Mavzu: Hisob-kitob va valyuta schotlari


Valyut schotlari va ularni ochish tartibi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə4/6
tarix09.04.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#85214
1   2   3   4   5   6
Mavzu: Hisob-kitob va valyuta schotlari

Valyut schotlari va ularni ochish tartibi.
Korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari bankda ochilgan hisob-kito schyotidaa saqlanadi. Hisob- kitob schyoti korxona tashkil etilgan vaqtda tanla olingann bank muassasalaridan birida ochiladi.

Bankdagi valyuta scheti korxonaning respublika xududidagi va xorijdagi

banklarda valyuta schetlarida xorijiy valyutadagi pul mablaglari mavjudligi v harakatii haqidagi axborotni umumlashtirish uchun muljallangan.

Valyuta schyotini ochishga asos bo‘lib tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritishgaberilgan ruxsatnoma (litsenziya) , korxona ustavi, mahalliy hokimiyatdan davla ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risida qaror va boshqa tegishli hujjatlar hisoblanadi.Valyuta schetlari bo’yicha muomalalarni amalga oshirish va rasmiylashtiris tartibii O'zbekston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Solik kumitasi v O'zbekistonn Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari bilan tartibga

solinadi. Valyuta schetlari bo’yicha muomalalarni hisobga olish uchun schetla rejasidaa 5200 "Valyuta scheti" belgilangan. 5200 "Valyuta scheti"ning debetid korxonaningg hisob-kitob schetlariga pul mablaglarining kelib tushishi aks ettiriladi.

Ushbu schetning kreditida esa korxonaning valyuta schetlaridan pul mablaglarinin hisobdann chikarilishi aks ettiriladi. Korxonaning valyuta schetlari krediti yoki debetig xatoo yozilgan va bankning kuchirmalarini tekshirishda aniklangan summalar 486

"Da’volar bo’yicha hisob-kitoblar" schetida aks ettiriladi. Valyuta schetlari bo’yich muomalalarr buxgalteriya hisobida bankning kuchirmalari va ularga ilova kilinganpulli hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi. Amaldagi konun va me’eriyhujjatlarda har kanday korxonaga chet el valyutasidagi pul mablaglariga ega bulish v uu bilan xujalik muomalalarini amalga oshirishga ruxsat etilgan.Valyuta schyotidagi pul mablag‘larining hisobi 5210 «Mamlakat ichidag valyutaa schyotlari» va 5220 « Chet eldagi valyuta schyotlari» da yuritiladi. Ushbuvalyuta schyotlarini yuritish hisob-kitob schyotini yuritish tartibiga to‘liq o‘xshaydi Faqatt farq shundaki, valyuta schyotlari ikki birlikda, ya’ni chet el valyutasi va milli valyutalardaa yuritiladi. Bank valyuta schyotlaridagi pul mablag‘larining holati vaharakatini faqat chet el valyutasida hisobini yuritadi va chet el valyutasidaifodalangan valyuta schyotlaridan ko‘chirmani beradi. Korxona esa valyut schyotlaridagii pul mablag‘larini ham chet el valyutalarida, ham ularni Markaziy ban e’lon qilgan rasmiy kurslar bo‘yicha milliy valyutaga o‘tqazilgan holda hisobga oladi.Buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllarida chet el valyutalar faqatt milliy valyuta hisobida aks ettiriladi.

Valyuta schetini ochish uchun korxona bankka kuyidagi hujjatlarni

topshirishi zarur:

1. Valyuta schetini ochish uchun ariza.

2. Tasis hujjatlarining nusxasi (ustav, tasischilar shartnomasi, ular notarial idorala tomonidann tasdiklangan bulishi shart).

3. Registratsiyadan utganligi haqidagi hujjatlarning notarius tomonidan tasdiklangannusxasi.

4. Korxona solik inspeksiyasida hisobga olganligi va pensiya fondida

registratsiyadan utkanligi to'g'risida ma’lumotnoma.

5. Korxona boshligi va bosh buxgalterning imzolari va aylanma muxr bosilgankartochka. Ushbu kartochka notarius tomonidan tasdiklangan bulishi zarur.

Valyuta scheti ochilgandan sung bank va uning mijozi urtasida hisob-kitob kass xizmatinii kursatish bo’yicha shartnoma imzolanadi. Unda bank kursatilgan xizmat

turlari, kursatiladigan xizmatlar uchun tulanadigan haqlar, mablaglarni joylashtiris shartlarii, tomonlarning huquq va burchlari va boshkalar kursatiladi.

Valyuta muomalalarining buxgalteriya hisobini yuritish uchun 5200 "Valyutascheti"da kuyidagi subschetlarni ochish mumkin:

1. "Tranzit valyuta scheti"

2. "Joriy valyuta scheti"

3. "Chet eldagi valyuta scheti".

Korxona uzining valyuta mablaglarini nafakat majburiy balki uz xohishi bilanham sotishi mumkin.

Korxona hisob-kitob schyotidan pul mablag‘lari naqdsiz yo‘l bilan boshqa

korxonalarga, davlat organlariga o‘tqazib beriladi, shuningdek bankning o‘zi orqal shartnomaa shartlariga ko‘ra ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ushlab qolinadi. Pu

mablag‘larini naqdsiz chiqim qilishga asos bo‘lib to‘lov topshiriqnomalari, inkassotopshiriqnomalari, bankning memorial orderlari hisoblanadi.

To‘lov topshiriqnomasi – bu korxona tomonidan bankga ma’lum bir summan boshqaa yuridik shaxslarga olingan aktivlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar

uchun, shunigdek korxonaning davlat organlari oldidagi majburiyatlarini to‘lash uchu bergann yozma guvohnomasi. Barcha korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga eg

bo‘lgan ushbu hujjatda uning tartib raqami, tuzilgan sanasi, to‘lovchi va oluvch korxonalarningg nomlarii, bank rekvizitlari, soliq to‘lovchi sifatidagi rekvizitlari o‘tqaziladigan summaning miqdori, o‘tqazish maqsadi va unga asos bo‘luvchi

hujjatning tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi. To‘lov topshiriqnomasi korxona rahbar vaa bosh hisobchi tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi.

Inkasso topshiriqnomasi – bu bank muassasasiga soliq idorasi, yo‘l fondi v boshqaa majburiy to‘lovlarni yig‘uvchi organlar tomonidan korxonaning ruxsatisi uningg hisob-kitob schyotidan o‘tqazib berish uchun kelib tushgan yozmatopshiriqnoma.

Memoria –orderlar – bu bank muassasaning ko‘rsatgan xizmatlari uchu korxonaningg hisob-kitob schyotidan o‘ndirib olgan summalarini tasdiqlovchi hujjat.

Bank muassasasi barcha kirim va chiqim hujjatlari asosida shartnomada

ko‘rsatilgan muddatlarda korxonaga hisob-kitob schyotidan ma’lum bir davr uchu ko‘chirma beradilar. Ko‘chirmada davr boshi va ixiriga hisob –kitob schyotidagi pulmablag‘larining qoldig‘i, shu davrdagi barcha kirim va chiqimlarning summalar hujjatlarr asosida ko‘rsatiladi. Bank ko‘chirmasiga chekdan tashqari barcha kirim vachiqimga guvohlik beruvchi hujjatlar ilova qilinadi. Bank ko‘chirmalari korxon buxgalteriyasidaa hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik va analitik hiso registrlarinii yuritishga asos bo‘ladi.

Korxonaning buxgalteriyasida 5200 "Valyuta scheti"ning hisobi uchun junanlorder va vedomostda yuritiladi. Valyuta scheti bo’yicha analitik hisob valyutalarnin turlarii bo’yicha aloxida kartochkalarda yuritiladi. 5200 "Valyuta scheti"ning analiti hisobb kartochkasi

Chet el valyutalarining kelib tushishi va chiqimi operatsiyalar yuz bergan

sanadagi rasmiy kurslar bo‘yicha hisobga olinadi. Kelib tushgan sanadan boshla mavjudd chet el valyutalari bo‘yicha rasmiy kurslarni o‘zgarishi sanasiga kursla o‘rtasidagi farqlar vujudga keladi. Agar kurslar o‘sish tomonga o‘zgargan bo‘lsamavjud chet valyutalari bo‘yicha korxona ijobiy kurs farqlaridan daromadga eg bo‘ladi. Agar kurs pasayish tomonga o‘zgargan bo‘lsa mavjud chet valyutalar bo‘yicha korxona salbiy kurs farqlaridan zarar ko‘rgan bo‘ladi.

Valyuta schyotlari bo‘yicha asosiy xo‘jalik operatsiyalariga quyidagi

buxgalteriya yozuvlari qilinadi.

I

Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi xo’jalik yurutuvchi korxonalard valyutaa schotidagi pul mablag’larning sarfi, ya’ni chiqimi aktiv schot bo’lganlig sabablii uning kreditida aks ettiriladi



Valyuta schyotlaridagi pul mablag‘larining analitik hisobi bank muassasalarid ochilgann schyotlar bo‘yicha yuritiladi

Korxonalar xo‘jalik faoliyatida ishtirok etuvchi aktivlar ichida juda katta rolni

pul mablag‘lari o‘ynaydi.

Pul mablag‘lari deganda o‘ta tez likvidlik harakteriga ega bo‘lgan, barcha munosabatlarda umumiy ekvivalent rolini o‘ynaydigan, davlat tomonidan qog‘ozli va metalli ko‘rinishda ma’lum qiymatlarda chiqariladigan maxsus tovar tushuniladi.

Pulning jamiyatdagi o‘rni u tomonidan bajariladigan qiymat o‘lchovi, to‘lov vositasi, muomala vositasi va jamg‘arish vositasi kabi funsiyalarida yorqin namoyon bo‘ladi.


Хorijiy valutadagi pul mablag’larini va xorijiy valuta operatsiyalarini har bir korxona amalga oshirishi mumkin. Хorijiy valuta operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun bankda valuta joriy schyotini ochish kerak. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xorijiy valuta operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat (litsenziya) berilgan banklarda valuta schyoti ochish mumkin. Bunday litsenziya olgan banklarni vakillik banklari deyiladi. Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining vaqti-vaqti bilan chop etiladigan byulletenida keltirilgan xorijiy valutalarda schyotlar ochish mumkin.

Valuta schyotini ochish uchun bank quyidagi hujjatlarni talab qiladi:

valuta schyotini ochish togrisida ariza;

tasis hujjatlar kochirmasi (notariusda yoki royxatga oluvchi organ tomonidan tasdiqlangan ustav, tasis shartnomalari);

notariusda tasdiqlangan royxatdan otganlik togrisidagi hujjatlarning kochirmasi;

korxonani royxatdan otgan joyidan soliq inspeksiyasi va pensiya fondida hisobga olinganligi togrisida malumotnoma;

imzolar nusxalari qoyilgan va yumoloq muhr tushirilgan kartochka;

qoshma korxonalar va xorijiy firmalar qoshimcha qilib Ozbekiston respublikasi adliya vazirligi tomonidan ularni xorijiy investitsiyali korxonalar reestriga kiritilganligi togrisida beriladigan guvohnoma topshiradilar.

Valuta schyoti ochilgandan song bank bilan korxona ortasida hisoblashish-kassa xizmatlarini korsatish togrisida shartnoma tuziladi. Unda bankning korsatadigan xizmatlar royxati, xizmatlari uchun tolanadigan haq tariflari, mablaglarni joylashtirish shartlari, tomonlarning huquq va burchlari va boshqalar korsatiladi.

Amaldagi Nizomga binoan mulk shaklidan qatiy nazar Ozbekiston Respublikasi xududida xorijiy valuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi barcha xojalik yuratuvchi subyektlar 2001 yil 1 noyabrdan boshlab xorijiy valutadagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirish tartibi belgilangan.

Хorijiy valuta mablag’lari, qiymatliklari va operatsiyalari xo’jalik operatsiyalari sodir bo’lgan sanaga Markaziy bank kursi bo’yicha so’m ekvivalentida aks ettiriladi. Jumladan quyidagilar boyicha: a) kassadagi valuta mablaglari, bankdagi depozit va ssuda schyotlari, akkreditivlar, valuta ssuda qarzlari; b) xorijiy valutadagi debitor va kreditor qarzlar; v) tuzilgan shartnomalar boyicha Yuk boj deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasiga import qilingan tovar-material qiymatliklar va boshqa aktivlarning kirimi; g) bojxona tolovlarining amalga oshirilishi; d) xorijiy valuta korinishidagi pulli hujjatlar; ye) xorijiy valutadagi qimmatli qogozlar.

Хorijiy valutani sotish va sotib olish buxgalteriya hisobida operatsiya sodir bo’lgan sanaga bo’lgan Markaziy bank kursi bo’yicha aks ettiriladi.

Хorijiy valutani sotish (sotib olish)da sodir bo’ladigan kursdagi farq (ijobiy yoki salbiy) ijobiy bo’lsa – 9540 «Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotida, salbiy bo’lsa – 9620 «Kurs farqlaridan zararlar» schyotida hisobga olinadi.

Хorijiy valutani sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:

a) valuta schyotidan xorijiy valutani Markaziy bank kursi bo’yicha o’tkazilishi: Dt 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti, Kt -5020 «Valuta schyoti».

b) Markaziy bank kursi bo’yicha xorijiy valutani «Blokschyot» dan chiqarilishi: Dt 9220 «Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi», Kt 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti.

v) valuta bozorida kelishilgan kurs bo’yicha sotilgan xorijiiy valutaning so’m ekvivalentini hisob-kitob schyotiga o’tkazilishi: D-t 5110 «Hisob-kitob schyoti», K-t 9220 «Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi» schyoti.

g) Хorijiy valutani sotishda hosil bo’lgan ijobiy kurs farqini Markaziy bank kursidan ortig’ini aks ettirilishi: D-t 9220 «Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi», K-t 9540 «Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyoti.

d) Хorijiy valutani sotishda hosil bo’lgan salbiy kurs farqini (Markaziy bank kursidan kam) aks ettirilishi: D-t 9620 «Kurs farqlaridan zararlar», K-t 9220 «Boshqa aktivlarning sotili va boshqacha chiqib ketishi» schyoti.

O’zining mahsulot (ish, xizmat)lari narxi (tariflari)ni xorijiy valuta ekvivalentida belgilaydigan xo’jalik yurituvchi subyektlar o’zaro hisob-kitoblarni milliy valuta-so’mda olib boradilar. Хizmat ko’rsatgan sanadan to’lanmalarni tushgan sanasigacha markaziy bank kursining o’zgarishi natijasida sodir bo’ladigan farq moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromad (xarajat) sifatida xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib boriladi.

Хo’jalik yurituvchi subyektlar har bir hisobot oyining oxirgi sanasiga balansning valuta moddalarini Markaziy bank kursi boyicha qaytadan baholaydi va sodir bolgan kurs farqlari ijobiy bolsa 9540 «Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotiga, salbiy bolsa - 9620 «Kurs farqlaridan zararlar» schyotiga otkaziladi.

Balansning valuta moddalariga quyidagilar kiritiladi: a) kassadagi, bankning depozit, ssuda schyotlaridagi, shu jumladan akkreditivlardagi valuta mablaglari; b) xorijiy valutadagi pulli hujjatlar; v) xorijiy valuta korinishidagi qisqa va uzoq muddatli qimmatli qogozlar; g) xorijiy valuta korinishidagi debitor va kreditor qarzlar, kreditlar va qarzlar

Quyidagi qiymatliklar qaytadan baholanmaydi: a) xojalik yurituvchi subyekt tomonidan xorijiy valutaga sotib olingan mulk (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-material qiymatliklar, inventar va xojalik jihozlari); b) xorijiy investitsiyali korxona ham qoshilgan holda, xojalik yurituvchi subyektning ustav kapitali hajmi va tasischilarning ulushlari.

Oldindan yigilib kelingan va har oygi balans valuta moddalarini qayta baholashdan hosil bolgan ijobiy va salbiy kurs farqlari tegishli «Kelgusi davrlar daromadlari» va «Kelgusi davrlar xarajatlari» schyotlarida aks ettirilib quyidagi tartibda moliyaviy-xojalik faoliyati natijalariga otkaziladi:

a) xorijiy valuta debitor va kreditor qarzlar boyicha ularning qaytarilishiga qarab;

b) qolgan boshqa hollarda balansning tegishli valuta moddalari bilan xojalik operatsiyalarini sodir bolishiga qarab.

Moliyaviy-xojalik faoliyati natijalariga otkazilgan ijobiy kurs farqi 9540 «Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotining krediti boyicha aks ettirilib daromad (foyda) soligiga tortiladigan bazani kopaytiradi, salbiy kurs farqi esa 9620 «Kurs farqlaridan zararlar» schyotining debetida aks ettirilib daromad (foyda) soligiga tortiladigan bazadan chegirib tashlanadi.

Yalpi daromaddan soliq tolovchilar uchun kurs farqi qismida soliqqa tortish obyekti bolib «Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda va zarar» schyotining saldosi hisoblanadi.

Yagona soliq tolovchilar uchun kurs farqi qismida soliqqa tortish obyekti bolib ijobiy kurs farqi hisoblanadi. Bunda yagona soliqni hisoblab chiqarishda salbiy kurs farqi soliqqa tortiladigan bazani kamaytirmaydi.

Korxonaning ustav kapitalini shakllanishida tasis hujjatlarini royxatdan otkazish sanasi bilan ustav kapitaliga mablaglar qoyilgan haqiqiy sanadagi Markaziy bank kurslari orasidagi farqi buxgalteriya hisobida qoshilgan kapital hisoblanib 8410 «Emission daromad» schyotida hisobga olinadi.

Valuta operatsiyalarini tartibga solish qonuniga binoan korxonalar vakolatli banklar orqali Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartib va maqsadlar uchun Ozbekiston Respublikasi ichki valuta bozoridan xorijiy valuta sotib olishi mumkin. Chunonchi, safar xarajatlari uchun, shartnoma-kontrakt majburiyatlarini bajarilish operatsiyalari va boshqalar uchun xorijiy valutalar sotib olishi mumkin.

Хorijiy valutani sotib olish operatsiyalari buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi: valuta bozorida kelishilgan kurs bo’yicha xorijiy valutani sotib olish kuniga.

a) Хorijiy valutani sotib olish uchun hisob-kitob schyotidan so’m ko’rinishidagi mablag’larni valuta bozorida kelishilgan sotib olish kuniga bo’lgan kurs bo’yicha o’tkazib berilishi: D-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti,

K-t 5110 «Hisob-kitob» schyoti.

b) Markaziy bank kursi bo’yicha xorijiy valutani valuta schyotiga o’tkazilishi: D-t 5210 «Valuta schyoti», K-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti.

v) Хorijiy valutani Markaziy bank kursidan past kursda sotib olish natijasida sodir bo’lgan ijobiy kurs farqini aks ettirilishi: D-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti, K-t 9540 «Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyoti.

g) Хorijiy valutani Markaziy bank kursidan yuqori kursda sotib olish natijasida sodir bo’lgan salbiy kurs farqnini aks ettirilishi: D-t 9620 «Kurs farqlaridan zararlar», K-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Тranzit» schyoti.

Хorijiy valuta harakati to’g’risidagi ma’lumotni bank muassasasi korxonaga valuta schyotidan ko’chirma berish yo’li bilan xabar beradi. 5210 «Mamlakat ichidagi valuta schyotlar»ni kredit oboroti 2/1 jurnal-orderida aks ettiriladi. Bu schyotning debet oboroti 2/1 qaydnomaini yuritish bilan nazorat qilinadi. Valuta schyoti boyicha analitik hisob kartochkalarda valutalarning nomlari boyicha yuritiladi.


Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xojalik xarajatlari ni va xizmat safar xarajatlarini tolashda sodir boladi. Demak, hisobdor shaxslar kelgusi mamuriy-xojalik va safar xarajatlari uchun pul mablaglarini oldindan olgan xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning royxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori cheklangan: xojalik ehtigjlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan joyiga bogliq. Safar xarajatiga pul berishda yolkira (ikki tomonga), sutkalik va yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi.

Хizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. Safar uchun hisobdor shaxsga pul berish rahbarning buyrug’i va safar guvohnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Beriladigan pul hisoblab chiqilgandan so’ng buxgalteriya tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi.

Belgilangan meyor doirasida yoki undan ortiq qilingan safar xarajatlari, maqsadli tayinlanishiga qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr xarajatlariga otkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga otkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv xodimlarining safar xarajatlari esa davr xarajatlariga otkaziladi.

Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda tutilgan megridan ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani kopaytiradi. Belgilangan vazifa bajarilgandan song uch kun ichida hisobdor shaxs qilingan xarajatlar togrisida avans hisoboti topshirishi shart. Qilingan xarajatlarni isbotlovchi, tasdiqlovchi hujjatlarni va safar guvohnomasini avans hisobotiga ilova qiladi.

Safarning maqsadli tayinlanishga qarab sex, bolim boshliqlari qilingan xarajatlarni maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Avans hisoboti tuzilib summasi aniqlangandan song avans hisoboti korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va tegishli buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Foydalanilmay qolgan summa avans hisoboti topshirgan kuni hisobdor shaxs tomonidan kassaga kirim orderi bilan topshiriladi, ortiqcha qilingan xarajat summasi kassadan chiqim orderi bilan beriladi.

Hisobdor shaxsga berilgan summa maqsadli xarakterga ega bolib, birovga berish yoki buyurish taqiqlanadi. Oldingi berilgan avans boyicha qarzi bolmagan holdagina yangi avans beriladi. Basharti belgilangan muddatda avans hisoboti topshirilmasa yoki foydalanilmagan summa kassaga qaytarib topshirilmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya bu qarzni hisoblangan ish haqidan ushlab qolishi mumkin. Shuni ham bilish kerakki, belgilangan meyordan ortiqcha qilingan sutkalik xarajati hisobdor shaxsning ish haqisiga qoshib daromad soligiga tortiladi. Sutkalik xarajatlar shuningdek turar joy ijara xarajatlari megri eng kam ish haqi miqdoridan koeffitsiyentda belgilanadi.

Хizmat safari xarajatlari oldindan ma’lum bo’lgan hollarda, korxona rahbari isbotlovchi hujjatlar topshirmasdan safar xarajatlarini to’lashga ruxsat berish huquqiga ega. Bunda safar xarajatlari summasining raschyoti, korxona rahbari va safarga borayotgan xodim tomonidan imzolanib, korxona buxgalteriyasida saqlanadi. Safardan qaytgandan song talabga muvofiq rasmiylashtirilgan safar guvohnomasi buxgalteriyaga topshiriladi, qilingan xarajatlar summasi togrisida hisobot topshirilmaydi.

Safar muddati korxona rahbarining buyrugi bilan aniqlanadi, safarda bolgan haqiqiy vaqti esa safar guvohnomasidagi imzolar va muhr bilan tasdiqlangan tartibda safar joyiga kelgan va ketgan kuni togrisidagi belgi bilan aniqlanadi. Bunda safarga ketgan va safardan kelgan kunlari to’liq kun hisoblanadi.

Korxonada safarga ketgan va kelgan shaxslarni ro’yxatga olish jurnali yuritiladi. Barcha hisobdor summa operatsiyalari korxona buxgalteriyasida 4220 - «Хizmat safarlari uchun berilgan bo’naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu aktiv schyot bolib, debet qoldigi hisobdor shaxsining korxonadan bolgan qarzini korsatadi. Bu schyotning debetiga kassa chiqim orderiga asosan yangi avans summasi berilganda, kreditga esa avans hisobotiga asosan sarflangan va kirim kassa orderiga asosan qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yoziladi.

Hisobdor shaxslar oldindan olingan bonak summasidan ortiqcha xarajat qilgan bolsa, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar summasiga 6970 «Hisobdor shaxslarga qarzlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu ortiqcha qilingan xarajat summasi hisobdor shaxsga qaytarilganda 6970 schyoti debetlanib, 5010 «Milliy valutadagi pul mablaglari» schyoti kreditlanadi. Ushbu jurnal-order kombinlashgan registr bolib, bir qatorga yozish yoli bilan sintetik va analitik hisobni ozida mujassamlashtirgan. Bunda har bir hisobdor shaxsga berilgan summa uchun jurnal-orderda bir qator ochilib, unga hisobdor shaxsning avans hisoboti boyicha sarflangan xarajat, qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yozib boriladi. Bunda 7- jurnal-order shaklidan foydalaniladi.

Arifmetik va manaviy jihatdan tekshirilgan va korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan avans hisobotlarini buxgalter, hujjatlarga boglanuvchi schyotlarni qoygan holda, ishlab chiqadi. 7 jurnal-orderga yozish uchun asos bolib hisobdor shaxsga berilgan avans summasi boyicha kassa chiqim orderi, sarflangan summa boyicha tasdiqlangan avans hisoboti, qaytarib topshirilgan summa boyicha kirim kassa orderi, ortiqcha qilingan xarajatlar summasini qaytarish boyicha kassa chiqim orderi hisoblanadi. Ushbu jurnal orderning shakli yangi schyotlar rejasi talabiga toliq javob bermaydi. U qaytadan ishlab chiqilishi kerak.

Agar korxona tashqi iqtisodiy faoliyati bilan shugillansa, xorijiy safar boyicha xarajatlarni hisobga olish zaruriyati tugiladi. Хorijiy safar xarajatlari uchun pul O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan me’yor bo’yicha to’lanadi. Хorijiy valutada qilingan safar xarajatlari maqsadli tayinlanishiga qarab 4220 schyotidan mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga (2010-schyot) yoki davr xarajatlariga (9400-schyot) yoki xorijdan sotib olingan asbob-uskunalarga (0720-schyot), materiallarga (1000-schyot), tovarlarga (2910-schyot) o’tkaziladi. Schyotlarga xarajatlar xorijiy valuta va so’m ekvivalentida yoziladi. Ҳisobdor shaxslarda qolgan valuta ham qaytadan baholanib natija 9620 yoki 9540 - schyotlarga otkaziladi



XULOSA
Hozirgi kunda respublikamiz hukumati chet el investorlarini jalb etishda

ko’p ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibgasoluvchi, qo’shma tadbirkorlik va xorijiy kapitalni jalb qilish va ularga imtiyozlarberishga qaratilgan Prezident Farmonlari va bir qator qonunlar qabul qilingan. Ushbuhujjatlarning qabul qilinishi chet el sarmoyalarini jalb qilishni yanada jadallashtirib,bu sohada tub o’zgarish yasashi shubhasizdir. Shuningdek, ular xorijiy investitsiyalarishtirokidagi korxonalarning iqtisodiy huquqlarini yanada kengaytirib, faoliyatinirag’batlantirish uchun muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Nazariy manbalarni o’rganish, umumlashtirish, pul muomalasini hisobi va

auditining amaliyotdagi ahvolini tadqiq qilish hisob – kitob va valuta schiyoti hisobiva auditini takomillashtirishga doir quyidagi xulosalarni chiqarish hamda takliflarnikiritish imkonini berdi:

1. Korxonada pul mablag’lari muomalasi yil davomida bir tekis davom etmaydi. Buesa ularning hisobi va auditiga ham ta’sir etadi. Shu sababli pul mablag’lari hisobi vaauditini tashkil etishning boshqa sektorlarga nisbatan farqli jihatlari tavsiflandi.Ushbu muammoni hal etishning tashkiliy, xuquqiy, amaliy asoslari belgilandi.

2. Chet el valyutasida muomalalarni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar o’zlarining valyuta tushumlaridan majburiy ravishda sotadigan qismini, ya’ni 50foizini kamaytirishga harakat qilish kerak. Chunki majburiy ravishda sotiladiganvalyutaning foizi qanchalik kam bo’lsa, korxona va tashkilotlar ixtiyorida shunchalikko’p valyuta mablag’i qoladi. Bu esa, o’z navbatida, korxona va tashkilotlarningkengaytirishga hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga turtki bo’ladi.

3. O’zbekiston Respublikasi audit milliy andozasi №70-«Auditorlik hisoboti vamoliyaviy hisobot bo’yicha auditor xulosasi» andozasiga qo’shimcha ravishda

xalqaro amaliyotda qo’llanilayotgani kabi tushuntirish qismi mavjud auditorlikxulosasini amaliyotga kiritish menimcha maqsadga muvofiq bo’lardi. Sababiamaliyotda korxona moliyaviy hisoboti shakllanilayotganda chet el valyutasidagidebitorlik qarzlari bo’yicha ijobiy kurs tafovutlari foyda shakllanishida muhim o’rintutishi mumkin. Biroq qarzdor korxona bu qarzni to’lay olmasa, u korxonaga tabiiykizarar olib kelishi mumkin yoki korxona kreditorlik qarzi bo’yicha salbiy kurs farqiO’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining №119 Nizomiga muvofiq korxonazarar bilan chiqmasligi uchun faqat olgan foydasi bilan qoplanadigan qismiginahisobdan chiqariladi va bu ham korxona moliyaviy natijasini shakllanishida muhimhisoblanadi. Shu sababdan bu holatlarda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar bumuhim, deb hisoblangan omillardan boxabar bo’lishlari uchun auditorlar o’zhisobotlariga tushuntirish qismini kiritishlari maqsadga muvofiq bo’lardi.

Valyuta tushumiga ega korxonalarda, xususan, turistik firmalar, xalqaro darajadagimehmonxonalarda valyuta muomalalari ustidan samarali nazoratni ta’minlashdaasosiy e’tiborni ichki auditorlar ishiga qaratmog’i lozim. Demoqchimanki, ushbuturdagi korxonalarda valyuta muomalalari ustidan uzluksiz nazorat olib borishdaichki auditorlar xizmatidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bundan shunarsa ko‘rinib turibdiki, korxona tashqi auditdan o‘tayotganda, tabiiyki, tashqiauditorlar uchun ichki auditorlar ishini baholash va ular ishi natijalaridan foydalanish

lozim bo‘ladi. Bu esa shu turdagi korxonalarda ichki auditorlar ishini xam auditmilliy standartlari asosida tashkil qilishni taqozo etadi Hozirgi sharoitda hisob amaliyotida xorijiy valyutalarda qiymati aks ettiriladigan

qimmatli qog’ozlarni hisobga olishning yordamchi xujjatlari mavjud bo’lmaganligisababli ba’zi bir korxonalarda ushbu vaziyatda kassa kirim orderi asosida ro’yxatgaolish hollari ham uchrab turibdi. Vaholanki kassa kirim orderi faqatgina naqd xorijiyvalyutadagi pullarni kirim qilish uchun ishlatilishi mumkin. Yuqoridagilarni inobatgaolib, xorijiy valyutalarda qiymati aks ettirilayotgan qimmatli qog’ozlarni buxgalteriyahisobiga kirim qilish uchun "Qimmatli qog’ozlarni kirim qilish xujjati"ni ishlabchiqish lozim. Ushbu hujjat xorijiy valyutalardagi qimmatli qog’oz uchun moddiyjavobgarlikning shu bitimni ijro etayotgan shaxsdan, kassirga o’tkazilganligini qaydetish uchun zarur, xorijiy valyutadagi qimmatli qog’ozlarning sotuvchidan oluvchigao’tish holati oldi-sotdi dalolatnomasi bilan qayd etiladi. Xujjatsiz xorijiy valyutadagiqimmatli qog’ozlarning oldi-sotdisi bo’yicha birlamchi xujjatlar depo schyotidan vareestrdan ko’chirmalar bo’ladi. Ko’rsatilgan birlamchi hujjat xorijiy valyutadagiqimmatli qog’ozlarni hisobga olishda asos bo’ladi.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə