Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda tashkil topishining xususiyatlari Reja: Kirish


Foydaning mazmuni, foyda normasi va massasi



Yüklə 47,27 Kb.
səhifə4/5
tarix17.05.2023
ölçüsü47,27 Kb.
#110825
1   2   3   4   5
um1d

3.Foydaning mazmuni, foyda normasi va massasi
Korxona foydasi ( yalpi foyda)-korxonaning barcha pul daromadlari va qilingan sar-xarajatlari o’rtasidagi faqr.
Korxonaning sof foydasi (sof foyda) korxona umumiy foydasidan soliqlar va bosh majburiy to’lovlar chiqarib tashlagandan keying qolgan qismi.
Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qilad. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatining foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi, amaliyotda foyda normasini xisoblashning ikki usulidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflariga-korxona xarajatlariga yoki avanslanga mablag’larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatdir.
Bular quyidagicha aniqlanadi:
R'=(P/W)*100
bu yerda: R’-foyda normasi; P-foyda massasi; W- iqtisodiy yoki ishlab chiqarish xarajatlari;
R'=(P/Kavans)*100
bu yerda: R’-foyda normasi; P-foyda massasi; K-avans –korxona avanslangan mablag’lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o’rtacha yillik qiymati.
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to’g’ri mutanosib hamda foydalanilgan avanslangan mablag’lar qiymatiga teskari mutanosibdir.
Yalpi foydaning hosil bo’lishi va taqsimlanishi:
Pul daromadlari tushumi- Ishlab chiqarish xarajatlari=Yalpi foyda
Foydaning o’sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o’zgarmagan holda ikki yo’l bilan:
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish xisobiga
Narxni oshirish hisobiga erishish mumkin.
Yalpi foyda:
Renta to’lovlari
Olingan kredit uchun to’lovlar
Soliqlar
11
Xayriya va boshqa fondlardan ajratmalar
Sof foyda
Sof foydaning taqsimlanishi: investitsiyaga; kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga; ijtimoiy fonlarga; ekologiya uchun ajratmalar; biznesga (korxona egalari va ishchilariga) tegishli shaxsiy daromadlar.

12
4.Ishlab chiqarish samaradorligi, uning ko’rsatkichlari va omillari


Samaradorlik- bu “natija” va “xarajat”lar nisbatidir. Samaradorlik ishlab chiqarish pirovard natijasining qilingan resurs xarajatlariga nisbatining foizdagi ifodasidir.
Samaradorlikning asosiy ko’rsatkichlari:
Foyda normasi (P’), ya’ni olingan foydaning (P) iqtisodiy resurs xarajatlariga (Ux) nisbati Р'= Р/ Ux*100 yoki Р'= foyda/xarajat*100%.
Samaradorlik iqtisodiy resurslarning alohida turlari bo’yicha ham aniqlanadi:
Ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi (U) – mehnat unumdorligi ko’rsatkichini xarakterlaydi. Bu ko’rsatkich vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (M) bilan yoki mahsulot birligini ishlab chiqarishga ketgan vaqt (V) bilan aniqlanadi МU=M/V ;
Kapital samaradorligi – capital unumdorligi (Uk) ko’rsatkichida aniqlanadi. U kapital (K) birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Y) yoki bajarilgan ish (Y1) hajjmini ko’rsatadi Uk = Y / K ёки Uk= Y1/K ;
Yerdan foydalanish samaradorligi – erkin maydonlari birligi xisobiga ishlab chiqarilgan qishloq xo’jalik mahsulotlari hajmi ko’rsatkichida ifodalanadi. Alohida erkin turlari hosildorligi ham yerlardan foydalanish unumdorligini ko’rssatadi
UN = YN / N.
Samaradorlikni aniqlash mahsulotning mehnat sig’imi, material sig’imi, energiya sig’imi kabi ko’rsatkichlar ham qo’llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har birligini yaratish uchun ketgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi. Bu ko’rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir biri bilan chambarchas bog’liq va bir birini to’ldiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligi natijaviy ko’rsatkich foyda miqdoriga to’g’ri mutamnosiblikda iqtisodiy resurss sarf-xarajaatlariga teskari mutanosiblikda o’zgaradi shu sababli samaradorlikni ochilishga boshqa sharoitlarr o’zgarmay qolganda ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini ko’paytirish va unga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish, ya’ni tejamkorlik tamoyillariga amal qilish orqali erishiladi.
Vertikal diversifikasiyalash- bir xil yo’nalishda ixtisoslashgan korxonarlarning tarmoq darajasida ishlab chiqaradigan mahsulotlari turini ko’paytirish va
13
tarmoq darajasida ishlab chiqaradigan mahsulotlari turini ko’paytirish va
faoliyatlarni tarmoq ichida kengaytirishni bildiradi.
Gorizantal difersifikasiyalash- turli tarmoq korxonalari (sanoat, qishloq, transport, qurilish va h.k)ning yagona texnologik jarayonga qo’shilib borishi orqali mahsulot turlarining ko’payishi va faoliyatlarining tarmoqlararo kengayishini anglatadi.
Konglomerat difersifikasiya-korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini texnologik jarayon, tovar turlari va turli bozorlar talabini hisobga olib ko’paytirishga yo’naltiriladi
Korxonalarni yalpi xarajatlari (IH) doimiy (DX) va o`zgaruvchan (OX) xarajatlardan iborat bo`ladi.
Doimiy xarajatlar — bu ijara to`lovi, qorovullik xizmati to`lovi, boshqaruvchi va muxandislar maoshi va shu kabilardan iborat bo`ladi va ishlab chiqarish xajmiga bog`liq bo`lmaydi.
O`zgaruvchan xarajatlar — doimiyga kirmagan boshqa hamma xarajatlar, ya’ni xom ashyo, materiallar, yoqilg`I, elektr energiya, ish haqi va shunga o`xshashlardan iboratdir. Korxona faoliyatini tashkil etish va oqilona boshqarish mahsulot birligiga qilingan xarajatlar (O`IH) bilish muhimdir. O`rtacha xarajatlar, umumiy xarajatlar miqdorini korxona ishlab chiqargan mahsulot hajmiga bo`lish orqali hisoblanadi. Xuddi shu yo`sinda o`rtacha doimiy (O`DX) va o`rtacha o`zgaruvchan (O`O`X) xarajatlar farqlanadi.
Korxona faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish uning miqdorini muttasil oshirib borishdan iboratdir, ushbu xol esa chegaraviy xarajatlar tshunchasini qo`llashga sabab bo`ladi.
Chegaraviy xarajatlar (ChX) deganda hisoblangan va aslida ishlab chiqarish hajmiga nisbatan har bir qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar.
Asosiy faoliyatga doir xarajatlar deganda, korxona ustavida belgilangan asosiy faoliyat bilan bog’liq xarajatlar tushuniladi. “Xarajatlar tarkibi to’g’risida” gi Nizom va 21-son BHMSga muvofiq korxonalarning asosiy faoliyati bilan bog’liq xarajatlar quyidagi to’rtta quyi guruhga bo’linadi.
Sotish tannarxiga kiritilgan xarajatlar – bularga sotilgan mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning tannarxiga kiritilgan xarajatlar kiradi, mahsulot ishlab chiqarilishi bilan bog’liq xarajatlar sotilgan mahsulotlarning tannarxini tashkil qiladi va hisobotlarda sotishdan olingan daromadlar bilan taqqoslanadi

14

15
Xulosa
Demak xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlarini miqdori qo`llanilayotgan resurslarni miqdoriga bog`liq. Ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan resurslarning miqdorini ayrim hollarga nisbatan tez o`zgartirish mumkin, boshqa hollarda esa u uzoq davrni talab etadi. Binobarin, iqtisodiy tahlil jarayonida qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarni farqlash zarurdir. Iqtisodiy nuqtai nazaridan ular o`rtasidagi farq ishlab chiqarish quvvatlarini o`zgartira olishidadir. Qisqa muddatli davrda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tshurish mumkin. Shunga ham e’tibor berish kerakki, ushbu davrlarni chegarasi har xil tarmoqlarda turlichadir. Qisqa va uzoq davrini farqlash firmani foydasini ko`paytirish strategiyasi va taktikasini aniqlashda muhimdir.
Ishlab chiqarishda  tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qoʻshimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan koʻrinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qoʻshimcha mahsulot yoki qoʻshimcha qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga koʻra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori boʻlgan taqdirda foyda oladilar. Xom-ashyo xarajatlarini kamaytirish imkoniyati kattaroqdir. Isrofgarchilikka yo’l qo’ymay, resurslardan tejab-tergab foydalanish xarajatlarni kamayishiga sabab bo’ladi.

16


Yüklə 47,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə