Mavzu: Kichik Osiyo qadimgi davrda. Reja: Xett davlati tarixi manbalari va tarixnavisligi. Sinfiy jamiyatning vujudga kelishi


Yangi Xett davlatining mashhur hukmdorlari



Yüklə 7,72 Mb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#135124
1   2   3   4
5 6154488436368608166

Yangi Xett davlatining mashhur hukmdorlari


Suppilium I (er. avv. 1380-1335-yillar atrofida)
Mursili II ( er. avv. 1335-1305 yillar atrofida)

Xett davlati istilochilik siyosatini muntazam va ko`ngillilardan tashkil topgan, yaxshi qurollangan qo`shinga tayanib amalga oshiradi. Harbiy yurishlar asosan bahorda boshlanib, kech kuzda tugagan. Yurishlar o`rtasida muntazam qo`shinlarning bir qismi maxsus harbiy qarorgohlarda joylashtirilgan. Xettlarning chegara shaharlarida maxsus harbiy garnizollar joylashtirilgan. Qaram davlatlar Xett garnizollarini ozuqa bilan ta`minlashga majbur bo`lganlar.

Xettlarning tashqi siyosatida diplomatiya muhim o`rin tutgan. Ular Kichik Osiyo va Old Osiyoning ko`p davlatlari bilan diplomatik aloqalar o`rnatganlar. Podsho devonxonasida xalqaro aloqalarga maxsus muassasa rahbarlik qilgan. Bu yerda elchilar, tarjimonlar, mirzolar ishlagan va shartnomalar matnlari tuzilgan.

Xett jamiyatida barcha aholi ikki guruhga bo`lingan: soliq to`lovlari va boshqa majburiyatlarni o`tovchi (podsho, ibodatxona yoki xususiy shaxs foydasiga) kishilar erkin bo`lmagan mavqega ega bo`lib, kamsitilganlar. To`la ma’noda erkin kishilar deb zodagonlar, amaldorlar, kohinlar va katta yer egalari hisoblanganlar.

Shaharlarning aholi yashash markazlari sifatida vujudga kelishi dunyo tarixidagi eng uzoqqa cho`zilgan bo`linishni yuzaga keltirdi: shahar va qishloqning bo`linishi. Daryo bo`yida joylashgan shaharlarda odamlar ixtisoslashgan mehnatga va mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan hayot tarziga o`tishdi. Bunga farqli ravishda, qishloq aholisi o`z yerlari bilan qolishdi, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugùllanishdi, lekin ular donli va chorva mahsulotlarini shahar markazlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ayirboshladilar. Shu sabab ushbu bo`linish ajralishni yuzaga keltirmadi, chunki ikkala hayot tarsi o`zaro bog`liq edi. shahar va qishloqning bo`linishiga qaramasdan , ikkala dunyo o`rtasidagi aloqa saqlanib qoldi oilaviy rishtalar, savdo, siyosat, va din orqali. Shaharlashuvning rivojlanishi intellektual siljishlarga zamin yaratdi. Ulkan siljishlardan biri yozuv tizimining kashf etilishi, u odamlarga tovushlar va so`zlarni tasviriy belgilar orqali ifodalash va yozib qoldirish imkonini berdi. So`zlar va fikrlarning ramziy belgilar bilan ifodalanishi misli ko`rilmagan madaniy inqilob bo`lib, odamlarning muloqot darajasi va xotirasini kengaytirdi: ulamolar og`zaki gaplarni, oxir –oqibat esa hattoki , daryo havzalaridagi yashash hududlari haqidagi dostonlarni ham yozuvga aylantirish yo`llarini topishdi. Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.96.


Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə