Mavzu: Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo’llari


Kapitalni ichki manbalar hisobidan jalb qilish



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/45
tarix17.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#101022
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
Mavzu Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davrida bank kapitali

Kapitalni ichki manbalar hisobidan jalb qilish. 
Bank kapitalining asosiy manbasi 
bo‘lib, aksionerlarga to‘lanmagan va bank ixtiyorida qolgan foyda hisoblanadi.Kapitalni 
jalb qilishning bu usulining afzal tomoni shundan iboratki, bank kapitalni shakllantirish 
jarayonida ochiq bozordan mustaqil bo‘ladi hamda shu bilan birga qarzlarni 
joylashtirish va unga xizmat qilish bo‘yicha harajatlardan holi bo‘ladi. Ichki 
imkoniyatlardan foydalangan holda kapital miqdorini oshirish, aksiyadorlarning bank 
faoliyati ustidan nazorati darajasini kamaytirmaydi va divedentlar hajmiga ham salbiy 
ta’sir etmaydi, balki aksincha bu jarayonlarni mustahkamlaydi. Masalan, kapitalni 
ko‘paytirish maqsadida aksiyalar muomilaga chiqarilishi rejalandi. Aksiyalarning bir 
qismi tabiiy ravishda yangi aksiyadorlarga sotiladi. Mazkur yangi aksiyadorlar bank 
tomonidan olinadigan foydaning bir qismiga egalik qiladi va bankning siyosatiga 
aralashish hamda uni yo‘naltirish huquqini qo‘lga kiritadi. 
Ichki manbalar hisobidan mablag‘ jalb qilishning bir necha salbiy jihatlari ham 
mavjud, masalan ular to‘lig‘incha soliqqa solinadi va bank tomonidan nazorat qilinishi 
mumkin bo‘lmagan iqtisodiy holat va foiz stavkalarining o‘zgarishi riskiga
sezuvchandir. 
Dividend siyosati
. Qo‘shimcha kapitalga bo‘lgan ehtiyojning qondirishda foydadan 
foydalanish chog‘ida, asosiy e’tibor joriy foydaning qancha qismi taqsimlanmagan 
holda qolishi va qancha qismi aksiyadorlarga dividend sifatida tarqatilishi masalasining 
yechimiga karatiladi. Taqsimlanmagan foyda miqdorining kattaligi bankni boshqarishda 


muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, past darajada o‘rnatilgan kattalik (ya’ni foydaning
asosiy qismi divedendlar to‘lashga yo‘naltirilsa) bank kapitalining ichki manbalari 
hamda bankning daromad keltiruvchi aktivlarining o‘sishini sekinlashtiradi va ma’lum 
darajada chegaralaydi. Ushlangan foydaning ko‘pligi esa (ya’ni dividendlar to‘lashga 
kam miqdordagi foyda yo‘naltiriladi) aksionerlarga to‘lanadigan dividentlarning 
kamayishiga, bu esa o‘z navbatida aksiyalar narxining pasayishiga olib kelishi mumkin. 
Bank aksiyalarining yuqori bozor qiymatini ta’minlovchi siyosat bankning optimal 
dividend siyosati deb ataladi. Garchi bank aksiyalarining daromadliligi darajasi boshqa 
investitsiyalar bo‘yicha daromad darajasiga teng yoki ortiq bo‘lsa, banka yangi 
aksiyadorlarni jalb qilinishi va mavjud aksiyadorlarni esa ushlab qolish imkoniyati 
yaratiladi. To‘lanadigan dividendlar miqdorining kamayishi aksiyalar bozor bahosining 
kamayishiga, investitsion muhitning yomonlashuviga olib kelishi ko‘plab tadqiqotlar 
davomida tasdiqlangan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə