Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/78
tarix05.01.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#98223
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78
ilovepdf merged (2)

Yakunlovchi qism - 5-10 daqiqa. 
Vazifalari - darsning asosiy qismidagi 
mashgʻulotlarda yuzaga kelgan taranglik va koʻzgalishdan sekin-asta nisbatan 
xotirjam xolatga oʻtish, darsni yakunlash, uyga vazifa berish, uyushgan xolda yangi 
faoliyatga oʻtish. 
Jismoniy tarbiya darsi asosiy qismining toʻgʻri oʻtkazilishi tufayli oʻquvching 
barcha a’zolarida biroz qoʻzgʻalish yuzaga keladi, ularning tomir urishi, nafas olishi 
tezlashadi. Endi oʻquvchi boshqa faoliyat turiga tayyorlash uchun ular organizmini 
vazmin xolatga keltirish zarur. Mazmuni - saflanish, yurish, ritmik va raqs 


mashqlari, nafas olish mashqlari, tinch oʻyinlar, oʻqituvchining yakunlovchi suzi, 
uyga vazifa. 
Dars oʻquvching uyushgan xolda zaldan (maydondan) chiqib ketishlari bilan 
tugaydi. Darsda oʻquvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari deganda oʻqituvchi 
rejasiga muvofiq oʻquvchi mashqlarni bajarish uchun uyushtirish usullari 
tushuniladi. 
Frontal (yoppasiga) shugʻullanish usuli - mashqlarni barcha oʻquvchilar bir 
vaqtda bajaradilar. Uning ustunligi koʻproq oʻquvchi qamrab olishda, darsda yuqori 
zichlikka va katta jismoniy ogʻirlikka erishilishidadir, oʻquvchilar oʻqituvchi 
farmoyishi yoki jamoasini baravariga bajarsalar, yoppasiga shugʻullanish usuli 
mashqlarni jamoa xolda bajarishning yaxshi namunasi boʻla oladi.
Mazkur usul oʻquv muassasalarining barcha bosqich oʻquvchilari bilan olib 
boriladigan ishlarda, ayniqsa, oʻquv materiali bilan tanishtirishda keng qoʻllaniladi.
Oqimli usulda oʻquvchilar bitta mashqni navbat bilan, ketma- ket tuxtovsiz 
oqim tarzida bajaradilar. Bunday oqimlar sharoitga qarab ikkita, uchta boʻlishi 
mumkin.
Ikki yoki uch oqimda dars zichligi, binobarin ogʻirligi ham oshadi. Oqim usuli 
akrobatika mashqlari, uzun argʻamchi bilan bajariladigan mashqlar, skameyka va 
gimnastika devoriga tirmashishda, uni oshib oʻtishda, muvozanat saqlashda, tayanib 
sakrash, uzunlikka hamda balandlikka sakrashda qulaydir. 
Oqim usulining bir turi shuki, oʻquvchilar bir necha xil mashqni navbat bilan 
bajaradilar. Masalan, oʻquvchilar dastlab skameykada yuradilar, soʻng yogʻochdan 
oshibutadilar, undan keyin plankadan sakraydilar. Bu usul oʻqituvchiga oʻquvchilar 
tomonidan bajarilayotgan barcha mashqlarni kuzatish imkonini bermaydi, shuning 
uchun u juda zarur boʻlgan joyda turadi. 
Oqim usuli koʻproq malaka va koʻnikmalarni takomillashtirish maqsadidagi 
mashqlarni oʻtishda, shuningdek ogʻirlikni oshirishda qoʻllaniladi. 
Guruh usuli shundan iboratki, unda oʻquvchilar guruhlarga boʻlinadilar, har 
bir guruh oʻqituvchi topshirigʻiga binoan mustaqil shugʻullanadi. Mashq uchun jihoz 
va inventar yetishmaganda shu usulga murojaat qilinadi. Vaqtdan oqilona 


foydalanish maqsadida bir vaqtda ikkita-uchta mashq turi oʻrganiladi. Guruhlar 
ma’lum bir vaqtdan soʻng joy almashadilar. Har bir guruhga oʻquvching mashgʻulot 
paytidagi harakatini kuzatib turish uchun boshliq tayinlanadi. 
Guruhlarga boʻlinish ikkitagacha, uchtagacha sanash yoki bir qator 
kolonnadan ikki, uch qator kolonnaga qayta saflanish va har bir qatorni tegishli 
joyga burib olib borish orqali amalga oshiriladi. 
Darsda guruhlar bir-biriga xalaqit bermaydigan tarzda joylashadi. 
Guruhli usul barcha oʻquvchilar mustaqil mashgʻulotlarga yetarli darajada 
tayyor boʻlganlaridan soʻng qoʻllanilishi mumkin. 
Individual usul shundan iboratki, bunda har bir oʻquvchi mashq bajaradi, 
qolganlar esa uni kuzatib turishadi. Bunday usul yakunlovchi darslarda qoʻllaniladi. 
Bu oʻqituvchiga har bir mashq bajarilgandan soʻng yakun chiqarishga, oʻquvchilar 
e’tiborini mashqni yaxshiroq bajarishga, kamchilik va xatolarga karatishga imkon 
beradiki, bu ta’lim va tarbiya jixatdan juda muxim. 
Aylanib yurib shugʻullanish usuli - darsning ma’lum bir vaqtida oʻquvchilar 
4-8 kishilik bir necha guruhga boʻlinib, oʻqituvchi koʻrsatmasiga binoan turli 
snaryad yoniga yoki mashgʻulot joyiga boradilar va oʻqituvchi signali boʻyicha 
mashqlarni mustaqil bajara boshlaydilar. Ma’lum bir vaqt oʻtgach (30-40 sek), 
oʻqituvchi yangi signal beradi va oʻquvchilar boshqa snaryad yoki mashgʻulot 
urniga uyushgan xolda oʻtadilar. Barcha oʻquvchilar dars rejasida kuzda tutilgan 
ham mashqlar bilan shugʻullanib boʻlmagunlaricha shu tarzda davom etaveradi.
Oʻquvchilar bir snaryaddan ikkinchisiga oʻtib va barcha mashqlarni bajarib, 
guyo mashqlar doirasini tugallaganlari uchun bu usul aylanma usul deyiladi. Bu 
usulnishuning uchun ham trenirovka deb ataydilarki, uning asosiy maqsadga 
yoʻnalganligi shugʻullanuvchilarning jismoniy sifatlari rivojlanish darajasini 
oshirish va organizmning funksional imkoniyatlarini takomillashtirishdan iboratdir.
Bunga mashqlarni muayyan izchillikda, ixtiyoriy yoki berilgan sur’atda, muayyan 
vaqtda yoki ma’lum miqdorda koʻp martalab takrorlash orqali erishiladi. 
Darsda oʻquvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari qoʻyilgan vazifalar, 
sharoit, oʻquvchilar soni va ularning tayyorgarligiga bogʻliq. Bundan tashqari turli 


usullarning qoʻllanishi oʻquvching darsga boʻlgan qiziqishini va darsning 
samaradorligini oshiradi.
 
Oʻqituvchi darsga tayyorlanishda jismoniy ogʻirlik bilan 
bogʻliq masalalarni xal etadi. Jismoniy ogʻirlik deganda butun dars jarayoni va 
jismoniy mashqlarning shugʻullanuvchilar organizmiga koʻrsatadigan muayyan 
ta’siri tushuniladi. Jismoniy ogʻirlik ma’lum darajada jismoniy mashqlarning 
me’yori bilan, ya’ni mashqlar miqdori, ularning takrorlanishi, mashqlarni bajarishga 
ajratiladigan vaqt, shuningdek, ularni bajarish sharoitlari bilan belgilanadi.
 
Barcha jismoniy mashqlar shugʻullanuvchilar organizmiga ta’sir koʻrsatadi: 
ba’zilari koʻproq, ba’zilari ozroq. Koʻp miqdordagi mashqlardan iborat dars ancha 
ogʻir boʻladi. Shuning uchun darsdagi ogʻirlik har xil boʻladi, oʻqituvchi uni 
mutanosiblashtirib turishi shart. Oʻquvchilarga tushadigan ogʻirlik oshib ketishiga 
yoʻl qoʻymaslik kerak. Bu oʻquvchi toliqtiradi va ularning ish qobiliyatiga yomon 
ta’sir etadi. Shu Bilan birga mashgʻulot yengil ham boʻlmasligi kerak, chunki unda 
mashqlarning organizmga ta’siri kamlik qiladi. 
Oʻqituvchi har bir darsda oʻquvchilar organizmiga yetarlicha ogʻirlik berishi 
kerak. Bu ta’limiy vazifalar bilan birga organizmning zarur funksional faoliyatini 
yaxshilashni ham ta’minlaydi. Buning uchun jismoniy mashqlardan moxirona 
foydalanish va ularning shugʻullanuvchilar organizmiga qanday ta’sir etishini bilish 
kerak. 
Jismoniy mashqlarning organizmga ta’sirini aniqlaydigan koʻplab usullar 
mavjud. Ularga qoʻyidagilar kiradi: qon bosimi, tana harorati va pulsni oʻlchash, qon 
tarkibini tekshirish va boshqalar. Oʻqituvchi koʻrsatilgan usullardan koʻproq pulsni 
oʻlchashdan foydalanadi. 
Yugurish, yurish bilan yugurish, almashlab toʻsiqlarni oshib oʻtish yoki 
boshqa mashqlar boshlanguncha, oʻquvchining pulsi oʻlchanadi. Soʻng mashqlar 
oʻtkaziladi, shundan keyin puls qayta oʻlchanadi mashqlargacha va mashqlardan 
keyingi puls taqqoslanadi. Agar tezlashgan puls 3 daqiqa davomida mashq 
boshlanishigacha boʻlgan koʻrsatkichga sekinlashmasa, bu noxush signal sifatida 
qaraladi, ya’ni katta yuklama yoki oʻquvchining yurak-tomir tizimi faoliyatidagi 


kamchilikdan darak beradi. Oʻqituvchi har ikkala xolga ham jiddiy e’tibor berishi 
kerak.
Oʻquvchilar xolatini koʻrsatuvchi koʻplab tashqi belgilar mavjud: qoʻl va 
oyokning qaltirashi, yuzning toliqqan koʻrinishi, qad-qomatning boʻshashuvi, 
faollikning susayishi, yuzning oqarib ketishi, xolsizlik, mashqlarni bajarish 
sifatining yomonlashuvi, oʻquvching toliqishdan shikoyati va hakozo. Yuqoridagi 
barcha belgilar xaddan ziyod jismoniy ogʻirlik tushganining koʻrsatkichi hisoblanadi 
va oʻqituvchidan mashqlar miqdorini va suratini kamaytirishini yoki butunlay 
toʻxtatishni talab qiladi. 
Oʻqituvchi jismoniy ogʻirlikni oldinroq, dars rejasini tuzayotganda belgilaydi, 
dars jarayonida esa kuzatishlarga muvofiq ba’zi bir tuzatishlar kiritadi. Bunda 
ogʻirlikni asta-sekin ravishda oshirib borishga intilish lozim. Katta ogʻirlik dars 
asosiy qismining oʻrtasida berilishi kerak. Oʻquvchilarga tushadigan ogʻirlik xaddan 
oshib ketmasligi uchun qiyin mashqlarni bir oz osoni bilan, tanish mashqlarni esa 
notanish mashqlar bilan almashtirib turish kerak. 
Ogʻirlikni mutanosiblashtirishni koʻp miqdordagi, turli jismoniy 
tayyorgarlikka ega boʻlgan oʻquvching bir vaqtda shugʻullanishi qiyinlashtiradi. 
Mashgʻulotni oʻrtacha jismoniy tayyorgarlikka ega boʻlgan oʻquvchilarga 
muljallash kerak. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə