Mavzu: Kasbiy ma’naviyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja



Yüklə 0,86 Mb.
tarix13.09.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#121762
Kasbiy ma’naviyat fanining predmeti

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА OʼRTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI TERMIZ DАVLАT PEDАGOGIKА INTITUTI

5A112101-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

(texnologik ta’lim) mutaxassisligi 2-bosqich magistri

Alimardanov Otabek Bobnazarovichning Kasbiy ma’naviyat fanidan tayyorlagan taqdimotilari.

Mavzu: Kasbiy ma’naviyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja:


1.Kasbiy ma’naviyat tushunchasining kelib chiqishi va uning shakllanishining asoslari.
2.Kasbiy ma’naviyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
3. Kasbiy ma’naviyat fanining maqsadi, o‘quv, ilmiy, amaliy va tarbiyaviy vazifalari, funksiyalari
Kasb etikasi - axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat rivojidagi oʼrni, taraqqiyot qonuniyatlarini oʼrganuvchi va haqiqatligi amalda isbotlangan bilimlar majmuidan iborat fan.
Kasb etikasi umumiy etika nazariyasi, tarixiy etika, normativ-qadriyatlar etikasi, kasb etikasi va axloqiy tarbiya nazariyasi kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Umumiy etika nazariyasi ahloqning tabiati, mohiyati, xususiyati, tarkibiy qismlari, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan oʼrnini oʼrganadi. Tarixiy etika axloqning kelib chiqishini, uning tarixiy taraqqiyot qonunlarini, rivojlanish bosqichlari va tamoyillarini tadqiq etadi.
Etika” soʼzi qadimiy yunoncha «etos» (etos) soʼzidan kelib chiqqan boʼlib, uy, birgalikdagi yashash makoni, insonlarning turar joyi maʼnolarini anglatadi. Keyinchalik bu soʼzning maʼnosi odob, axloq yaʼni inson muomalasi doirasi va xarakteri oʼrtasidagi aloqalarni, insoniyat sifatining muhim belgilari, fazilatlari maʼnosini bildira boshlagan.
Etika – kishilarda odob-axloq munosabatlarining, tushunchalarning, qadriyatlarning, qonuniyatlarning vujudga kelishini, ularning odamlarni boshqarishdagi oʼrni va ahamiyatini oʼrganadi, umumlashtiradi.
2. Kasbiy ma’naviyat fanining predmeti va ob’yekti.
Yillar o‘tishi bilan ishlab chiqarish, fan va tеxnika rivojlanib, ijtimoiy mеhnat taqsimoti yanada chuqurlashdi. Bu jarayonning uzluksiz davom etishi esa, o‘z navbatida, har bir muayyan ijtimoiy funksiyani bajaradigan yangidan yangi faoliyat sohalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch va majburiyatlar muayyan axloqiy qoidalar va xulq-atvor normalarida o‘z aksini topdi. Kasb etikasi to‘g‘risida har xil munosabatlar hosil bo‘lishining asosiy sabablaridan biri bu maktab, kollej va litsey o‘quvchilarida kasb tanlash jarayonida turli xil motivlarning namoyon bo‘lishidir. Motivlar o‘rtasidagi kurash ularning u yoki bu qarorga kеlishlariga sabab bo‘ladi.
Kasbiy etika bu har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi. Kasb-kor (hunar) oldiga qo‘yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, umumiy hamda xususiy ko‘rinishlarni o‘zida aks ettiradi: 1. Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi. 2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati. 3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi. 4. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi yoshlarda uning ijtimoiy mavqеi (nufuzi), jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari, vеrtikal va gorizontal bo‘yicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari. 5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pеdagogik tavsifi (maxsus mеzonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi). 6. Pеdagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik muddatlari, tadbir-choralari umumiy tavsifi.
Bizningcha, voqеlikka ongli munosabatda bo‘lish obyеktiv va qat’iy qarorni kеltirib chiqaradi.
«Printsip» - lotincha soʼz boʼlib, nazariya, taʼlimot va fanning asosiy qonun-qoidasi yoki kishi qattiq ushlab olgan va ogishmay amal qiladigan qoida degan maʼnolarni anglatadi. Kasb printsiplarini biron - bir shaxs yaratmagan, u muayyan ijtimoiy munosabatlarga muvofiq hayot jarayonida axloqiy ong shakllari sifatida vujudga kelgan qonun-qoidalar hisoblanadi. Shunga koʼra, umuminsoniy axloq printsiplari deb jamiyatning maʼnaviy ongida ishlab chiqilgan, insonning maʼnaviy mohiyatiga, burchiga, hayotining mazmuniga va kishilar oʼrtasidagi oʼzaro aloqalarning tabiatiga taalluqli boʼlgan umumiy talablarni aks ettiradigan, insonlar faoliyatining umumiy yoʼnalishini koʼrsatib beradigan va muayyan xulq-atvor normalariga asos boʼlib xizmat qiladigan qonun-qoidalariga aytiladi.
Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə