Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

7.
Shu’ba
 
korxonalarning nazorat paketi bo‘lmagan aksiyalari
. Uning hisobiga 
bank boshqa tarmoqlarning korxonalarida ulushga ega bo‘lishi mumkin.
 
 
 
2-bob

Bank kapitalining miqdorini hisoblash va uning yetarliligi.
Mamlakatimiz banklari orasida o‘ziga xos nufuzga ega bo‘lgan respublika 
Davlat-tijorat Xalq banki Samarqand viloyat hududiy filialining ayni kunlarda 20 ta 
markaziy filiali, 49 ta mini bank, 211 ta shahobcha va sayyor kassalari, shuningdek 36 
ta mahsus kassalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardagi 1289 nafar xodimlar tomonidan 
jismoniy va huquqiy shaxslarga moliyaviy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kunga 
kelib bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlari soni 439,5 ming taga yetdi. 
Ularning 3,8 mingtasini korporativ mijozlar, shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlik 
sub’ektlari tashkil etsa, 435,7 mingtasi jismoniy shaxslardan iborat. 
2009 yil yakunlariga ko‘ra, bankning jami aktivlari 55,4 mlrd.,4 mlrd. So‘mga 
ko‘payishiga erishildi. Jami aktivlarning 45638,0 million so‘mi, ya’ni 82,4 foizi 
daromad keltiruvchi aktivlarni tashkil qildi.
2009 yil yakunlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bank kapitali 2666,7 million 
so‘mga yoki ushbu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 614,9 million so‘mga ko‘payishga 
erishganiga guvoh bo‘lamiz. Yagona moliyaviy dastur asosida faoliyat yuritilgani bois
bankimiz joriy yilning uchinchi choragini 323,9 million so‘m sof foyda bilan yakunladi. 
2009 yil 25 iyulda o‘tkazilgan navbatdan tashqari Davlat-tijorat Xalq banki aksiyadorlar 
yig‘ilishida ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish orqali oshirish to‘g‘risida 
qaror qabul qilindi.Joriy yilda bank ustav kapitali 30 mlrd. So‘mga oshirildi va e’lon 
qilingan ustav kapital qo‘shimcha ravishda 60 000 dona oddiy aksiyalar yopiq tarzdagi 
joylashtirish orqali 130 mlrd. So‘mga yetkazildi.Qo‘shimcha tarzda chiqarilgan 
aksiyalar joylashtirilishi yakuni bo‘yicha Xalq banki ustav kapitalida aksiyadorlar 
ulushi quyidagicha tashkil etdi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi – 66,3 mlrd. 
So‘m (51,0%), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki – 63,7 mlrd. So‘m (49,0%). 
Xalq bankida mijozlar manfaatlarining doimo ustuvorligi bois,ham ko‘rish mumkin. 
Chunonchi, 2010 yil 1 yanvar holatiga resurs bazasi 52,1 mlrd. So‘mni tashkil qilib
ushbu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 19,2 mlrd. So‘mga ko‘paydi. Mazkur 
ko‘rsatkichlarning asosan jismoniy va yuridik shaxslarning bankka jalb qilingan 
mablag‘lari hisobidan o‘sishiga erishildi. Bu esa, o‘z navbatida, bank filiallarining 
hududlarni rivojlantirish dasturlariga kiritilgan investitsion loyihalarni moliyaviy 
qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish jarayonlarini texnik va texnologik yangilash va 
modernizatsiyalash jarayonlarida bankning ishtirokini kengaytirish va iste’mol bozorini 
kreditlash orqali aholi farovonligini oshirishdagi bank tomonidan amalga oshirilayotgan 
ishlarni yanada jonlantirish imkoniyatlarini oshirdi. Erishilayotgan yutuqlar ham shunga 
yarasha bo‘layapti. Buni raqmlardan


Bankning Samarqand viloyat filiallari tomonidan bankning barqarorligi, uning 
raqobatdoshligini oshirish nuqtai-nazaridan optimal va har taraflama muvozanatlashgan 
kredit portfelini shakllantirish asosida bir qator ishlar olib borilmoqda. 
Joriy yil 1 aprel holatiga ko‘ra, viloyat bo‘yicha jami kredit qo‘yilmalari 52,7 mlrd. 
So‘mdan iborat bo‘lib, shundan 34,5 mlrd. So‘mini uzoq muddatli kreditlar va 4,7 mlrd. 
So‘mdan ortig‘ini agrar soha sub’ektlariga ajratilgan imtiyozli kreditlar hamda 911,9 
million so‘mini lizing amaliyotlari bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar tashkil etadi. Bank 
filiallari tomonidan ajratilgan bu mablag‘lar, asosan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 
oziq-ovqat va noziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirishga hamda 
dehqon-fermer xo‘jaliklari faoliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 
Ma’lumki, mamlakatimizda oxirgi yillarda nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab 
chiqarishni kengaytirish masalasiga katta e’tibor qaratilayotir. Bunday maqsadlardagi 
loyihalarni moliyalashtirish esa Xalq banki Samarqand viloyat filiali jamoasining 
doimiy diqqat e’tiborida. Ushbu yo‘nalishlarga o‘tgan yili 2,4 mlrd. So‘m yo‘naltirildi. 
Joriy yilning birinchi choragi davomida esa 1,2 mlrd. So‘mga yaqin miqdorda kreditlar 
ajratilib, korxona va tashkilotlar tomonidan yangi ishlab chiqarishni tashkil etish va 
kengaytirish evaziga 125 nafar ish o‘rni yaratildi. 
Bundan tashqari, «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturiga muvofiq 
bank tomonidan qator ishlar amalga oshirildi, Chunonchi, chetdan naslli mollar sotib 
olib kelish uchun 155,0 million so‘m parrandachilik xo‘jaliklarini tashkil qilish uchun 
581,0 million so‘m, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish uchun 632,9 
million so‘m, qurilish materiallari ishlab chiqarishga 230,0 million so‘m miqdorida 
maqsadli kreditlar ajratilgan. 
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligi korxonalari g‘alla 
yetishtirish harajatlarini tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlash» qarori ijrosini 
ta’minlash yuzasidan joriy yil g‘alla hosilini yetishtirish uchun 341 ta fermar xo‘jaligiga 
3,9 mlrd. So‘mdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratildi. 
Viloyat filiallarida Vazirlar Mahkamasining «Plastik kartochkalar asosida hisob-
kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori 
talablaridan kelib chiqqan holda, maqsadli tadbirlarning amalga oshirilishi davom 
ettirilmoqda. O‘tgan 2009 yil davomida bank mijozlariga jami 17,4 ming dona plastik 
kartochkalar emissiya qilindi. Fuqarolarga chakana savdo sub’ektlarida harid qilingan 
tovarlar mahsulotlar, shuningdek, korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan 
xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish 
maqsadlarida joylarda chakan savdo va pulli xizmat shahobchalarida 472 ta savdo 
terminallari, bank filiallarida 1 tadan bankomat va infokioskalar o‘rnatildi. Terminallar 
orqali 2009 yil davomida o‘tkazilgan transaksiyalar xajmi 226,3 mlrd. So‘mdan ortiqni 
tashkil etdi, shundan savdo aylanmalari 223,4 mlrd so‘mdan iborat bo‘ldi. 
Aholining bo‘sh pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilish bank jamoasining muhim 
vazifalaridan biri hisoblanadi, — deydi bankning Jamg‘arma ishlarini rivojlantirish va 
qimmatli qog‘ozlar sho‘’basi mudiri Jalol Qurbonov. — Bu borada ko‘rilgan chora-
tadbirlar natijasida 2010 yil 1 yanvar holatiga mavjud bo‘lgan 9,1 milliard so‘mlik 
muddatli va jamg‘ariluvchi omonatlar qoldig‘i joriy yilning 1 aprel holatiga kelib 9,6 


milliard so‘mga yetkazilishiga yoki 491,1 million so‘mga oshirilishga erishildi. Aholi 
omonatlari xajmining o‘sishida bank mijozlari uchun manfaatli va jozibali shartlarga 
asoslangan yangi omonat turlarining amaliyotga joriy qilinishi ham muhim o‘rin tutdi. 
Natijada, yangi «Ko‘klam-2» omonatiga 207,1 million so‘m, «Sayohat-2» yutuqli 
omonatiga 7,3 million so‘m, «Navro‘zi olam» yutuqli omonatiga 43,3 million so‘m 
miqdoridagi bo‘sh pul mablag‘lari jalb qilinib, bank filiallari resurs bazasining 
kengayishi hamda investitsion salohiyatining mustahkamlanishiga zamin yaratdi. 
Aholiga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 
tizim tarmog‘ini kengaytirish va optimallashtirish yuzasidan maqsadli tadbirlar amalga 
oshirildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 511-sonli qarori ijrosini ta’minlash 
maqsadida aholiga foydalanilgan elektr energiyasi, gaz uchun to‘lovlarni amalga 
oshirilishida qulaylik yaratish maqsadida tuman va gaz elektr tarmoqlar korxonalari 
qoshida 33 ta maxsus kassalar faoliyati tashkil etildi. Xalq banki muassasalari orqali 
o‘tgan yil davomida aholidan 18,9 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi kommunal 
to‘lovlar qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya 
ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
hukumat qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq bankining barcha filiallarida 
tegishli bo‘linmalar tashkil etilib, ularga alohida mutaxassislar tayinlandi.
2010 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra taqdim etilgan 580,8 ming nafar tizim 
ishtirokchisiga oid ma’lumotlar yagona bazaga kiritilib, hisobvaraqlari ochilishi 
ta’minlangan va boriladigan pensiya daftarchalari tarqatilgan.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan raqamlar shuni ko‘rsatadiki, Xalq banki 
Samarqand viloyat filiali jamoasi bank tizimini rivojlantirishga qaratilgan hukumat 
dasturlarining izchillik bilan ijrosini ta’minlashda ishtirok etgan holda, mijozlarga 
namunali moliyaviy xizmatlar ko‘rsatmoqda.
Xalq banki — mening, sizning, uning ... demak, aholining barcha toifalari uchun 
xizmatga tayyor ekanligi amalga oshirilayotgan ishlardan yaqqol ko‘rinib turibdi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə