Mavzu: Jamoat transportining imtiyozli harakatini tashkil etish


Yo‘lovchi transporti harakati uchun ajratilgan bo‘lak tashkil etish mezonlari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə2/4
tarix12.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#148608
1   2   3   4
3-Amaliy mashg\'ulot JTT22-23-TL

Yo‘lovchi transporti harakati uchun ajratilgan bo‘lak tashkil etish mezonlari


Mazkur yo‘nalishda bo‘laklar soni

Avtobuslar harakati jadalligi NA, avto/soat

Bitta harakat bo‘lagiga to‘g’ri keluvchi transport vositalari harakati
jadalligi, NA, avto/soat

Ajratilgan bo‘lak turi

3

NA>40

400A<800

Тransport oqimi harakati yo‘nalishida o‘ng
chetki bo‘lak (A tur)

NA>80

500A<800

Тransport oqimi harakati yo‘nalishida chap
chetki bo‘lak (B tur)

Reversiv harakak bo‘lagi (V tur)

Yo‘l yotiq chiziqlari o‘qlari qo‘shilishi va qarama-qarshi harakat uchun bo‘lak sifatida foydalanish hisobiga transport oqimi harakati yo‘nalishida chap chetki bo‘lak (G
tur)

4

NA>40

400A<900

Тransport oqimi harakati yo‘nalishida o‘ng
chetki bo‘lak (A tur)

NA>80

500A<900

Тransport oqimi harakati yo‘nalishida chap
chetki bo‘lak (B tur)

Reversiv harakak bo‘lagi (V tur)

Yo‘l yotiq chiziqlari o‘qlari qo‘shilishi va qarama-qarshi harakat uchun bo‘lak sifatida foydalanish hisobiga transport oqimi harakati yo‘nalishida chap chetki bo‘lak
(Gtur)
















Shahar yo‘lovchi transporti harakati uchun ajratilgan bo‘lakni tashkil etish qo‘llaniladigan yo‘l harakatini tashkil etish texnik vositalari bo‘yicha ham sinflanadi. 4 ta asosiy guruhdan iborat texnik vositalar.4.1 – rasmda keltirilgan.
Shahar yo‘lovchi transporti imtiyozli harakatini tashkil etish bo‘yicha jaxonning turli rivojlangan davlatlarining boy tajribasi mavjud. 8.4.2- rasmda shahar yo‘lovchi transporti harakati uchun ajratilgan bo‘lak tashkil etish turlarining sinflanishi keltirilgan.
Ajratilgan bo‘lakning quyidagicha turlari mavjud:
1. Тrotuar yonida joylashuvchi chetki o‘ng bo‘lak. Тrotuar yonida joylashuvchi chetki o‘ng bo‘lak ajratilgan bo‘laklarning an’anaviy keng tarqalgan turi hisoblanadi. Bunday ajratilgan bo‘laklar asosiy oqim yo‘nalishida joylashib, oddiy hisoblanadi va minimal kapital xarajat talab etadi(8.4.2-rasm).
2.Chap chetki bo‘lak avtobuslar harakati uchunajratilgan.
Bunday ko‘rinishdagi bo‘lak yo‘nalishli transportlar uchun ajratilib, asosiy oqim yo‘nalishida chap chetki bo‘lakda tashkil etiladi (4.4-rasm).


2-rasm. Yo‘lning o‘ng tomonidan jamoat transporti uchun ajratilgan bo‘lak ko‘rinishi

3-rasmda boshqacha ko‘rinishdagi yo‘lning ikkinchi o‘ng bo‘lagi jamoat transporti uchun ajratilgan bo‘lak tasviri keltirilgan.


3-rasm. Yo‘lning ikkinchi o‘ng bo‘lagi jamoat transporti uchun ajratilganbo‘lak



.4-rasm. Yo‘lning chap chetki bo‘lagida tashkil etilgan ajratilgan bo‘lak

5-rasm. Jamoat transporti uchun ajratilgan bo‘lakning asosiy transport oqimiga qarshi yo‘nalishda tashkil etilishi





  1. Asosiy oqim yo‘nalishiga qarshi ajratilgan bo‘lak. Bunday turdagi ajratilgan bo‘laklarda avtobuslar harakati transport vositalari asosiy oqimi harakatiga qarshi yo‘nalishda tashkil etiladi va bunday ajratilgan bo‘laklar o‘zining oddiyligi bilan tavsiflanadilar (5-rasm). Bundayajratilgan

bo‘laklarni harakat bir tomonlama tashkil etilgan yo‘llarda tashkil etishda yagona muammo oraliq bekatlarni qarama-qarshi tomonda tashkil etish talab etilishidadir.
Yo‘lovchi transporti uchun ajratilgan bo‘lak tashkil etishning so‘nggi varianti bu ikkiyoqlama harakatli ko‘chaga o‘xshash bo‘lib, yo‘nalishlardan bittasi jamoat transporti harakati uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunday holatlarda ajratilgan bo‘lak yo‘lning chap tomonida tashkil etiladi va qarama- qarshi yo‘nalishlar transport oqimi harakatini ajratish uchun bar’yerlar va maxsus ustunlardan foydalaniladi. Shuningdek, yo‘lovchi jamoat transporti uchun xizmat qiladigan ko‘chalar ham tashkil etiladi. Ular faqat avtobuslar harakati uchun tashkil etiladi (6-rasm). Bunday ko‘chalarga hududdagi korxona, do‘kon va shu kabilarga xizmat ko‘rsatish uchungina boshqa turdagi transport vositalari kirishiga ruxsat beriladi.

6-rasm. Avtobuslar harakati uchun ajratilgan ko‘cha.


Shahar yo‘nalishli transport uchun ajratilgan bo‘laklarning har xil ko‘rinishdagi variantlari yuqorida keltirib o‘tildi. Ulardan shahar yo‘nalishli transport uchun ajratilgan bo‘laklarni tashkil etishni tanlashda mazkur ko‘chada harakatlarnuvchi transport oqimining tarkibi, harakatlanish bo‘laklarining soni, yo‘nalishli jamoat transporti oraliq bekatlari soni va joylashuvi, transport va piyodalar harakati jadalligi, ko‘cha-yo‘l tarmoqlari yaqinida korxonalarning mavjudligi, yo‘ldan yuklarni olib kirish-chiqish imkoni mavjudligi va h.k.larni hisobga olish zarur (4-jadval).


4-jadval
Jamoat transporti uchun alohida bo‘laklar ajratish asosiy variantlari

Bo‘laklar

Afzalliklari

Kamchiliklari

Chetki o‘ng

Keng tarqalgan oddiy tashkil etish usuli
Minimal kapital xarajat

Asosiy oqim uchun o‘ngga qayrilishni amalga oshirishning qiyinligi
Avtomobillar to‘xtashi va to‘xtab turishining bartaraf etilishi
Korxonalarga ko‘cha-yo‘l tarmoqlari maxsus rejimi orqali xizmat ko‘rsatishni tashkil etish zarurati

O‘ngdan ikkinchi

Avtomobillar to‘xtab turish joyi saqlanib qolishi

Korxonaga ko‘cha-yo‘l tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyati



Oraliq to‘xtash bekatlarini joylashtirish uchun qatnov qismini rekonstruksiya qilishga kapital xarajatlar zarurati
Avtomobillar to‘xtab turish joyi(dan)ga (chiqish) kirish uchun ajratilgan bo‘lakni kesib o‘tishi

Chetki chap

Yuqori tezlikda harakatlanish imkoniyati
Yo‘l yoqasidagi ko‘cha-yo‘l tarmoqlari ob’yektiga harakatlanish uchun mavjud hoaltni saqlab qolish

Asosiy oqim uchun chapga qayrilishni amalga oshirishning qiyinligi
Oraliq to‘xtash bekatlari va unga tomon harakatlanishni tashkil etish uchun kapital xarajatlar zarurati

Bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘lda oqimga qarshi

Keng tarqalgan oddiy tashkil etish usuli
Minimal kapital xarajat

Asosiy oqim yo‘nalishi bo‘yicha ajratilgan bo‘lak tashkil etish imkoniyati mavjud emasligi

Yo‘nalishli transport uchun ajratilgan bo‘lak har xil sharoitlarga bog’liq holda asosiy qatnov qismida quyidagicha ajratiladi:


-qatnov qismidagi harakatlanish bo‘laklari soni va harakat yo‘nalishiga bog’liq holda 1.1 yoki 1.3 gorizontal yo‘l yotiq chiziqlariyordamida;
- sun’iy bar’yerlaryordamida;
-yo‘l to‘siqlariyordamida;
-yonlama chayqaltiruvchi toshlaryordamida;
-harakat bo‘lagi chegarasida yo‘l sathini ko‘tarish yoki pasaytirishorqali.
Shuningdek, ajratilgan bo‘lak butun uzunligi bo‘yicha 1.23 yo‘l yotiq chizig’i tushirish orqali ham yo‘nalishli transport uchun ajratilgan bo‘lak tashkil etiladi.
Chetki o‘ng yoki chap bo‘lakda yo‘nalishli jamoat transporti uchun ajratilgan bo‘lak tashkil etilgan holatda, o‘ngga yoki chapga burilish imkoni bo‘lmaganda, umumiy transport oqimi uchun burilish ajratilgan bo‘lakorqali
amalga oshiriladi. Bunday holda, chorrahadan oldin 1.1 yo‘l yotiq chizig’ini
1.11 ga almashtirish zarur bo‘ladi.
Shaqar jamoat transporti imtiyozli harakatini tashkil etishni ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin:

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə