Mavzu: Ilk va qadimgi Misr podsholigi Режа


Misrshunoslik fanining rivojlanishi



Yüklə 131,5 Kb.
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü131,5 Kb.
#137621
1   2   3   4   5   6   7
Ilk va qadimgi Misr podsholigi

Misrshunoslik fanining rivojlanishi. XIX asr boshigacha qadimgi Misr madaniyati va tarixi bilan hech kim shug`ullanmagan. Qadimgi Misr yozuvi unitilgan edi. Faqat XIX asr boshlarida fransuz olimlari 1809-1828-yillarda 48 tomli «Misr tasviri» nomli kitobni nashr etdilar. Misr iyerogliflarini fransuz olimi Silvestr de Sasi va shved olimi Okerblad, ingliz olimi Tomas Yung oʻqishga harakat qildilar. Ammo qadimgi Misr yozuvi tizimini va iyerogriflarini oʻqish metodini fanning oʻtkir bilimdoni, misrshunoslik fanining asoschisi fransuz olimi Jak Fransua Shampol`on (1790-1832 yillar) ochdi. J. Shampol`on Grenobl shahridagi litseyda ta`lim oldi. Parijda taniqli lingvist Silvestr de Sasi rahbarligida Sharq tillarini oʻrgandi. Napoleon yurishlari vaqtida Misrda boʻlgan mashhur fransuz fizigi va matematigi Fur`ening hikoyalari tasiri ostida qadimgi Misr tiliga qiziqib qoldi. Shampol`on qariyb yigirma yil davomida qadimgi Misr yozuvini oʻrganib, bu yozuvni oʻqishning kalitini topdi. U 1822 yil 27 sentabrda Fransiya akademiyasida iyeroglif alfavitini ochganligi toʻg`risida ilmiy xabar qildi. Olim og`ir ilmiy mehnat va moddiy nochorlik tufayli, 1832 yil 42 yoshida vafot etdi. Shampol`ondankeyin ham Misryozuvinioʻzganishdavometdi. Nemis olimlari Lepsius va Brugsh «Misr xronologiyasi», «Misr fir’avnlari toʻg`risida» nomli asarlarini yaratdilar.
XIX asrning 80-yillaridan boshlab misrshunoslikda yangi bosqich boshlandi:
Katta hajmdagi maydonlarda olib boriladigan arxeologik qazilmalarni oʻtkazishning ilmiy asoslangan qat’iy metodikasi ishlab chiqildi. Arxeologik qazishmalar natijasida topilgan topilmalar tizimli oʻrganildi va doimiy saqlana boshlandi.
Topilgan yozma yodgorliklar filologik va tarixiy tahrir bilan chop etila boshlandi.
Qadimgi Misr tarixi va madaniyatning turli muammolari ishlanib, yirik asarlar toʻplami chop etila boshlandi. Misr topilmalari muzeyini tashkil qilgan va yirik arxeologik qazishmalar olib brogan olim O. Mariyettning misrshunoslik fani taraqqiyotidagi xizmati katta boʻldi. Ingliz tarixchisi Flinders Pitriuning davomchisi boʻldi. U III tomli «Qadimgi davrda Misr tarixi», Brested II tomli «Misr tarixi», Maspero «Misr tarixi» va Ed. Meyer «Qadimshunoslik tarixi» asarlarini yaratdilar. XIX asrning oʻrtalarida fransuz olimi O. Mariyett qadimgi Memfisdan muqaddas hoʻkizlar sog`onalarini topdi. G. Maspero XIX asr oxirida Sakkaradagi piramidalarni tadqiq qilib, V-VI sulola piramidalarining xonalari ichki devoridagi matnlarni chop qildi. Fiva shahrida u Yangi podsholik fir`avnlarining moʻmiyolari yashirilgan ulkan maxfiy joyni topdi.
Misrshunoslikning yangi davri XX asrning 20-yillariga toʻg`ri keladi. Angliyada «Kembridj Qadimgi tarixi» seriyasi chop etilib (I-XI tomlari 1928-1938-yillarda chop etildi), nemis olimlari A. Ermanva X. Tropye (1926-1931 y) V tomli Misr lug`atini tuzdilar.
A.Gardner III tomli «Vilbur papirusi», «Ramseslar davri ma’lumotihujjatlari» va «Misronomastikasi» asarlarini chop qiladi. Misrda asosiy arxeologik qazishmalarni Yevropa va AQSH olimlari olib bordilar. Faqat XX asrning 20-yillaridan boshlab oʻzi misrlik boʻlgan olimlar arxeologik qazishmalarni boshladilar.
Rus olimlari Misr tarixini oʻrganishda oʻz hissalarini qoʻshdilar. V.G. Barskiy 1727-1730-yillarda bir necha Sharq mamlakatlarini aylanib chiqib, shunda u Misrda ham boʻlgan. U Qohira, Rozett va Iskandariyada boʻlib, oʻzining «Sayohat» degan asarida Iskandariyaning mashhur yodgorliklaridan birini mufassal tasvirlangan. Barskiy bu tasvirlarga rasmlarni ilova qilgan. Muallif bu rasmlarni shu qadar sinchiklab ishlaganki, unda yodgorlikdagi iyeroglifni yozuvchi oʻz zamonasiga koʻra juda aniq aks ettirgan. Mashhur rus olimlari V. Turayev, I. Nikolskiy, V. I. Avdiyev va boshqalar misrshunoslik fanini rivojlantirishda muhim oʻrin egallaydilar.

Yüklə 131,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə