Mavzu: kichik guruhlarni boshqarish 311-21 guruh talabasi: Xo’jamurodova O’g’iloy


ko‘zlanadi. Bunday guruh turli ijtimoiy psixologik tadqiqotlar uchun ham, sotsial psixologik treninglar o‘tkazish uchun ham qulay hisoblanadi. Ikkinchidan, guruhning o‘lchami qanchalik



Yüklə 10,2 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü10,2 Kb.
#143796
1   2   3   4
Islom nurli ma`rifat dini-hozir.org

ko‘zlanadi. Bunday guruh turli ijtimoiy psixologik tadqiqotlar uchun ham, sotsial psixologik treninglar o‘tkazish uchun ham qulay hisoblanadi. Ikkinchidan, guruhning o‘lchami qanchalik

katta bo‘lsa, uning alohida olingan shaxslar uchun qadrsizlanib borish xavfi kuchayadi. Ya’ni, shaxsning ko‘pchilikdan iborat guruhdan o‘zini tortish va uning normalarini buzishga moyilliga ortib boradi. Uchinchidan, guruhning hajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o‘zaro munosabatlar taranglashib boradi. Chunki, shaxslarning bir-birlari oldida mas’uliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari ularning o‘rtasidagi aloqalarda doimo aniqlik bo‘lishini talab qiladi. Munosabatlardagi har qanday disbalanslar, ya’ni nomutanosibliklar ochiq holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. To‘rtinchidan, agar guruh a’zolarining soni toq bo‘lsa, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar juft bo‘lgan holdagidan ancha yaxshi bo‘ladi. Shundan bo‘lsa kerak, boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy

tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi. Beshinchidan, shaxsning guruh taz’yiqiga berilishi va bo‘ysunishi ham guruh a’zolarining soniga bog‘liq. Guruh soni 4-5 kishi bo‘lgunga qadar, uning ta’siri kuchayib boradi, lekin undan ortib ketgach, ta’sirchanlik kamayib boradi. Masalan, ko‘chada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisaning guvohlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yordam berishga intilish, masuliyat hissi pasayib boradi. Bu qonuniyatlarni bilish, tabiiy guruhlarni boshqarish ishini ancha yengillashtiradi.

Kichik guruhlarning klassifikatsiyasi.

Tarixan kichik guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo‘lish qabul qilingan. Bunday bo‘linishni amerikalik olim E. Meyo taklif etgan edi. Uning fikricha, rasmiy guruh:;ar bir a’zolarning rasmiy rollarga ega ekanligi, ular mavqeining va guruhda tutgan o‘rnining aniqligi

bilan harakterlanadi. Bunday guruhlarda munosabatlar asosan ''vertikal" tarzda ro‘y berib, guruhning bir yoki bir necha a’zosida ''hokimiyat" bo‘lganligi uchun ham, ular boshqalarni boshqarish, ularga buyruq, rasmiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘ladilar. Rasmiy guruhga misol qilib har qanday birgalikdagi faoliyat maqsadlari asosida shakllangan


Yüklə 10,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə