Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


Bank kapitalining miqdorini hisoblash



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

2.1.Bank kapitalining miqdorini hisoblash. 
Bank qanday miqdorda kapitalga ega bo‘lishi kerakligini aniqlashdan oldin, kapital 
qanday qilib hisoblanishini o‘rganish kerak. Hozirgi paytda kapital miqdorini 
aniqlashning bir necha usullari qo‘llaniladi ammo mijozlar hamda nazorat organlariga 
taqdim qilinadigan ma’lumotlarda ma’lum qarama – qarshiliklar mavjud. 
«
Umum qabul qilingan buxgalteriya hisobi prinsiplari» bo‘yicha kapital
.
Kapital 
balans qiymati bo‘yicha («umum qabul qabul qilingan buxgalteriya hisobi prinsiplari» 
deb nomlanadi) baholanishi mumkin. Bunday hoda bank balansida aktivlari va 
passivlari ular olingan yoki chiqarilgan paytdagi qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Albatta, 
foiz stavkalarining o‘zgarishi, ba’zi kreditlar va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha 
majburiyatlarning bajarilmasligi oqibatida aktivlar va passivlarning bozor qiymati
boshlang‘ich balan qiymatidan farqlanadi. Ammo ko‘pgina bank boshqaruvchilari 
uchun bozor qiymatini emas, balki balans qiymatini o‘lchov vositasi sifatida 
ishlatishadi: 


Bank kapitalining Bank aktivlarining Bank passivlarining 
balans qiymati = balans qiymati - balans qiymati 
 
Bank kreditlari va qimmatli qog‘ozlari o‘z bozor narxini o‘zgartib turishi davrida
kapitalning balans qiymatiga kapitalning yetarlilik darajasi indikatori sifatida qaralishi 
ko‘p jihatdan maqsadga muvofiq emas.
«Buxgalteriya hisobining tartibga solish pritsiplari» ga ko‘ra kapital
.
Bankm 
kapitalini hisoblashning alternativ (balans qiymatiga ko‘ra hisoblashdan unchalik afzal 
bo‘lmagan) usuli tartibga solinadigan kapital kattaligidir. Ko‘p yillar davomida, nazorat 
organlari, banklarni chet kuzatuvchilar nigohida (haqiqatdagi holatdan ancha yiroq 
holda) mustahkam va obro‘li ekanligi tasdiqlash uchun bank kapitalini quyidagi tartibda 
aniqlash tartibini belgilashgan: 
Bank kapitali = Aksionerlar kapitali (oddiy aksiyalar + taqsimlanmagan foyda va 
rezervlar) + Muddatsiz imtiyozli aksiyalar + Kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar 
bo‘yicha rezervlar + Subordinar majburiyatlar (qarz) + Boshqalar. 
Nazorat organlari tomonidan kapital tarkibiga qarz majburiyatlari, «omadsiz» 
kreditlar bo‘yicha rezervlar va shu’ba korxonalidagi bank ulushini kiritilishi
banklarning moliyaviy ahvolini haqiqatga nisbatan yaxshiroq ko‘rsatishga urinish deb 
hisoblanishi mumkin.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə