Mavzu: Harakatli o’yinlarni bolani yoshiga qarab tahlil qilish va o’tkazish metodikasi Reja



Yüklə 476,99 Kb.
səhifə9/12
tarix19.05.2023
ölçüsü476,99 Kb.
#111583
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Harakatli o’yinlarni bolani yoshiga qarab tahlil qilish va o’tkazish metodikasi

Harakatli o‘yinlarni turlari


Bolalarning har tomonlama rivojlanishida o‘yin asosiy faoliyat turi bo‘lib hisoblanadi. Bola yoshligida qanchalik ko‘p o‘ynasa, bu uning maktabda yaxshi o‘qishiga va keyinchalik mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘yin bu bola faoliyatining yorqin turi, o‘yin jarayonida uning irodasi, hissiyoti, ehtiyoji, qiziqishlari, ta’sirchanligi, ya’ni butun shaxsiyati shakllanadi.
O‘yin – buyumli buyumli va ijtimoiy voqelikdagi harakat qilish va uni anglashga qaratilgan jarayondir. Kichik yoshdagi bolalarga asosiy buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli harakatlar bo‘lsa, bola katta bo‘lgan sari o‘yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini qayta aks ettirishiga xizmat qiladi. Qadimdan o‘zbek halqi bolalariga turli halq o‘yinlarni o‘ynatib o‘rgatib kelganlar va o‘yinlar orqali uddaburonlik, chaqqonlik, topqirlik, mehrshafqatlilik kabi fazilatlarni tarkib toptirib, mehnatga o‘rgatib boriladi.

Harakatli va kam harakatli o‘yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda har bir yosh guruhining sharoiti hisobga olinadi, chunonchi, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishining umumiy darajasi, harakat ko‘nikmalarining rivojlanishi, har bir bola sog‘lig‘ining ahvoli, individual tipologik xususiyatlari, yil fasli, kun tartibi, o‘yinni o‘tkazish o‘rni, shuningdek bolalar qiziqishlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Harakatli o‘yinlar ichida guruhning barcha bolalari bir vaqtda aktiv ishtirok etadigan o‘yinlar («Chumchuqlar va avtomobil», «Qimning zvenosi tezroq saflanadi», «Ayyor tulki» va boshqalar) ham bor. Shu bilan birga harakatlarning navbatliligi asosiga qurilgan («Quvlashmachoqlar», «Kim lentani tezroq tortadi», «Xaltachalarni almashtirish» va hakazo) foydali va qiziqarli o‘yinlar mavjud. Bu o‘yinlar irodani tarbiyalashga yordam beradi, o‘zini tuta bilishga o‘rgatadi. Biroq bunday o‘yinlarni noto‘g‘ri tashkil etilganda bolalar o‘yin topshiriqlarini bajarish uchun uzoq vaqt navbat kutib qoladi. Kutib qolish, statik holatlarning bir xilligi, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda qiziqishning, harakat reaksiyasi tezligining susayishiga olib keladi; katta yoshdagi bolalar arzimagan bahona bilan o‘yindan chalg‘iydilar, bu esa mazkur holning sabablarini hisobga olmagan tarbiyachida norozilik uyg‘otadi. Bunday paytda o‘yinda kichik guruh ishtirok qiladi va u uzoq davom etmaydi, bolalar aktiv bo‘lib o‘yin oxirigacha diqqat qiladilar.


Yüklə 476,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə