Mavzu: Kirish Reja: Biologiya o’qitish metodikasining maqsadi va vazifalari. Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida. Biologiya o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Biologiya o’qitish metodikasining o’quv fani


Biologiya o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Yüklə 203,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix31.05.2023
ölçüsü203,4 Kb.
#114762
1   2   3   4
1 (1)

Biologiya o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. 
Biologiya o’qitish metodikasi pedagogikaning bir qismi bo’lgan didaktika bilan 
juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o’quvchilar tomonidan bilimlar, ko’nikmalar 
va malakalarni o’zlashtirish qonunlarni o’rgansa va u maktabdagi barcha o’quv 
fanlari uchun o’qitish nazariyalarni va printsiplarini ishlab chiqsa, biologiya 
o’qitish metodikasi biologiya bilan bog’liq o’qitish va tarbiyalash mazmuni, 
shakllari, va metodlari ҳamda vositalari bilan bog’liq nazariy va amaliy 
masalalarni ishlab chiqadi.
Biologiya o’qitish metodikasi psixologiya bilan uzviy aloqadadir. CHunki, 
biologiyani o’qitish o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo’lgan 
taqdirdagina samara beradi. Masalan o’smirlarda yahni V-VI sinf o’quvchilarida 
diqqat beqaror bo’lgani sababli biologiya o’qituvchisi dars jarayonida bir necha 
metodlardan foydalanib, o’quvchilar faoliyatini almashtirib turadi, ҳamda ularning 
tafakkurini konkret ekanligini ehtiborga olib, ko’rgazmali vositalardan ko’proq 
foydalaniladi. Yuqori sinflarda esa o’quvchilar diqqati barqarorlashgani va ularda 
abstrakt tafakkur rivojlangani uchun darslar ko’proq mahruza shaklida o’tkazilishi 
va bir, ikki metoddan foydalanish kifoya qiladi.
Biologiya o’qitish metodikasi biologiya fani bilan uzviy aloqador. U biologik 
fanlarning deyarli barcha soҳalari: botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va 
fiziologiyasi, tsitologiya, biokimyo, embriologiya, sistematika, ekologiya
evolyutsion tahlimot, antropologiya molekulyar biologiya fan asoslarini o’zida 
ifoda qiladi. Tirik tabiat vakillarining tashqi, ichki tuzilishini ҳayot faoliyatini 
tashqi muҳit bilan aloqasini to’g’ri tushuntirish o’simlik, zamburug’, ҳayvon, 
mikroorganizmlarni aniqlash, ulardan mikro va makropreparatlar tayyorlash, ular 
ustida kuzatish, tajribalar olib borish, o’qituvchidan yaxshi nazariy bilim, amaliy 
tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin maktab biologiya o’quv fani bilan biologiya fani 


orasida muҳim tafovutlar borligini o’qituvchi yaxshi bilish kerak. Biologiya 
fanining asosiy maqsadi tirik va o’lik tabiati to’g’risida tadqiqot o’tkazishi orqali 
yangi bilimlarni ҳosil qilish bo’lsa, maktab biologiya o’quv fanining maqsadi, 
o’quvchilarning yoshiga mos ravishda ularga biologik bilimlar, yahni biologik 
tushuncha, qonunlar, nazariyalar berishdan bilimlar va uni tushuntirishdan iborat. 
Maktab biologiya kursida fan emas, balki fan asoslari – o’quvchilar uchun 
zarurasosiy mahlumotlar mujassamlashgan. SHu bilan birga maktab biologiya 
kursi «kichikfan» emas, balki o’quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ko’mak 
beruvchi biologiyani asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi.

Yüklə 203,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə