Jismoniy tarbiya darsida har qanday pedagogik vazifani xal etish koʻpincha,
shugʻullanuvchilar organizmining zoʻr berishini talab qiladi.
Bu ishga organizm
tegishli darajada tayyorlangan boʻlishi kerak.
I.P. Pavlov organizmning qiyin vazifalarni xal etishga tayyor boʻlishi
zarurligini koʻrsatib, sekin - astalik va trenirovka qilish va pedagogikada
asosiy
fiziologik qoidadir degan edi.
Bu koʻrsatma oʻqituvchi zimmasiga shugʻullanuvchilardan katta kuch talab
qiladigan pedagogik vazifalarni
darsning boshida emas, oʻrtasida, bir qadar
tayyorgarlikdan soʻng xal etish majburiyatini yuklaydi. Darsning asosiy vazifalarini
xal etish shugʻullanuvchilarni uyushtirishni, ularda zarur kayfiyat va bu vazifalarni
bajarishga boʻlgan ishtiyoqni xosil qilishni talab etadi. Oʻquvchi uyushtirgach,
Pavlovning asta-sekinlik haqidagi fiziologik qoidasi bajarilgandan soʻng asosiy
vazifalarni xal qilishga kirishish mumkin. Asosiy pedagogik vazifalarni bajarish
koʻpincha shugʻullanuvchilar zoʻr
berayotgan, faollashgan davrga toʻgʻri keladi.
Oʻquvchilar organizmi nisbatan katta zoʻriqish va kuchli emotsional xolatdan
vazmin xolatga birdaniga oʻtishi mumkin emas. Shuning uchun dars tuzilishida
xotirjam xolatga asta-sekin utish va mashgʻulotni tashkiliy
ravishda tugallash aks
etadi. Shunday qilib har bir
Dostları ilə paylaş: