Mavzu: Global informatsion texnalogik revolyutsiyasini chuqurlashuvi bajardi: Sag`dullayev. N rahbari: Samarqand 2023 Reja: Kirish. I bob. Asosiy qisim


Informatika fanlarini o‘qitishda rivojlantiruvchi texnologiyalar



Yüklə 74,51 Kb.
səhifə14/18
tarix30.12.2023
ölçüsü74,51 Kb.
#166107
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mavzu Global informatsion texnalogik revolyutsiyasini chuqurlas-fayllar.org

3.3 Informatika fanlarini o‘qitishda rivojlantiruvchi texnologiyalar
Bugungi kunda o‘quvchilarni ma’lum qolipdagi fikrlashga emas, qo‘yilgan masala, hosil bo‘lgan muammoni yechishni, muammoli vaziyatlardan chiqishning yangi yo‘llarini izlab topishni o‘rgatish o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. L.S.Vigotskiy aytganidek, “Bilim ta’lim berishning oxirgi natijasi bo‘lmasdan, o‘quvchining rivojlantirish vositasi hamdir”

Rivojlantiruvchi ta’lim - ilmiy ijodiy metodlar, mustaqil ijodiy faoliyat va umumilmiy texnologiyalar tizimi yordamida maxsus tashkil etilgan o‘quv faoliyati bo‘lib, o‘quvchilarda nazariy fikrlashini shakllantirishga qaratiladi [49].
Rivojlantiruvchi ta’lim L. V. Zankov ilmiy ishlarida shaxsning jadallashgan psixologik rivojlanishiga e’tibor qaratiladi, D.B.Elkon va V.V.Davidov, S.A.Smirnov tadqiqotlarida shaxsning nazariy tafakkuri va ongini rivojlantirish e’tiborga olinadi, I.S. Yakimanskaya va G.K.Selevko fikrlariga ko‘ra bola shaxsini bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga o‘quv jarayonidagi o‘z o‘rnini va o‘zini-o‘zi anglashiga e’tibor qaratiladi [55].
Rivojlantiruvchi ta’lim har bir dars va har bir mavzuda uchta asosiy ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi pedagogik vazifani bajaradi. a) ta’limiy vazifada o‘quv axborot materiallarini tushunmay yodlash emas, balki o‘quv axborotlarini asosiy xususiyatlari, qonunlar va qonuniyatlarni hisobga olib ajratib olishni nazarga tutadi. Masalan, Office dasturlarining imkoniyatlariga qarab, hujjatlar tayyorlashda MS Word, jadval va diagrammalar hosil qilishda MS Excel, ma’lumotlar bazasini yaratishda MS Access dasturlaridan foydalanish kerakligi, ma’lumotlarning kerakligini hisobga olib flesh disk, doimiy xotira yoki SD, DVD disklarga saqlash va h.k.
b) rivojlantiruvchi vazifada o‘quv faoliyatining barcha bosqichida o‘quvchilarning ilmiy ijod usullarini o‘zlashtirishiga qaratilgan ijodiy faolligi, individual topshiriqlarni bajarib, o‘z xatolarini ham izlab topishga yo‘naltirishni nazarda tutadi.
d) rivojlantiruvchi ta’limning tarbiyaviy vazifasi o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro muloqotni yuqori darajada bo‘lishini ta’minlab, ijtimoiy ijodkorlik-tadqiqotchilik, muammoni yechish, loyihalash va bashorat qilishga o‘rgatadi.
Rivojlantiruvchi ta’lim va an’anaviy ta’limning taqqoslash





Yüklə 74,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə