Mavzu: Jismoniy sifatlar


Kuch va uni rivojlantirish usuliyati



Yüklə 70,34 Kb.
səhifə3/5
tarix31.01.2023
ölçüsü70,34 Kb.
#99825
1   2   3   4   5
Mavzu Jismoniy sifatlar

Kuch va uni rivojlantirish usuliyati:
Har qaysi individ tashqi ta'sir yoki qarshilikni engish uchun o'z jismidagi ma lum sifatni namoyon qiladi. Tashqi ta'sirga qarshi muskul zo'riqishi orqali harakat faoliyati - shaxsning kuchi, uning kuch qobiliyati deb atash qabul qilingan. SHug’ullanuvChi mashg’ulot paytida o'z tanasi tinch turgan holdan sport snaryadiga (uloqtirishda), o'z tanasini harakatlantirish maqsadida (gimnastika mashqlari va boshqalar), aylantirish, siljitish, ko'tarishga intilsa, ayrim hollarda uning teskarisi,. tananing o'zi, yoki uni bilagiga tashqi kuch ta'sir etishi bilan uning statitik holatini buzib o'z gavdasini oldingi (dastlabki) holatini ushlab turishga urinadi. Bokschining raqibi mushtining zarbi, kurashchini raqibi tomonidan kuch ishlatib uni tanasini ayrim bo'laklarini egishga dosh berishi tana holatini o'zgartirmaslik orqali ro'y beradi. Bunda shug’ullanuvchi va uning raqibi ma lum darajada qarshiliklami, og’irliklami engish va ko'tarishda ma lum darajada kuch sifatini namoyon qiladi.
Ilmiy tushuncha tarzida kuch imkoniyati boricha o'zining aniq ta'rifiga ega bo'lishi va farqlanishi lozim:
ljharakatning mexanik xarakteristikasi sifatidagi kuch (“tanaga «m» massasidagi «F» kuchining ta'siri...”);
2) inson jismidagi jismoniy sifat tarzidagi kuch (masalan, “yoshning ulg’ayishi bilan kuchning rivojlanishi; sportChi kuchini sport bilan shug’ullanmaydiganlarga nisbatan ko'p bo'lishi...” va h.k.).
Bu sifatning psixofizik mexanizmi muskul zo'riqishining boshqarilishi (regulyatsiyasi) va ulaming ish tartibi (rejimi) bilan aloqador. Muskulning taranglashishi insonning kuchini namoyon bo'lishiga olib keladi.
Ruhiy ozuqa olishi va harakatni ma lum tizimda bajarish markaziy hamda pereferik nerv sistemasi, xususan, nerv markazlaridan muskullarga kelayotgan signallarga va muskullaming o'z xizmati holatiga bog’liq. Umuman, muskul tarangligi - zo'riqishi (kuch namoyon qila olishi) quyidagilarga qarab aniqlanadi;

  1. markazdan muskullarga kelayotgan qo'zg’alishlaming chastotasiga (chastota qancha katta bo'lsa, muskul shunchalik zo'r darajada o'zining tarangligini oshiradi) ko'ra;

  2. zo'riqishga qo'shilgan harakat birligining soni bilan;

  3. muskulning qo'zg’aluvchanligi va undagi quwatning manbai miqdoriga qarab.

Muskul kuch namoyon qilishi uch xil rejimda zo'riqadi:
a) o'zining uzunligini o'zgartirmay (statik, izometrik rejimda). Tananing turliCha holatlarda (pozalar)da ushlash va h.k.lar bilan;
b) muskul uzunligini kamayishiga hisobiga, bardosh berish bilan (miometrik). Zo'riqish birday - o'zgarmay turadi, bunday rejim tsiklik va balastik harakatlardagi muskul qisqarishi fazalari evaziga sodir bo'ladi;
v) muskulni cho'zish vaqtida uning uzayishi hisobiga (yon berish,
Yüklə 70,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə