Mаvzu: Jismоniy tаrbiyaning аsоsiy vоsitаlаri hаqidа umumiy tushinchаlаr vа ulаrni аmаliyotgа tаdbiq etish



Yüklə 111,5 Kb.
səhifə4/5
tarix23.12.2022
ölçüsü111,5 Kb.
#97752
1   2   3   4   5
Hamidov Hayitboy Kurs ishi 0222

3. Sport markazlari va ularning faoliyatlari.
Sport markazlari tushunchasi asosan zamonaviy sport inshootlarini bildiradi. Bu mashg’ulotlarni o’tkazishdagi to’g’ri tushuncha hisoblanadi. SHuningdek sport jamiyatlari, sport maktablari va ularda faoliyat ko’rsatuvchi rahbarlar, murabbiylar, hakamlar hamda boshqa rasmiy kishilarning sport turlari bo’yicha terma jamolar tuzish, ular bilan o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish masalalarini muvofiqlashtirish faoliyati ham shu tushuncha ichiga /sport markazi/ kiradi.
Tuzilgan terma jamoalar safida eng kuchli sportchilar yig’iladi, o’quv-yig’in mashg’ulotlari va rasmiy hamda norasmiy musobaqalarda ularning texnik-taktik tayyorgarliklari sinab ko’riladi. SHu jihatdan ham bunday tad­birlarda faqat murabbiylargina emas, balki ilmiy xo­dimlar, mutasaddi rahbarlar, mas’ul xodimlar, shifokorlar, homiylar ham mashg’ulotlar hamda musobaqalarda ishtirok etish, o’zlarining taxminiy mulohazalarini bildirishlari mumkin.
Bunday hollarda sport turlariga qarab shahar va viloyat markazlarida mavjud bo’lgan eng yaxshi sport inshootlari tanlanadi. Ularga zarur bo’lgan asbob-uskunalar, tex­nik vositalar, shart-sharoitlar yaratiladi. Sport markazlaridagi o’quv-yig’in mashg’ulotlari va musobaqalar hamda sport inshoot xizmatlari bilan bog’liq tashkiliy ishlar, moddiy-texnik hamda moliyaviy ta’minot ishlari tashkil qiluvchi tashkilot, jamiyat, klub tomonidan amalga oshiriladi. So’nggi yillarda bunday mas’ul va yirik sport tadbirlarini tashkil qilish hamda ularni maqsaddagidek o’tkazish jamg’arma uyushmalari, homiylar tomo­nidan qo’llab-quvvatlanmokda.
Sport markazlari faoliyati, asosan, sport inshootlari ma’muriyati, mas’ul jamiyatlar va sport klublari to­monidan boshqariladi. Umumiy rahbarlik sport uyushmalari, sport qo’mitalari tomonidan olib boriladi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonning katta sporta rivojiga bolalar va o’smirlar sport maktablari, maxsus olimpiya o’rinbosarlari sport maktablari hamda bilim yurtlari jamoalari o’z hissalarini qo’shmokda. Yosh sportchilarni tarbiyalab voyaga yetkazishda, ularning Xalqaro sport maydonlariga qadam qo’yishlarida murabbiylarning xizmati g’oyat kattadir.
O’zbekistonning shon-shuhfatini sport orqali jahonga yoyishda kurash, boks, tennis, shaxmat, sharkona yakkakurash va boshqa sport turlari bo’yicha sportchilar mardonavor mahorat ko’rsatmoqdalar. SHu sababdan ham O’zbekiston Prezidenti va xukumati sportni yanada rivojlantirish, ayniqsa, bolalar va o’smirlarning sport maktablari faoliyatini yanada yaxshilash zarurligini ko’zda tutib, qator farmonlar, qarorlar qabul qilmokda. SHuningdek tajribali murabbiylar va xalqaro sport musobaqalarining g’oliblari munosib ravishda taqdirlanmoqda. Bunday g’amxo’rlik va e’tiborlar sport inshootlarini yanada kengaytirish, eng zamonaviy sport inshootlarida terma jamoalarning o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish hamda musobaqalarni tashkil qilishga muhayyo qilib berilmokda.
Ta’kidlash lozimki, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni hayotga singdirish uchun respublika viloyatlarining markazlarida olimpiya o’rinbosarlari kollejlari tashkil etilmokda. Ular terma jamoalar tarkibini to’ldirish bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport sohasida o’rta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlaydi. Eng muhim tomoni shundaki, bu bilim yurtlariga ko’proq, mahaliy xotin-qizlardan qabul qilish va ularni davr talablari, milliy qadriyatlar asosida tayyorlash ko’zda tutilmokda. Bu esa, o’z navbatida, respublika terma jamoalarini mahalliy millat xotin-qizlari bilan ta’minlash hamda milliy sport turlari va Xalq milliy o’yinlarini keng yoyish, ularni ommaviylashtirishga zamin tayyorlaydi.


Хulоsа
Yoshlarning kamolotini ta’minlash, sog’lom avlodni shakillantirish yo’larini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib, u xozirgi kunda o’zining yechimini kutmoqda.

  • Ilmiy uslubiy adabiyotlarni taxlil etish va umumta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya amaliyotini umumlashtirish natijasida shu narsa aniqlandiki, boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy tarbiya darslarini o’zlashtirishlar uchun ko’rgazmalilik tavsiyanomalar kamligi aniqlandi.

  • Jismoniy tarbiya o’quvchilarining savolnomaga bergan javobida 42,5 % dan ko’prog’i saf mashqlarini berolmasligi aniqlandi. Bu esa ko’pchilik umum ta’lim maktablarining boshlangich sinflarda jismoniy tarbiya mutaxassislari emas, balki umumta’lim fanlarining o’qituchilari dars utishi bilan bog’liqdir.

  • Ta’lim metodlarini qo’llash ko’zda tutilayotgan aynan darsning maqsad va vazifalariga to’g’ri kelishi lozim.

  • Yengil atletika mashg’ulotlarini uyushtirishning shakillari (nazariy bilim, ko’rsatmalik, amaliy) xamda yangi pedagogik texnalogiyalardan qo’llanilishi shart.

  • O’quvchilarni safda yurish ,yugurish, sakrash va uloqtirish, o’zlashtirmaganligi mashg’ulotda ko’pgina xatolarga yo’l qo’yishlari ko’rsatildi.

  • Xaftasiga 2-soatlik jismoniy tarbiya darsi o’quvchilarini darslarini o’zlashtirishda qiyinchilik to’g’dirganligi isbotlandi.

  • Tajriba va nazorat guruxlari o’rtasidagi farq muallif tomonidan ishlab chiqilgan modelga asosan tajriba guruxida o’quv materiallarini o’zlashtirishi sifati yaxshilandi.



Yüklə 111,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə