Mavzu: Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish usullari



Yüklə 36,77 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü36,77 Kb.
#156868
  1   2
Документ Microsoft Word (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Loyiha ishi
Mavzu: Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish usullari.

Bajardi: Xalimov Shoxijahon


Tekshirdi: Olimov Iskandar

Reja:
Kirish


1.Virus tarixi
2.Kompyuter viruslari turlari
3.Kompyuter viruslaridan himoyalanish turlari
Xulosa

Kirish



Kompyuter viruslari bugungi kunda ko'pchilikning eng dolzarb muammosidir. Bu hammani tashvishga solmoqda.Virus dasturi kompyuterdagi ma'lumotlar butunligini buzishga yoki ularni o'chirishga mo'ljallangan bo'ladi. Ilk bor virus dasturlari AQShda ishlab chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy kompyuterlar keng tarqalgan edi. Ilk bor ishlab chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchini hotirjamligini buzishga va asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin keyinchalik ular zarar yetkazishni o'zining maqsadi sifatida qabul qilib oldi. Hozirgi paytda butun dunyo buyicha 200000 dan ortiq virus dasturlari mavjud. Ular kompyuter viruslari bo'lib, kompyuterdagi ma'lumotlarga zarar etkazadi yoki kompyuterning ishlash samaradorligini tushirib yuboradi.

1-rasm.Kompyuter virusi
1.Virus tarixi
Ilk bora 1983-yil 11-noyabr kuni Janubiy Kaliforniya universiteti talabasi, amerikalik Fred Koen 5 daqiqadan 1 soatgacha bo‘lgan tezlikda ko‘paya oladigan kompyuter virusi taqdimotini o‘tkazgan.

2-rasm. Fred Koen
Shundan so‘ng, oradan bir yil o‘tib, Koen kompyuter tarmoqlari bo‘ylab viruslarning tarqalish xavfi va antivirus dasturlarini yaratish imkoniyatlari haqida kitob yozadi.Birinchi yaratilgan virus “Brain” deb nomlangan bo‘lib, u faqat kompyuter disketlari orqali tarqalgan. Birinchi antivirus dasturi esa 1988-yilda ishlab chiqilgan.[1]

Dasturlar zararkunandasi nima uchun “virus” deb nomlanadi?
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, kompyuter zararkunandalari nima uchun “kasallik” yoki “jarohat” emas, aynan “virus” deb ataladi? Buning javobi oddiy: kompyuter virusi biologik virusga o‘xshab harakatlangani uchun unga aynan shu nom berilgan. Ya’ni, biologik virus inson tanasidagi hujayralarga kirib olib, o‘zidan ko‘payadi va yonidagi boshqa hujayralarga o‘tib ularni zararlaydi. Kompyuter virusi ham xuddi shunday ishlaydi. Kompyuter virusi o'zi nima? Ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan g’arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular odatda, ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi". Ularning "ishga tushishi" oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh disqdagi yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin.
2.Kompyuter viruslari turlari
Odatda foydalanuvchiga virus dasturlarining nomigina ma'lum bo'lishi mumkin. Masalan, Black Hole (qora teshik), Black Friday (qora juma), Friday 13 (o'n uchinchi juma), "sekin ta'sir qiluvchi virus" va hokazo. Mazkur viruslar ekranning chap burchagidan qora teshik ochishi yoki 13 sana juma kunlari ishlayotgan fayllarni yo'qotishi, bundan tashqari har 5 minutda kompyuter ishini bir necha yuz marotalab sun'iy sekinlashtirib yuborishi mumkin.Odatda TR-viruslar deb nomlanuvchi viruslar guruhi ajoyib xossaga ega. Zararlangan dasturni ko'rish chog'ida virus dasturi tuzatilgan dastur ichiga "suqilib" kirib oladi va o'zini namoyon etmaydi. Shunga o'xshash pokistoncha viruslar (Brain Ashet) ham zararlangan kompyuterlarda o'z "faoliyatini" ayyorlarcha olib boradi.
Keng tarqalgan viruslarni ikki guruhga bo'lish mumkin:
-fayllar uchun (SOM, YeXE va DLL ni zararlaydi);

-Boot-viruslar (disketlarni boshlang'ich yuklovchi sektorlari yoki MBR (Master Boot Record) qattiq diskning yuklovchi sohasini zararlaydi.


Tarmoqqa zarar keltiruvchi alohida viruslar ham mavjud. Ular replikatorlar deb atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba'zi abonentlarni zararlaydi. Ulardan eng "taniqlisi" Morrisa nomlisidir. 1988 yilda ushbu virus Internet tarmog'idagi 30000 ta kompyuterdan 6000 tasiga zarar keltirib, "karomat" ko'rsatgan.[1]

Yüklə 36,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə