə11/18
tarix30.12.2023
ölçüsü74,51 Kb.
#166107
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Mavzu Global informatsion texnalogik revolyutsiyasini chuqurlas-fayllar.org

Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi – o‘quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro rivojlanishlari, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ifodalovchi ta’lim bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini jamoada, kichik guruhlarda yoki juftlikda birgalikda, o‘zaro hamkorlikda bajarish sanaladi. Shuningdek, bu texnologiyaning asosiy g‘oyasi – biror – bir topshiriqni birgalikda bajarish emas, balki hamkorlikda o‘qish, o‘rganish, hisoblanadi. Hamkorlikda o‘qitish o‘quvchida ongli intizomni tarbiyalaydi, o‘z muvaffaqiyatini guruh muvaffaqiyati deb bilishga, topshiriqlarni hamguruhlari bilan puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib, o‘zaro yordam uyushtirishga va nihoyat sitqidildan aqliy mehnat bilan shug‘ullanishiga zamin tayyorlab, o‘z safdoshlarini hamjihatlikda, hamkorlikda ishlashga da’vat etishga o‘rgatadi.
O‘yinli ta’lim texnologiyasi. O‘yin inson faoliyatining bir turi bo‘lib, ta’lim jarayonini turli vaziyatlarda obyekt tomonidan turli harakatlarni bajarish orqali ko‘nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida qo‘llaniladi. O‘yinning kompyuterli, sport, iqtisodiy, harbiy, ishbilarmonlik tadbirkorlik kabi turlarga ajratilib bevosita ta’lim jarayonida foydalanish mumkin. Informatika fanlarini o‘qitishda o‘yinli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga misol qilib biz, kompyuterning asosiy va qo‘shicha qurilmalari mavzusini tushuntirish jarayonida turli toifa(versiya)dagi kompyuterlarni ichki qurilmalarini terib joylashtirishni kichik guruhlarda o‘yinli tashkil etish, turli qiyinlikdagi masalalarni yechish dasturini tuzishni “Tezkor operator”, “Kim chaqqon dasturchi?”, “Kim tezkor dasturchi” kabi mavzularda guruhli o‘yinlarni tashkil etish, o‘rganilayotgan dastur menyulari nomini o‘quvchilarga bo‘lib berib, o‘quvchilar tomonidan menyular nomiga mos vazifalarni bajarilishini o‘yinli ijro etish va boshqa shakllarda ham tashkil etishimiz mumkin, bu informatika o‘qituvchisining ijodkorligiga va o‘z ustida ishlashiga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 74,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə