Bank kapitalining minimal miqdoriga qo‘yilgan talab yuzasidan hisob – kitob bo‘yicha misol . O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Tijorat banklari
kapitalining yetarliligiga qo‘yilgan talablar to‘g‘risida Nizom» ga ko‘ra (O‘z.R.AV da
949 son bilan 2000 yil 25 iyulda ro‘yxatga olingan):
1. Asosiy (1 – darajali) kapitalning tavakkalchilik hisobga olingan holdagi jami
aktivlarga nisbati 5% dan kam bo‘lmasligi;
2. Umumiy kapitalning (ya’ni, 1 – va 2 – darajali kapital yig‘indisi) tavakkalchilik
hisobga olingan holdagi jami aktivlarga nisbati 10% dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.
Bank balansi va balansdan tashqari hisobvaraqlardagi aktivlar birligi risk
koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi.
Faraz qilaylik, tijorat banki 6 mlrd. so‘mlik umumiy kapital, 100 mlrd. so‘mlik
aktivlar va quyidagi balans va balansdan tashqari hisobvaraqlarga ega:
Balans hisobvaraqlari summa Naqd mablag‘lar
5000
Xukumat va Markaziy bank emitentlashtirgan qimmatli
qog‘ozlar
20000
Boshqa banklardagi mablag‘lar
5000
Uy – joy qurilishi uchun uzoq muddatli ssudalar
5000
Tijorat kreditlari
65000
Jami balans aktivlari 100000 Balansdan tashqari hisobvaraqlar Alohida depozit hisobraqami bilan ta’minlangan
moliyaviy zahira akkreditivi
10000
Turli korxonalarga kredit majburiyatlari – uzoq muddatli
20000
Jami balansdan tashqari hisobvaraqlar 30000 Ushbu bank uchun umumiy kapitalning jami aktivlarga nisbat ko‘rsatkichi (6000 /
100000 *100%) 6% ga teng.
Ammo kapital standartlari jami aktivlarga emas, balki risk hisobga olingan holdagi
aktivlarga bog‘langan. Misol sifatida keltirilayotgan bankning risk hisobga olingan
holdagi aktivlari hajmini hisoblash uchun quyidagilarni amalga oshiramiz:
1.
Balansdan tashqari hisobvaraqlarning kredit ekvivalentini hisoblaymiz.