Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Reja



Yüklə 30,41 Kb.
səhifə7/7
tarix24.12.2023
ölçüsü30,41 Kb.
#158402
1   2   3   4   5   6   7
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sog‘liqni mustahkamlashga, keng doirada harakat malakalari va ko‘nikmalariga ega bo‘lishiga, o‘zidan keyingi maxsus
tayyorgarlikka zamin bo‘lishi uchun xizmat qiladigan asosiy harakat sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida jismoniy tarbiyaning barcha turdagi vositalaridan, xilma-xil jismoniy mashqlardan, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan foydalaniladi. Umumiy
jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning barcha bosqichlarida ko‘proq maktab jismoniy tarbiya tizimida, ommaviy sog‘lomlashtirish ishlarida va jismoniy mashqlar bilan individual shug‘ullanish shakllari orqali amalga oshiriladi.
Kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi bu jismoniy tarbiyaning
mutaxassislashtirilgan, aniq mehnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo‘naltirilgan jarayondir. Bunda asosan, jismoniy mashqlarning hunar yoki kasbga yaqin bo‘lgan turlaridan foydalaniladi. Kasbga yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarlik vositalarining qo‘llanishi mehnat harakat malakalarining shakllanishini egallash jarayonini tezlashtiradi, mehnat unumdorligini oshiradi, organizmning, tashqi muhit ta’sirining zararli omillariga qarshilik ko‘rsatishni yaxshilaydi.
Umumiy va kasb jismoniy tayyorgarligi deb ajratish ma’lum darajada shartli bo‘lib, ikkala yo‘nalishi ham bir-birini to‘ldiradi.
Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo‘nalishni ifoda etadi.
Buning vazifasi insonni tanlab olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishishni ta’minlashdir.
Jismoniy tarbiyada sport tayyorgarligi, organizmning funksional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan, yuqori sport natijasi
kishilarning jismoniy tayyorgarligini baholash kriteriyasiga aylanadi. Jismoniy tarbiyaga mo‘ljal sifatida juda keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Jismoniy madaniyat – jamiyat a’zolari jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, uslublar va
sharoitlarni yaratish hamda ulardan ratsional foydalanish bo‘yicha erishilgan yutuqlarnig majmuasidir.
Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi bo‘lib, muayyan tarixiy sharoitlar mahsulidir.
Yüklə 30,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə