Мавзу: Жисмоний тарбия дарсларида таълимнинг замонавий


-7-sinflarda jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish jarayonlari



Yüklə 140,5 Kb.
səhifə5/7
tarix07.03.2023
ölçüsü140,5 Kb.
#102097
1   2   3   4   5   6   7
8-9 sinflarda dars o\'tish uslubiyoti 10

5-7-sinflarda jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish jarayonlari

Har qanday alohi kontingent bilan ishlashda jismoniy mashqlar mashg’ulotini tashkil etish asosini bilish zarur. To’g’ri tashkil etilgan mashg’ulot butun jismoniy tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi, mustaqil ish ko’rish, ijod qilish, ko’pol xatolarga yo’l qo’ymaslik va ishda ko’zbo’yamachilikni yo’qotish imkonini beradi.


Mazmuni jihatdan har bir bo’lgan, uzoq muddatli jismoniy tarbiya jarayoni, tashkil etilgan jismoniy tarbiya mashg’ulotlari sistemasi asosida vujudga keladi. Qo’yilgan vazifalar, aniq mazmun, o’quv tarbiyaviy ishlarning manbasi va metodlari asosida uning har xil tashkiliy formalaridan foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha mashg’ulotlar muntazam tashkil etilishning asosiy shakli asoslangan holda jismoniy tarbiya darsi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya darslari muntazam dars jadvaliga qo’yilishi, uzoq muddat dastur asosida ishlab chiqilgan o’quv rejasi asosida o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi bilan farqlanadi. Darslar muntazam mashg’ulotlarning tashkil etilish, umumiy jismoniy tarbiyada, professional jismoniy tayyorgarlikda va sport mutaxassisligida tejamli va samarali usul hisoblanadi.
Jismoniy tarbiyaning darsdan tashqari shakllari darsning butun tipik belgilariga ega bo’lmaydi. Bu mashg’ulotlar epizodli, bir tomonlama, masalan sayohat, sayr, o’yin sifatidagi jismoniy tarbiya ko’ngil ochish o’yinlari hamda muntazamli, ertalabki gimnastika mashqlar, gigienik sayr va boshqalar; ular yakka tartibda va guruhiy bo’lishi mumkin. Ko’pgina bu ish turlari darsni to’ldiradi va yordamchi rolini o’ynaydi. Lekin ular ma’lum aholi sonining jismoniy tarbiyaga bo’lgan talabni to’liq taxminlab mustaqil ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
Jismoniy tarbiya darsi bir biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan tomonlari: mazmun va tarkibini farqlash qabul qilingan.
Jismoniy tarbiya darsining mazmuni dars mashg’ulotining sifatini aniqlovchi to’rtta asosiy element birligi tasvirlaydi. Bu elementlar bir biri bilan o’zaro bog’langan bo’lib, dars mazmunining quyidagi xarakterli tomonlarini tasvirlaydi.
1.Jismoniy mashqlar darsiga kiritilgan tarkib. Odatda ularning yig’indisi darsning butun mazmuni sifatida qaraladi. Biroq bunday tushunishlik bir tomonlama bo’lib qoladi, chunki mashqlar o’z holida shug’ullanuvchilarning amaliy faoliyat predmeti bo’lib tarbiya, ta’lim va sog’lomlashtirish vazifalari bilan shartlangan.
Mashqlar tarkibi - bu faqat dars mazmunining predmetli umumlashtirilganligi, butun bir mazmunning birdan bir umumiy tomoni.
2.Shug’ullanuvchilar faoliyatining mazmuni, taklif qilinadigan mashqlarning bajarilishi bilan bog’liq. Dars mazmunining bu tomoni shug’ullanuvchilarning jismoniy faoliyatlari va har xil intellektual tomonlariga bog’liq bo’lib bunga: pedagogning tinglashi, ko’rsatilayotgan mashqlarni kuzatish, o’rganilganlarini xotiralash, bajariladigan harakatni ongli tasavvurda jonlashtirish, ularni so’zsiz bajarish, o’z harakatlarini nazorat qilish va baholash, vujudga keladigan masalalarni pedagog bilan bilan birga muhokama qilish, o’z holatini kuzatish, his-tuyg’u jo’shqinlikni vujudga kelishi boshqarishlar. Shug’ullanuvchilarning butun faoliyatlari, qo’yilgan vazifalar va mashg’ulotning predmetli mazmuni doirasida darsning asosiy mazmun tomoni hisoblanadi.
3.Pedagog faoliyatining mazmuni quyidagilardan tarkib topadi: o’quv vazifalarni qo’yish va tushuntirish, konkret vazifalarni aniqlash va ularning bajarilishi tashkil etish, shug’ullanuvchilarni uzluksiz kuzatish, ular faoliyatini tahlil qilish, bajarishini baholash, yukni boshqarish hamda shug’ullanuvchilar intizomini taktik yo’naltirish, ular orasidaga o’zaro muomalani yaxshilashlar. Pedagogning rahbarlik faoliyati shug’ullanuvchilar faoliyatida yo’naltiruvchi, nazorat qiluvchi va rag’batlantiruvchi rolni o’ynaydi.
4. Fiziologik–psixologik jarayonlar va shug’ullanuvchilar holatida o’zgarish. Organizm sistemasining har xil vazifalarini belgilangan tartibda asta-sekin olib kelishidagi bu jarayon va o’zgarishlar: bilimlari, bajarishlari va malakalari, shug’ullanuvchilar intizomi, dars mazmunini ichki sirining tomonlarini tashkil etadi. Unda pedagog va shug’ullanuvchining faoliyat samaradorligi ochib beraladi.
Hamma sanab o’tilgan dars mazmunining tomonlari bir-biri bilan o’zaro shartlashgan.
Darsning xarakterli tomonlari, uning jismoniy tarbiyaning boshqa shakllaridan farqlanishi quyidagilardan iborat.

  1. Aniq ifodalangan, didaktik yo’lantirilganligi, ta’lim vazifasining hal etilishi bilan shartlanganligi.

  2. Predmetni o’rgatish va o’quvchilarni tarbiyalashga yo’naltirilgan o’qituvchining rahbarlik roli.

  3. O’quvchilar faoliyatini va yuk me’yorlarini ka’tiy o’rganish va belgilash.

  4. Shug’ullanuvchilarning doimiyligi va ularning yoshining bir xilligi.

Yuqorida sanab o’tilgan hamma tomonlar darsga xos, maktabda o’rganish maqsadida erishish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi – hamma o’quvchilarni mustaqil mehnat hayotiga tayyorlash, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish talabani shakllantirish, salomatligini mustahkamlash va butun hayot davomida yuqori jismoniy tayyorgarlikni ushlab turish va boshqalardan iborat. Bular pedagog rahbarligi asosida bilimlar tizimi va va faoliyat usulini o’zlashtirib olishlari, tarbiyalanishlari va rivojlanishlari kerak.
Bunday o’rgatish jarayoni tashkil etish zamonaviy jismoniy tarbiya darsiga ma’lum talablarni qo’yadi.
1.O’qituvchi har bir darsni yuqori darajadagi g’oya bilan ta’minlanishi shart. Shuning uchun zamonaviy darsni kompleks vazifalar bilan rejalashtirish zarur. Vazifalar aniqlashtirilgan va differentsiallashgan bo’lishi kerak. Bular alohida psixik va o’quvchilar rivojlanishining jismoniy xususiyatlari bilimlari asosida olib borilmog’i zarur.
2.Har bir dars avvalgi va keyin o’tiladigan darslar bilan chambarchas bog’langan bo’lib, dars tizimini tashkil etishi kerak. O’qituvchilar yangi materialni o’rganishda oldin o’tilgan materialni qaytalash va mustahkamlash hamda keyingi materialni o’zlashtirib olishga tayyorlash kerak. Bunday sistemalar o’quv vazifalarni hal etilishini ketma-ketligini ta’minlaydi.
3.Zamonaviy dars o’quvchilar faoliyatini yaxshi mustaqil tashkil etilganligi bilan farqlanadi. O’qituvchi ularni o’quv ishlarini bilim malakalar bilan ketma-ket qurollantiradi, mustaqil bilish va o’z-o’zini nazorat qilish, harakat madaniyatini shakllanishga erishish, shular bilan birga muntazam jismoniy mashqlar mashg’ulotiga talabni tarbiyalab beradi.
4.Bular hammasi rangli ish intizomi asosida amalga oshiriladi. O’qituvchi foydalanadigan, shug’ullanuvchilar faoliyatini tashkil etilishini har xilligi, manbalar, metodlar va usullar zamonaviy dars ko’rsatmaliligi hisoblanadi. Mashg’ulotlarni xech qachon bir xil shablonda tashkil etmaslik kerak.
5.Har bir darsni butun davomida hamma o’quvchilarni harakat faoliyatiga eng qulay ravishda erishishlik samaradorlik sharti hisoblanadi.
6. O’qituvchi har bir darsda, bilimlarni nazorat qilish tizimi, o’quvchilar bilim va malakalarini, darsni har bir qismida belgilashi, o’rgatish jarayoni yakunida baholash va jismoniy sifatini rivojlantirishini mavjudligig ta’minlash zarur.
7.Darsni o’tish shartiga ko’p talablar qo’yiladi: o’quv-material, gigienik, estetik, iroda–psixologiklar.
Zikir etilgan talabalar jismoniy tarbiyani umumiy va metodik printsiplaridan kelib chiqadi va hamma sinflarda dars o’tilganda majburiy hisoblanadi.
O’qituvchining darsga tayyorgarligini ikkita bosqichga bo’lish mumkin. Taxminiy tayyorgarlik bosqich va bevosita tayyorgarlik bosqichi.



Yüklə 140,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə