Mаvzu: Jismоniy tаrbiyaning аsоsiy vоsitаlаri hаqidа umumiy tushinchаlаr vа ulаrni аmаliyotgа tаdbiq etish



Yüklə 111,5 Kb.
səhifə3/5
tarix23.12.2022
ölçüsü111,5 Kb.
#97752
1   2   3   4   5
Hamidov Hayitboy Kurs ishi 0222

Sport maktablari — yuqori malakali sportchilarni tayyorlaydigan ixtisoslashgan oʻquvtarbiya muassasasi. Oʻzbekistonda Sport maktablarining 3 asosiy turi mavjud: bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, bolalar va oʻsmirlar ixtisoslashgan olimpiya maktablari hamda oliy sport mahorati maktablari. Sm. Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilot hamda idoralar qoshida tuzilgan. Toshkentda dastlabki Sm. 1934-yil ochilgan. Uzok, yillar davomida Toshkent, Samarqand, Andijon, Chirchiq sh.larida sport internatlari (hozir olimpiya oʻrinbosarlari kollejlari) faoliyat koʻrsatib keldi va respublika terma jamoalari uchun koʻp minglab iqtidorli sportchilarni tayyorlab berdi. Ular orasida yuzlab xalqaro sport musobaqalarining sovrindorlari bor. OʻzRda 570 dan ortiq har xil turdagi Sm. faoliyat koʻrsatadi (2004)..


2. Bolalar o'smirlar sport maktablarida Jismoniy tarbiya mashqlari bilan mustaqil shug‘ullanish.
Har bir talaba pedagogning topshirig‘iga muvofiq tanlagan sport turi bo‘yicha, uni yuqori darajada egallash uchun mustaqil shug'ullanishi kerak. Bunday mashg‘ulotlar talabaning jismoniy, sport tayyorgarligini va sog‘ligini hisobga olib bajariladi. Sport guruhidagi talabalar uchun mustaqil mashqlar sportda yuqori natijalarga erishishlari uchun tayyorlanish mashqlari bo‘lib qoladi. Qolgan talabalar o‘quv dasturi bo‘yicha saboq olishlari kerak. 0 ‘qishdan tashqari vaqtda talabalar gigiyenik gimnastika va atletik mashqlar bilan shug‘ullanishsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bularga yugurish, yurish va boshqa mashqlar kiradi. Gigiyenik gimnastika bilan sutkaning istagan vaq-tida, ovqatlanishdan 1-2 soatdan so‘ng va uxlashdan 2-3 soat oldin shug‘ullanish tavsiya etiladi. O‘zbekiston sharoitida gigiyenik gimnastika mashqlarni ochiq havoda o‘tkazish ijobiy natijalar beradi. Gigiyenik gimnastika mashqlarni tuzishda uning qancha vaqt davom etishini va ularning turini aniq tartibda belgilab olish lozim bo'ladi (Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot risolasiga amal qilib). Gimnastika mashqlarini (10-12 mashqlar to‘plami) bajarishdan oldin gantel, tosh, shtanga vazni shug‘ullanuvchilar kuchiga qarab tanlanadi. Shu tariqa har bir mashg‘ulot 8-10 marta takrorlanadi. Mashqlarni 10-15 daqiqa gantel; 8-10 daqiqa amortizator; 8-10 daqiqa tosh ko‘tarib, 5-7 daqiqa shtanga bilan mashq bajarish mumkin va m ashg‘ulotlar shu tartibda tuzilsa, kutilgan natijaga erishiladi. Yaxshiroq natijalarga erishish uchun bunday mashqlarning soni va vaqtini talaba o‘qituvchilar bilan maslahat qilib va o‘z imkoniyatiga qarab o ‘zgartirishi mumkin. 0 ‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga qarab mashqlar turini o‘zgartirish mumkin. Talabalar har kuni 20-40 daqiqa, imkoniyatidan kelib chiqqan holda ovqatlanishdan 1-1,5 soat keyin va uxlashdan 2-3 soat oldin shug‘ullanishlari shart, bunda mashg‘ulotlar 2-3 to ‘plamdan iborat qilib tuziladi. Mashqlar to‘g‘ri bajarilayotganini aniqlash uchun, uni oyna oldida bajarish tavsiya etiladi. Bir guruh mashqlarni bajarib boigandan so‘ng 1-2 daqiqa dam olish mumkin. Dam olish faol bo‘lishi kerak, mushaklar bo‘shashganda nafas chiqariladi, nafasning chiqarilishi maksimal kuch bilan har bir mashqga mos kelishi kerak. Mashg'ulotlar: yurish, nafas chiqarish kabi mashqlar bilan tugallanadi, so‘ng mushaklarni bo‘shashtirish va badanni ho‘l sochiq bilan artish tavsiya etiladi. Mashg‘ulotdan so‘ng kishi charchoqdan o‘zini tetik sezishi kerak. Aks holda mashg‘ulotlar og‘irlik qilgan bo‘lib, toliqishga va har xil kasalliklarga olib kelishi mumkin, buning uchun mashg‘ulotlardagi mashqlar sonini kamaytirish yoki bajarish tezligini susaytirish lozim bo‘ladi.
Mustaqil mashg‘ulotlar.
a) yengil bajariladigan mashqlar;
b) o‘rtacha qiyinlikda bajariladigan mashqlar;
v) bajarilishi qiyinroq bo‘lgan mashqlar.
Yengil bajariladigan mashqlar.
1. QoMlarni oldinga cho‘zib oxirigacha bukish va yoyqo‘llarni tushirib tik turish, devorga suyanib turish.
2. Gavdani to‘g‘ri tutish, oyoq, yelka kengligida, qo‘llar yoyilgan, oldinga engashib, boshni to‘g‘ri tutish, qollarni galma-gal oyoqlarga tegizish.
3. Tik turgan holatda, oyoqlarni oldinga yelka balandligiga ko'tarish, chap va o‘ng tomonlarga oyoqni silkitish.
4. Oyoq yelka kengligida qo‘yib, o‘tirib turish.
O‘rtacha qiyinlikdagi mashqlar.
1. Yerga yotgan holatda qo‘llarni bukib-to‘g‘rilash, bunda qo‘i tirsakdan to‘liq bukilib-to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
2.O‘tirgan holatdan (qo‘l orqada, tiralgan holatda bo'laui; oyoqlarni bukib to‘g‘rilash.
3. Oyoqlar o‘z joyida, yelka kengligida turgan holatdan chuqur o‘tirib turish.
4. Tik turgan holatda, oyoqlar yelka kengligida, gavdani chuqur oldinga egish.
Bajarilishi qiyiii bomgan mashqlar

  1. Yotgan holatda, oyoqlarni stulga qo‘yib mashqlar bajarish.

  2. O`tirgan holatda oyoqlarni har tomonga uzatish va yig‘ish, tizzalarni ko‘krakka bukib, oyoqlarni oldinga cho‘zish.

  3. Turgan holatda bir oyoqda o‘tirib turish.

  4. Turgan holatda gavdani har tomonga to‘la burish, qo‘llar yoyilgan bo‘lib, gavda burilgan tomonga buriladi (oyoqlar bir joyda, oldinga qaragan holda bo‘ladi), har bir mashq 10 martadan, har qaysi mashqlar to‘plami uch marta takrorlanib bajariladi, har bir takror orasida 1 daqiqa dam olish mumkin, ko‘p va tez bajariladigan mashqlar orasidagi tanaffus esa 1 daqiqadan oshmasligi kerak.

Mustaqil ravishda bajariladigan mashg‘ulotlar har kun ertalab yoki kunning ikkinchi yarmida bajarilishi ko‘proq foydalidir. Mashqlar soni mashq bajaruvchining kunlik yoki haftalik ahvoliga, yurak urishining osoyishtaligiga va mashq bajargandan so‘nggi holati va kayfiyatiga qarab ko‘paytiriladi yoki kamaytiriladi. Yugurish mashqlarini bajarayotganda gavdaning og‘irlik markazi butun a’zolari ustiga tushishi zarur, buning uchun sportchi yurish texnikasi bilan tanishib chiqishi zarur. Ular oyoqlarni to‘g‘ri qo‘yishi va bosishi, gavda holati, boshni to‘g‘ri tutish va boshqalardir. Boshni egib yurish va yugurish odam gavdasining (skelet tuzilishining) o‘zgarishiga olib keladi, nafas olish og‘irlashadi. Boshni to‘g‘ri turishi, ko‘zlar to‘g‘ri oldinga qarashi lozim. Tizzalarni yuqoriga ko‘tarib. oyoqni keng tashlash, xuddi zinapoyaga chiqayotganda oyoqlar qanday qo‘yilsa, yugurganda ham oyoqlar shunday tushishi kerak, oyoqlarni kuch bilan tashlash mumkin emas. Oyoqlarni panja va tovonlari bilan (yerdan tovon 3-5 sm baland) qo‘yish, qadamlarning orasini taxminan 40- 80 sm bo‘lishi tavsiya etiladi.



Yüklə 111,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə