Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


Banklarni risklardan himoya qilish



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

Banklarni risklardan himoya qilish. 
Albatta, mazkur risklardan banklar o‘zlarini 
turli usullarni qo‘llagan holda himoya qilishadi. Amaliyotda bank moliyaviy 
pozitsiyasini saqlab qolishning bir necha «himoya chizig‘i» mavjud. Ular jumlasiga 
aktivlar sifatini boshqarish, aktivlarni diversifikatsiyalash, depozitlarni sug‘urtalash va 
xususiy kapitalni kiritish mumkin. 
1. Sifatni boshqarish
.
Mavjud himoya usullaridan biri sifatni boshqarish, ya’ni bank 
menejmenti tomonidan muammo yechib bo‘lmas darajaga ko‘tarilmasdan hal etilishi 
hisoblanadi. 
2. Diversifikatsiya
.
Bank mablag‘larining manbalari va ularni joylashtirishni 
diversifikatsiyalash – risklarni kamaytirish yo‘llaridan biridir. Odatda banklar risklarni 
kamaytish bo‘yicha diversifikatsiyaning ikki – portfel va geografik - turidan 
foydalanishadi. Portfelning diversifikatsiyasi – kreditlar va depozitlarni keng qamrovli 


mijozlar (yirik va kichik biznes sub’ektlari, turli tarmoqlar va oilalar) o‘rtasida 
taqsimlanishidir. Geografik diversifikatsiya turli iqtisodiy sharoitga ega bo‘lgan 
geografik mintaqalar yoki mamlakatlardan mijozlarni jalb qilishni ko‘zda tutadi. 
3. Depozitlarni sug‘urtalash
. Risklardan himoyalanishning yana bir turi 
depozitlarni sug‘urtalashdir. «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash 
kafolatlari to‘g‘risidagi» O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga ko‘ra, fuqarolarning 
banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tashkil qilinib, uning faoliyati jamiyatning 
bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgandir. Ushbu qonunning 100 
moddasiga muvofiq: «Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha Fond mablag‘lari 
hisobidan omonatlarning qoldig‘i bo‘yicha quyidagi miqdorlarda haq to‘lash 
kafolatlanadi: 
litsenziya chaqirib olingan kundagi holatga ko‘ra omonatlar qoldig‘i qonun 
hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda 
bo‘lganda - to‘liq hajmda; 
agar omonatlarning qoldiqlari eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdoridan 
ortiq bo‘lsa, - litsenziya chaqirib olingan kundagi holatga ko‘ra qonun hujjatlarida 
belgilangan eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdoridan ko‘p bo‘lgan 
omonatlar qoldiq summasining 90 foizi miqdorida, lekin qonun hujjatlarida belgilangan 
eng kam oylik ish haqining ikki yuz ellik baravari miqdoridan ortiq bo‘lmagan 
summada. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə