Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78
ilovepdf merged (2)

Ilmiy metodik ta’minot 
Sport turi xossalarini tadqiq qilish 
Boʻlgʻusi sportchilarning modelini 
tuzish 
Sport taraqqiyoti yoʻnalishlarini 
oldindan koʻra bilish 
Raqiblar haqida ma’lumot toʻplash 
Sport formalarini mashq harakatlariga mosligini 
boshqarishga qaratilgan maslahatlar 
Sportning barcha turlarini idrok qilish gʻoyat mushkul, hamma turlarini 
boshqaruvchi umumiy qonuniyatni sportchi chuqur oʻrganishi shart. 
Shuningdek, sport kelajagini oldindan koʻra bilmay, mashqlar kuch tiklash 
jarayonini toʻgʻri va ilmiy tarzda rejalashtirilmay turib sportni rivojlantirib 
boʻlmaydi. 
Sportchini kurashga tayyorlash tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash 
uchun, birinchi navbatda boʻlgʻusi sportchining modelini tuzish zarur. Sportning 
koʻp turlari boʻyicha (yugurish, suzish, disk va nayza uloqtirish, balandga va 
uzunlikka sakrash, velosiped poygasi, boʻlib qatnashgan va boshqalar), modellar 
ishlab chiqilgan. Ayni paytda, u turlarning tarkibiy qismi va oʻlchamlari ham 
tayyorlangan boʻlib murabbiylar sportchilarni harakat texnikasidagi holatlarni 
toʻgʻrilash chogʻida, hamda sportchini boshqa turli xil vositalar bilan musobaqaga 
tayyorlayotgan chogʻlarida mazkur oʻlchamlarga suyanishlari mumkin. 
Terma jamoalarni ilmiy jihatdan ta’minlash, MDX boʻyicha oʻtkaziladigan 
hamda mas’uliyatli xalqaro musobaqalarga tayyorlash jarayonida, har qaysi 
nomdor sportchining jismoniy xususiyatlari, mashq qilish usullari, qanday 
yuklamaga qurbi etishi, turmush tarzi va oʻzga jihatlari imkoni boricha toʻlaroq 


ma’lumot olish zarur. Bu sohada raqib jamoa yoki raqibni uslublarini bilish 
razvedkasi tobora rivojlanib borishi kerak. 
Ta’minot bilan shugʻullanuvchi ilmiy-uslubi guruh mashq jarayonini 
boshqarish, sportchining sport formasiga kirishishi, sport formasining dinamikasi 
boʻyicha albatta oʻz mulohazasini aytishi kerak. 
7-jadval 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə