Mаvzu: Jismоniy tаrbiyaning аsоsiy vоsitаlаri hаqidа umumiy tushinchаlаr vа ulаrni аmаliyotgа tаdbiq etish



Yüklə 111,5 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2022
ölçüsü111,5 Kb.
#97752
1   2   3   4   5
Hamidov Hayitboy Kurs ishi 0222

Ishning maqsad vazifalari: Umum ta'lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilarni aylanma mashq uslubiyaidan foydalanib kuch qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. O`quvchi yoshlari bilan olib boriladigan jismoniy tarbiya darslari bilan tanishish, tahlil qilish chidamlilikni tarbiyalashga doir tavsiyalar ishlab chiqish.
Ishning vazifalari va bajarish usullari:

  • Mavzu yuzasidan tegishli adabiyotlar tahlili.

  • O`quvchi yoshlarining jismoniy tarbiya ishlarini o`rganish

  • kuzatish, tahlil qilish.

  • Kuzatishlar asosida xulosalar qilish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Belgilab olingan ish vazifalarini bajarishda tegishli adabiyotlar
o`rganildi. O`quvchi yoshlari bilan olib boriladigan jismoniy tarbiya shakllari kuzatildi tahlil qilindi. Bajarilgan ishlar bitiruv malakaviy ish sifatida quydagicha yozildi.


1.Bolalar - oʻsmirlar sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
Bolalar sporti obyektlarini barpo etish, joylashtirish va ularning faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar-o‘smirlar sport maktablaridan foydalanish darajasini va ular faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir takliflarni ishlab chiqish, ularni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish, istiqbolli rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarni sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb etishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining Homiylik kengashi huzurida Bolalar-o‘smirlar sport maktablarining holatini va ularning moddiy-texnika bazasidan foydalanish samaradorligini o‘rganish bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
2. Komissiya (Sh.M. Mirziyoyev) ikki oy muddatda: respublika mintaqalariga chiqib tanlab tekshirishlar asosida bolalar-o‘smirlar sport maktablari faoliyati samaradorligini tanqidiy o‘rgansin, sport obyektlaridan foydalanish samaradorligiga, ulardan foydalanish darajasiga, moddiy-texnika bazaning holatiga, sport anjomlari va uskunalari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va mashq bajariladigan ko‘rgazmali material bilan jihozlanganligi darajasiga, kasbiy tayyorlangan trener-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlanganligiga alohida e’tiborni qaratsin; amalga oshirilgan tahlil asosida bolalar-o‘smirlar sport maktablari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish, bolalar sporti obyektlaridan amalda foydalanishni va ulardan foydalanish samaradorligini hisobga olgan holda ularni maqbul rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha aniq takliflar kiritsin. Amalga oshirilgan ishlarning natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Bolalar sportining rivojlantirish jamg‘armasining Homiylik kengashi majlisida axborot berilsin.
3. Bolalar-o‘smirlar sport maktablari samarali faoliyat ko‘rsatishi, ulardan o‘quvchilarning to‘liq foydalanishini ta’minlash hamda ular moddiy-texnik baza va trener-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlanganligi, o‘quv-mashq jarayonining sifati ustidan nazorat qilinishi, sport mashg‘ulotlari muntazam o‘tkazilishi va o‘quvchilar qatnovi darajasi monitoringini tizimli asosda olib borish uchun shaxsiy mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligiga yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligining: moslashtirilgan binolarda joylashtirilgan 2-ilovaga* muvofiq 280 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablarini va ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktablarini tugatishni, ularning mol-mulki, sport anjomlari va trener kadrlarini tashkil etiladigan bolalar-o‘smirlar sport maktablarining moddiy-texnika va o‘quv bazasini mustahkamlashga yo‘naltirishni; namunaviy bolalar sport inshootlari negizida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida 3-ilovaga* muvofiq 225 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablari tashkil etilishini;
to‘rtta yo‘nalish — sportning o‘yin turlari va yengil atletika, sportning suv turlari, sport yakka kurashi va gimnastika bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida, har bir viloyatda va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida 4-ilovaga* muvofiq 56 ta ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari tashkil etilishini nazarda tutuvchi respublikada ishlab turgan bolalar sporti obyektlarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
5. Belgilansinki, past samarali bolalar sport maktablarini maqbullashtirish va ular xodimlarini qisqartirish natijasida bo‘shab qoladigan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va hududiy moliya boshqarmalari bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatlarga muvofiq moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlashga, eng avvalo, tashkil etiladigan bolalar-o‘smirlar sport maktablarini joriy ta’mirlash va jihozlashga maqsadli tartibda yo‘naltiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bolalar-o‘smirlar sport maktablarining ishdan bo‘shaydigan xodimlarini ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Yüklə 111,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə