Mavzu: jo`jalar qo`shig`I



Yüklə 188,06 Kb.
tarix11.10.2023
ölçüsü188,06 Kb.
#127073
JO`JALAR QO`SHIG`I


MAVZU: JO`JALAR QO`SHIG`I

Reja



  1. Jo`jalar qo`shiq

  2. Kompazitor hayoti va ijodi

  3. Qo`shiq tahlili



Tarjimai hol

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, kompozitor Dilorom Omonullayeva O’zbekiston Bastakorlar uyushmasi safiga 1989 yili estrada qo’shiqlari va boshqa asarlari bilan kirib keldi. Dilorom Omonullayeva Darvinovna Toshkentda 1959 yilning 1 oktyabrida musiqachilar oilasida tug’ildi. Diloromning qalbiga ona allarai bilan musiqiy mo’jizalar kirib keldi. Qobiliyatli qizcha V. Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabining fortepiano sinfi bo’yicha o’qiy boshladi. 12 yoshidan esa qo’shimcha professor B.I. Zeydman sinfida kompozitsiyadan ham saboq ola boshladi. Dilorom Omonullayeva 1978 yil maktabni muvaffaqiyatli bitirib, Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetida professor B. I. Zeydman sinfida o’qishni davom ettirdi. B.I. Zeydman vafotidan so’ng O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi, kompozitor R.D.Vildanov sinfida o’qishni davom ettirdi. 1984 yil simfoni № 1 va fortepiano uchun sonata №2 taqdim etib, konservatoriyani imtiyozli diplom bilan bitirdi. Yosh mutaxassis yo’llanma bilan guliston san'at bilim yurtida 1984-86 yillarda musiqa fanlaridan dars bera boshladi. 1985 yilning iyul oyida Moskvada o’tgan XII xalqaro yoshlar festivalida kompozitorlarning fleyta va fortepiano uchun yozgan “Pomir eskizlari” pyesasi ijro etildi. 1986-90 yillarda D. Omonullayeva konservatoriyada professor T.Qurbonov sinfida assistent - stajyor sifatida saboq oldi, 1990-93 yillarni konservatoriyada “Bastakorlik va cholg’ulashtirish kafedrasi”da o’qituvchi bo’lib ishladi. D. Omonullayevaning ijodiy faoliyatida zamonaviy estrada qo’shiqchilik san'ati ustuvor turadi. U zamondosh shoirlardan U.Azimov, Z.Obidov, J.Jabborov, Yo,Mirzo, P.Mo’min, U.O’tamov, M.Omon, B.Rajab, N.Narzullayev, Yu.Suyunov, E.Madraximov, Z.Mo’minova va H.Xudoyberdiyeva va boshqalarning so’zlariga, turli mavzularda 100 dan ortiq qo’shiqlar yaratdi. Ular orasida “Men seni hech kimga bermayman”, Yomg’r yog’di”, “Saraton”, “Siz yoqqansiz menga hamisha”, “Ikki daraxt”, “Sen qaydasan”, “Azizim”, “Baxtiyorim”, “Yashnayver O’zbekiston”, “Qora atlas”, “Armon bo’lmasin”, “Ko’nglim qushi qo’lingda”, “Yig’lama”, “Yolg’on dunyo”, “Otash zamon”, “Bilsang edi” va boshqalar, estrada xonandalari K.Razzoqova, K.Qayumov, M.Oynaqulova, A.Rahimova, R. Bo’ronova, aka-uka Saidoripovlar ijrolarida mashhur bo’ldi.Uning qo’shiqlari teleradio to’lqinlarida doimo yangrab kelmoqda. U 1997 yilda U Azimov she'riga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali madhiyasiga musiqa bastalagan. O’zbek milliy teatri ochilishiga “Milliy teatr madhiyasi”-U.Azimov she'ri, 2001 yil; Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi madhiyasi (N. Komilov she'ri) 1988 yil; Vatanparvarlik mavzuida 30ga yaqin qo’shiq; jumladan, “Zarralari zar vatan”, “Tug’ilgan kuning muborak bo’lsin”, Bir-biringni asra, O’zbegim!” “Sen mening Vatanim”, “To’ylaring muborak”, “Azizi bo’ston-O’zbekiston”,”Humo qushim”, “O’zbekiston vatanim manim”. Dilorom Darvinovna Omolullayeva 1998 yili “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlangan. U O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “Ofarin” mukofoti sohibi, “O’zbekiston-Vatanim manim” va boshqa tanlovlar sovrindori.

She`r muallifi

Po‘lat Mo‘min adabiyot ixlosmandlariga, xususan, yosh avlodga shoir, dramaturg sifatida tanish va yaqindir. U o‘zining quvnoq she’rlari, zavqli qo‘shiqlari, qiziqarli doston va ertaklari bilan bolalarning sevimli shoirlaridan biri bo‘lib qolgan. 1992 yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. Po‘lat Mo‘min 1998 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
U 1922 yil 24 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topadi. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. So‘ng, Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatib (1944), o‘qituvchilik qiladi. 1948-1950 yillarda gazetalarda adabiy xodim, 1951-1952 yillarda O‘zbekiston Davlat nashriyotida bolalar adabiyoti bo‘limining mudiri bo‘lib ishlaydi. 1954-1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962-1964 yillarda Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at ishlari boshqarmasida xizmat qiladi. Po‘lat Mo‘minning adabiyot oldidagi xizmatlari xalq va hukumat tomonidan yuqori baholangan. 1992 yilda unga O‘zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. 1998 yilda esa «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
Po‘lat Mo‘min 2003 yilda vafot etgan.
1949 yilga kelib uning «Sayrang, qushlar» nomli ilk to‘plami chop etiladi. Ketma-ket «Bo‘l, tayyor!», «Tish cho‘tkasi ertagi» (1955), «Hunardan unar» (1958), «To‘g‘ri o‘sgan gul bo‘lar» (1960), «Aql qayerda bo‘lar?» (1962), «Oltin nay» (1967), «Rahmatga rahmat!» (1969), «Eson va Omon» (1971), «Odob va oftob» (1971), «Yaxshilarga o‘xshasam», «Gul va Piyoz», «Kuldi xiyol», «Men sevaman, sen sevasanmi?», «Oltin boshoqlar», «66 oltin qo‘l», «Ertaqdan ertakka» (1990), «Fardlar kitobi» (1993) va boshqa to‘plamlari nashr etiladi. Uning so‘nggi «Bolajon, bolajonim» kitobi 2004 yilda kitobxonlar qo‘liga tegdi.
Po‘lat Mo‘min dramaturg sifatida ham «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy» (1970), «Suqatoy va Konfetvoy», «Bahodirning jasorati» kabi asarlarini yaratgan.
U, ayniqsa, mohir qo‘shiqchi shoir sifatida elga tanilgan. Shoirning «Indamadi», «Onadur ul, onadur», «Senga bir gap aytaman» kabi o‘nlab qo‘shiqlari o‘zining sodda va ravonligi, musiqiy va xalqchilligi bilan xalqimiz yuragidan o‘rin olgan.
U mohir tarjimon sifatida A.S.Pushkin, V.Mayakovskiy, S.Marshak, S.Mixalkov, A.Barto, N.Nosov asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
U 2003 yilda vafot etgan. 
Kuyning tahlili
Qo`shiq 2/4 o`lchovida yozilgan. Oddiy o`lchov hisoblanadi. Kuyning tonalnisi fa-major tonalnisida yozilgan. Qo`shiq asosan bolalar uchun maktabgacha ta`lim tashkilotlarida va maktab repertuvarlarida keng qo`llaniladi.
Yüklə 188,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə