Mavzu: Jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllari Reja



Yüklə 26,13 Kb.
səhifə4/4
tarix24.12.2023
ölçüsü26,13 Kb.
#157937
1   2   3   4
1 Jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllari

3) Axborot funksiyasi. Jismoniy tarbiya vositalari va ularni ko‘paytirish yo‘lida, avloddan avlodga qimmatbaho ma’lumotlarni qoldirishda va ularni yig‘ishda inson va uning imkoniyatlari katta o‘rin egallaydi.
Jismoniy tarbiya sohasida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar insonni o‘zini tabiiy sifatlarini takomillashtirish va uni yutuqlarini tashish axboroti bo‘lib xizmat qiladi. Kundan kunga jismoniy tarbiya va sportda ko‘pgina yangi ma’lumotlar paydo bo‘lyapti va ular asoisda qonuniyatlar topilayapti.
Masalan: sportni ilmiy tomondan tekshirish, bizning organizmimizning funksional imkoniyatlarini, fiziologiyada hozirgacha ma’lum bo‘lmagan faktlarni ochib berdi.
Bugungi kunda jahonda sport bo‘yicha musobaqalar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga, insonlar salomatligini rivojlantirishga, turli xil kasalliklarni oldini olishga qaratilgandir. Sportni ommaviy tarzda targ‘ib qilinishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni ham, butun dunyo ommasini ham unga jalb qilishdir.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish shaxslar, jamoalar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalar million-million xalqlarni birlashtirib, eng ko‘p tarqalgan shakllardan biri bo‘lib qoldi. Jismoniy tarbiya harakatini o‘sib boruvchi oqimida xalqaro shakllarini ham hisobga olganda xalqlar o‘rtasida, do‘stlik va tinchlik orqali g‘oyaviy birlashish va do‘stona aloqa qilish turibdi. “Sport tilining” universalligi, hamma insonlarni tarjimasiz tushunishi, haqqoniy kurasha olishi, kishilarni tarqatmasdan balki birlashtirishga olib keladi.


Nazorat savollari

1.Jismoniy madaniyatning jamiyatda asosiy funksiya va shakllarining ahamiyati haqida ma’lumot bering


2.Jismoniy madaniyatning “Shakllari” tushunchasiga tarif bering
3.Jismoniy madaniyatning “Turlari” tushunchasiga tarif bering
4.Jismoniy madaniyatning maxsus funksiyalariga tavsif
5.Jismoniy madaniyatning ta’lim va tarbiya funksiyasiga tarif bering
6.Jismoniy madaniyatning amaliy funksiyasiga tarif bering
7.Jismoniy madaniyatning sport funksiyasiga tarif bering
8.Jismoniy madaniyatning rekriativ va reabilitatsiya funksiyasiga tarif bering
9.Jismoniy madaniyatning umumiy funksiyalariga tavsif
10.Jismoniy madaniyatning estetik funksiyasiga tarif bering
11.Jismoniy madaniyatning normativ funksiyasiga tarif bering
12.Jismoniy madaniyatning axborot funksiyasiga tarif bering


Adabiyotlar roʻyxati
1. Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. Darslik.

1 jild. T.,-2015 y. 296 b.


2. Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. Darslik.
2 jild. T.,-2015 y. 180 b.
3. Матвеев Л.П. «Теория и методика физической культуры». Учебник. М.,-1991 г. 543 c.
4. Частоедова А.Ю. «Теория и методика физической культуры, спорта». Учебное пособие. Т.,-2020 г. 472 c.
5. Умаров Д.Х. «Теория и спорта». Учебник. Чирчик-2021 г. 220 с.
6. Умаров Д.Х. «Теория и методика физической культуры, спорта». Учебное пособие. Т.,-2021 г. 239 c.
Yüklə 26,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə