Mavzu: Kichik Osiyo qadimgi davrda. Reja: Xett davlati tarixi manbalari va tarixnavisligi. Sinfiy jamiyatning vujudga kelishi



Yüklə 7,72 Mb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#135124
1   2   3   4
5 6154488436368608166

Kichik Osiyo davlatchiligida bevosita Xettdan keyin Yunon tasiri kuchayib, Troya davlati tashkil topib o’z davrning qudratli davlatiga aylanadi. Qadim Troyani tadqiq 1870 yildan etgan nemis olimi G. SHliman aynan Turrkiyaning shimoliy – g’arbiy xududlarida eramizdan avvalgi 2 min yillikning oxirlarida o’ziga hos davlatchilik bosqichi bo’lganligini aniqladi. Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.77.

Er. avv. XX-XVIII asrlarda Kichik Osiyoda ashshurlik savdogarlar bir necha savdo koloniyalarini barpo qiladilar. Kichik Osiyodagi Nesa (Kanes), Burusxan, Kussar va Xattusi kabi shaharlarni o`z ichiga olgan siyosiy birlashmalar vujudga kela boshlaydi. Kichik Osiyoning bu siyosiy birlashmalarining ilk birlashuvi er. avv. XVIII asrning birinchi yarmida yuz beradi. Viloyatlarning birini hokimi Anitta Nesa shahrini markaz qilib, Qora dengizdan Kichik Osiyodagi Tuz ko`ligacha bo`lgan hududlarni egallab, bepoyon davlatni barpo qiladi.

Qadimgi Xett an’anasiga ko`ra, podshoning vorisi podsho oilasidan tanlangan. Ko`pincha voris tanlashda podshoning jiyanlari, uning opa-singillarining o`g`illariga imtiyoz berilgan. Odatga ko`ra, davlatni ikki hukmdor: podsho va malika boshqargan. Agar podsho vafot etsa, malika o`z unvonini yangi podsho hukmronligi davrida ham saqlab qolgan. Yangi podshoning rafiqasi malika bo`lish uchun, sobiq podshoning bevasi-malikaning o`limini kutib turgan

Qadimgi Xett podsholigi hukmdorlari


Tabarna, er. vv. 1675-1650
Xattusili I (er. avv. 1650-1625-yillar atrofida)
Mursili I (er. avv. 1625-1590 yillar atrofida)
Telepin I (er. avv. 1530-1500 yillar atrofida)
Nabopalasar

Er. avv. XIV asr boshlarida Old Osiyoda Misr, kassitlar Bobili va Mitanni davlatlari zaiflashib, xalqaro munosabatlarda Xett davlatining kuchayishi uchun qulay shart-sharoit tug`iladi. Er. avv. 1450-yillar atrofida kelib chiqishi xurrit bo`lgan omadli amaldor taxtni egallab, yangi Xett sulolasiga asos soladi.


Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə