Kasbga taalluqli jismoniy tayyorgarlik oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv
muassasalarida umumjismoniy tayyorgarlik asoslariga tayangan xolda maxsus
maqsadlarni amalga oshiradi va oʻquvchilar kelajak mehnat faoliyatlarining asosiy
turlari bilan bogʻliq boʻladi.
Kasbiy jismoniy tayyorgarlikning asosiy maqsadlari qoʻyidagilardan iborat:
1. Oʻquvchilarning hunarga ta’lluqli va zaruriy jismoniy sifatlarni takomillashtirish
va rivojlantirish.
2. Aniq hunarga ta’lluqli va organizmga kerakli ruxiy-fiziologik faoliyatlarni
oʻzlashtirish;
3.
Mehnat sharoitida gipodinamiya, majburiy ish vaziyati, harakatning yuqori va
past intensivligi, toliqish kabi noxush ta’sirlarni oldini olish;
Har bir kasb uchun zarur boʻlgan jismoniy sifatlar va harakat malakalari
tanlangan mutaxassislikka oʻrganish jarayonida va mehnat jarayonining oʻzida
orttiriladi hamda takomillashib boradi. Agar kasbiy ta’lim
jarayonini maxsus
jismoniy mashgʻulotga koʻshib olib borilsa, ish operatsiyalarini oʻrganib olish ancha
tezrok boʻladi. Koʻpincha jismoniy fazilatlar yetarli darajada taraqqiy etmagani
kasbiy maxoratga erishish yoʻlida yagona toʻsiq boʻladi. Koʻp xollarda jismoniy
mashgʻulot qilmagan qilishini mutlaqo ishga qoʻyib boʻlmaydi (refaol aviatsiya
uchuvchilari, kosmonavtlar). Maxsus mashqlarning qoʻllanishi professional ta’lim
saviyasini yaxshilaydi va ayni vaqtda anchagina
iqtisodiy foyda keltiradi, chunki
bunda oʻquv vaqti qisqaradi va kadrlar tayyorlashga sarflanadigan mablagʻlar
kamayadi.
Jismoniy mashqlar insonlarni bevosita kasbiy mehnatga va mudofaa
faoliyatiga tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan koʻpgina masalalarni xal etishga yordam
beradi. Xuddi shuning uchun ham sport yangi va murakkab kasblarni egallayotgan
barcha kishilarning eng yaqin yordamchisi boʻlib qolmoqda. Tegishli jismoniy
mashqlar,
shuningdek, tashqi muxitning mehnat faoliyatining koʻpgina turlarida
boʻladigan salbiy ta’siriga (badanning qizib ketishi, sovib ketishi,
atmosfera
bosimining pastligi va boshqalarga) organizmning chidamliligini ham oshiradi.
Kasbiy tayyorgarlik qanchalik katta ahamiyatga ega boʻlmasin, u xech qachon
insonni jismoniy tarbiyalashning mustaxkam asosi boʻlgan umumiy jismoniy tarbiya
oʻrnini bosa olmaydi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik kasbiy jismoniy tayyorgarlik
uchun ham asos boʻlib xizmat qiladi.
Kasbiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning ixtisoslashtirilgan
jarayonlari turlaridan biri boʻlib, shaxsning jismoniy ham da u bilan bogʻliq psixik
fazilatlarini rivojlantirishga, shuningdek, harakat, maxorat
va malakalarini kasbiy
faoliyatning aniq xususiyatdariga moslab shakllantirishga qaratilgandir. Har bir kasb
boʻyicha jismoniy tayyorgarlik turining vazifasi va mazmuni aniq kasb faoliyatining
oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek, faoliyat qanday sharoitda oʻtayotganidan
kelib chiqadi.
Mehnat jarayonida kasbiy jismoniy tayyorgarlikka keng oʻrin berilishiga ikki
xil sabab bor:
Birinchidan, ayrim mehnat turlarining jismoniy va boshqa sifatlar,
shuningdek, malakalar katta majmuasini chuqur rivojlantirishni talab qilish
xususiyati;
Ikkinchidan, odat boʻlmagan va koʻpincha favqulodda murakkab faoliyat
sharoiti (dengiz
flotida xizmat qilish, geodezist, geologlarning taygada, togʻli
joylarda) ish olib borishi.
Insonning turli ish operatsiyalari sifatli bajarilishiga va mehnat unumdorligi
ortishiga bevosita ta’sir etadigan psixik va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish;
Tashqi muxitning noqulay ta’siriga organizm chidamliligini oshirish.
Dostları ilə paylaş: