Mavzu: Kirish Reja: Biologiya o’qitish metodikasining maqsadi va vazifalari. Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida. Biologiya o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Biologiya o’qitish metodikasining o’quv fani


Biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani sifatida



Yüklə 203,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix31.05.2023
ölçüsü203,4 Kb.
#114762
1   2   3   4
1 (1)

Biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani sifatida 
Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-xunar tahlim biologiya o’qituvchini 
tayyorlashda biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani niҳoyatda muҳim o’rin 
tutadi. Bu o’quv fanini o’qitish jarayonida talabalarning biologiyani o’qitish uchun 
zarur kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar shakllanadi.
Tabiiydirki, o’quv fanida fan to’plagan ҳamma bilimlar emas, balki uning asoslari 
beriladi. Ular o’qitish vazifalaridan, o’quvchilarning yoshi, tayyorgarlik darajasini 
ehtiborga olgan ҳolda maxsus saralangan bilimlar majmuasidan iborat. Fandan 
farqli ravishda o’quv fanining asosiy vazifasi bilim va mahlumot berishdir. O’quv 
fani fanning aniq nusxasi emas. O’quv fanini yaratishda fan tomonidan to’plangan 
bilimlar va tajribalar tizimini talabalarga berish ustunlik qiladi. U faqat ilmiy 
mahlumotlarni to’plash tartibi emas, balki tushunchalarni umumlashtirish, 
aniqlashtirish, ilmiy faktlarni, fikr – muloҳazalarni tartibga solishdan tarkib topadi.
O’quv fani o’zining asosiy bilim va mahlumot berish funktsiyasidan kelib chiqqan 
ҳolda mahlum tartib asosida tuzilgan. Oliy maktab biologiya o’qitish metodikasi 
darsligi o’z tuzilishi va mazmuniga ko’ra fanga yaqinroq. U o’z tarkibiga ilmiy 
mahlumotlardan tashqari fandagi ayrim munozarali masalalarni yechishga 
qaratilgan 
turlicha 
qarashlarni, 
xaqiqatni 
topishda 
muvafaqqiyatli 
yo 
muvafaqqiyatsiz izlanishlarni ҳam o’zida ifoda qiladi. SHu bilan bir qatorda ilmiy 
izlanishlar metodologiyasini, usullarini ҳam yaratadi. Biologiya o’qitish 
metodikasi o’quv fani talabalarni nazariy va amaliy jiҳatidan tayyorlash jarayonida 
faqat maktab biologiya kursining tuzilishini bayon etish cheklanmay, umumiy o’rta 
va o’rta maxsus kasb – ҳunar muassasalarida biologiya bo’yicha o’qitishning 
tashkil etishni o’ziga xos tomonlari bilan ҳam tanishtiradi, biologiya o’qitish 
usullari, vositalarni qo’llash bo’yicha ko’nikma malakalarni shakllantirishga 
ҳamda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan minimal bilimlar majmuasini 
talablar tomonidan o’zlashtirishga imkon beradi. SHu bilan birgalikda zamonaviy 
pedagogik, axborot texnologiyalarni qo’llash, biologiya o’qitishda innovatsion 
yondashish ko’nikmalarni ҳosil qiladi.
Bilimni tekshirish uchun savollar.
1.Biologiya o’qitish metodikasining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan 
iborat?
2. Biologiya o’qitish metodikasining o’quv fani bilan fani orasida qanday 
tafovutlar mavjud?
3. Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida nimalarni tadqiq qiladi?
4. Biologiya o’qitish metodikasi o’quv fani sifatida qanday vazifalarni bajaradi?


5. Biologiya o’qitish metodikasi bilan pedagogika fani o’rtasida qanday 
bog’lanishlar bor?
6. Biologiya o’qitish metodikasi bilan psixologiya fani o’rtasida qanday bog’lanish 
bor?
7. Biologiya fani bilan biologiya o’qitish metodikasi orasidagi tafovutni yoritib
bering.

Document Outline

  • C:\Users\n.sobirov\Desktop\Jamshid_monitoring\Jamshid_monitoring\Биология ўқитиш методикаси+\Маъруза\1. Кириш\кириш.docx

Yüklə 203,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə