Mavzu: kirish suhbati. «SO’zdan so’zning farqi bor »



Yüklə 345,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.05.2022
ölçüsü345,94 Kb.
#88218
1   2   3   4   5
Darsning texnologik xaritasi

4-bosqich. 
Mustahkamlash
1. Darslik bilan ishlash.
2. Testlar bilan ishlash 
Mustaqil ish
Izlanish 
10 daq 
7 daq 
5-bosqich. 
Dars yakuni va 
baholash
O`quvchilarning dars davomidagi faolligi hisobga 
olinib, reytingi e`lon qilinadi. Dars yakunlanadi. 
Baholash 
2 daq 
6-bosqich. 
Uyga vazifa 
berish
Uyga 3-4 mashq beriladi. 
Tushuntirish 
2 daq 
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti. 
I. Darsning borishi:
a)
salomlashish; 
b)
sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)
kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish. 
II. O’tgan mavzuni so’rash. 
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka; 
b) frontal (guruh bilan ishlash). 
III. Yangi mavzu 
1- topshiriq.Hikmatlarni 
o’qing va mag’zini chaqing. 
1.Boshimizga kulfat va zahmatlarning aksari yomon tilimizdan, me’yordan 
ortiq so’ylaganimizdan kelur. 2. Viqor deb kibr va g’ururdan, manmanlikdan o’z
fe’lini saqlamoqqa aytilur. 3. Intizom deb ibodatlarimizni, ishlarimizni o’z vaqtida 
tartibi ila qilmoqqa aytilur. Agar yer yuzida intizom bo’lmasa edi, insonlar bir
daqiqa ham yasholmas edilar.4. Iffat deb gunoh va buzuq ishlardan saqlanmoqqa 
aytilur. Bizni gunohdan saqlaguvchi, harom-xarishdan nafsimizni asrovchi narsa 
faqat iffatimizdir. 5. Hayo deb ishda, so’zda odobda rioya qilmoqni aytilur. Hayo
dilni ravshan qiladurgan bir nurdurki, inson har vaqt shul ma’naviy nurning
ziyosiga muhtojdir. 
Abdulla Avloniy 
 
 
 
 
 
 
1-mashq. 
Quyidagi izohlardan
viqor,kibr, g’urur, gunoh, iffat, harom-xarish, hayo, 
Bilib oling! 
Tilni bilish so’z boyligiga ega bo’lish, so’zning ma’no nozikliklarini anglash, 
ulardan to’g’ri, o’rinli va odob bilan foydalanishdir. 


odob, ma’naviy, ma’naviyat, ziyo so’zlarining ma’nosini aniqlab lug’at 
daftaringizga
ko’chiring
:1)vijdoni poklik, nomus;2) mag’rurona va ulug’vor ko’rinish, salobat;; 
3)o’zini hammadan yuqori his etish;manmanlik, kekkayish hissi;4)insonning o’z qadr-
qimmatini bilishi,,hurmat qilishi; izzat-nafs;5) odob- axloq doirasiga sig’maydigan ish, 
nojo’ya xatti-harakat;ayb;6)nopok,iste’molga yaramaydigan;7)nojo’ya, noma’qul xatti-
harakatdan tiyilish hissi;uyat;sharm;8)bilim,ilm, ma’rifat; 9) axloqqa, shaxsning ichki 
dunyosiga oid; 10) ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya,xushmuomalalik. 
Savol va topshiriqlar 
1.
 
Odobning qanday turlarini bilasiz? 
2.
 
“Odobni odobsizdan o’rgan”maqolining mazmunini qanday tushunasiz? 
3.
 
Kibr va g’ururning farqi nimada? 
4.
 
Kibrli kishi manman bo’ladimi yoki mag’rur? 
5.
 
Gerdayish kibrga kiradimi yoki g’ururga? 
2-mashq. 
Kishilarda uchraydigan fazilat va nuqsonlarni ifodalovchi zid ma’noli
so’zlarni ikki ustunga ajratib yozing. 
Namuna:
Fazilatni ifodalovchi so’zlar 
Nuqsonni ifodalovchi so’zlar 
Savob 
Gunoh 
Kamtar 
Manman
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.
 
Uyga vazifa. 3-mashq. 
4-mashq. Sinfda lug’at daftariga yozgan so’zlaringizni ma’nolari bilan yod oling. 
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish. 
O’IBDO’:

Yüklə 345,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə