Mavzu: Jamoat transportining imtiyozli harakatini tashkil etish



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə3/4
tarix12.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#148608
1   2   3   4
3-Amaliy mashg\'ulot JTT22-23-TL

Faol imtiyoz guruhi svetofor ob’yekti orqali imtiyoz berish bilan tavsiflanadi. Bunda svetofor ob’yektida imtiyoz beriladigan transport oqimi yo‘nalishi uchun qo‘shimcha faza tashkil etish yoki asosiy siklni o‘zini davomiyligini oshirish orqali imtiyoz berish mumkin.
Sust imtiyoz guruhi esa imtiyoz berilishi lozim bo‘lgan transport oqimi uchun chorrahaga yaqinlashishda yo‘l yotiq chiziqlari yordamida imtiyoz berish, ya’ni jamoat transporti uchun bo‘lakni ajratish yoki chorraha hududida yo‘l yotiq chiziqlarinijoylashtirish.
Sust imtiyozni tashkil etish.
Тor o‘lchamli chorrahalarda gabarit o‘lchami katta bo‘lgan avtobuslar chapga qayrilishni amalga oshirishni katta radiusda bajarishlariga to‘g’ri keladi. Bunday hollarda to‘xtash chizig’ida to‘xtab turgan transport vositalari esa ularga halaqit qilishlari mumkin. Shu sababdan to‘xtash chiziqlari o‘rnidan bir oz qo‘zg’atilgan holda tashkil etiladi (7-rasm).
Chorrahadan oldin to‘xtash chizig’i asosiy transport oqimi uchun alohida, yo‘lovchi jamoat transporti uchun alohida tashkil etiladi. Chorraha hududi tomonidan birinchi to‘xtash chizig’i yo‘lovchi transporti va o‘rta sonli transport uchun belgilanadi (8 -rasm).


7-rasm. Тo‘xtash chizig’ini o‘rnidan qo‘zg’atish orqali sust imtiyozli harakatni tashkil etish sxemasi




8-rasm. Ajratilgan to‘xtash chizig’i orqali sust imtiyozli harakatni tashkil etish sxemasi

Mazkur bobda bayon etilganlardan kelib chiqib quyidagi asosiy xulosalarni keltirish mumkin:


yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifatiga tarif turli adabiyotlarda turlicha bayon etilgan. Buning asosiy sababi olimlar o‘z qarashlari bo‘yicha yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifati va uni tashkil etuvchi ko‘rsatkichlarini asoslab berishgan. Shu sababli yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifatiga berilgan tariflar ham, turli davlatlarning standartlarida ularni tashkil etuvchi va turli mualliflarning ifodalarida hisobga olingan parametrlar ham turlicha. Demak, bitta yo‘lovchi transporti xizmati sifatini baholash bo‘yicha turli ifodalar yordamidagi hisoblar natijasi turli qiymatda bo‘lishi ham mumkin. Chunki, yo‘lovchi transporti xizmati sifatini baholashga bo‘lgan yondashuvturlicha.
Shuni ham aytish mumkinki, yo‘lovchi transporti xizmati sifatini oshirish uchun ba’zi ko‘rsatkichlarni yaxshilash, boshqasini yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Masalan, lovchi transporti harakati tezligining oshirilishi uning harakati xavfsizliginikamaytiradi;
yo‘lovchi transporti harakatiga imtiyoz berish masalalari dunyoning yirik shaharlarida dolzarb hisoblanadi va ular turli ko‘rinishlarda amalga oshirilmoqda.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə